Nizomiy nazmi yanglig4 tuz so’zungni Ani bilgut xoningg’a bu o’zungni. Xonim birla malika otinga bir, Kitobe qilg’ug’a qil, tedi tadbir
Qutb Xorazmiy. Xusrav va Shirin. Kitobda. Uch bulbul gulshani. Toshkent-1986.339-340-betlar. Bundan keyingi tegishli sahifalar qavsda ko’isatib beriladi. -R.V., H.B.).
Ko’chirilgan iqtibosdan anglashiladiki, Qutb Xorazmiy necha yillardan beri Nizomiy Ganjaviy dostonini o’zbekchaga tarjima qilishni ko’ngliga tugib yurgan. Shohning oldiga borib ijodiy niyatini unga aytish orzusi ham shoir qalbida yashagan. Shunda Qutbning yaqin do’stlaridan biri unga jo’yali maslahat berib, bu ishni tezroq bajarish kerakligini aytadi. Yuqoridagi parchadagi «Xonim biria malika otinga bir»-misrasi ham shunday xulosaga kelish uchun asos bo’Iadi.
Qutb «Xusrav va Shirin» dostonining hozircha yagona qo’lyozma nusxasi mavjud bo’lib, u Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi. Bu nusxa 1383-1384 yillarda amir Qutlu Xo’janing tavsiyasi bilan kotib Barka Faqih ibni Barokaz Edg’u Qipchoqiy tomonidan Misrda ko’chirilgan. «Xusrav vaShirin» dostonining ushbu nusxasi 4740 baytdan iborat bo’lib, shundan 4685 bayti bevosita Qutb Xorazmiy qalamiga mansubdir. Qolgan bir yuz o’n misra esa kotib tomonidan asaiga ilova qilingan. Doston 91 bobdan tarkib topadi. Asar asliyati yuz bobdan iborat bo’lib, olti mingdan ziyodroq baytni o’z ichiga oladi. Qutb Xorazmiy Nizomiy Ganjaviy dostonining ayrim boblarini ixchamlashtiradi. Jumladan, Xusravning Rura qaysari huzuriga borib, undan madad olib qaytishi, so’ngra esa Bahrom Cho’binni mavh etishi bilan bog’liq voqealar Nizomiy Ganjaviy dostonida ikki bobda bayon etilgan bo’Isa, Qutb Xorazmiy ulami qo’shib yuboradi. Bulaidan tashqari, Xusravning otashkadaga ketishi hamda u yerda o’g’li Sheruya tomonidan qatl etilishi tafeilotlari ham asliyatda ikki bobda ifodalangan bo’lsa, tarjimada ular birlashtiriladi. Qutb Xorazmiy dostonining an'anaviy «hamd», «na't», «munojot» singari fasllari Nizomiy Ganjaviy dostonidagidek 5 bobni tashkil qiladi. Keyin esa «Shahzoda Tanibekxon madhi», «Malika marhuma Xonmalik madhi», «Kitob nazm qilmoqqa sabab bayon ayur» boblaridan so’ng «Xusrav va Shirin hikoyatining awali» sarlavhasi bilan asosiy voqealar tafsiloti boshlanadi.
Qutb Xorazmiyning «Xusrav va Shirin» dostoni turli adabiy majmualar va darsliklardan o’rin olgan. Dastlab, 1948 yilda ulug’ Ozaibaylon shoiri Nizomiy Ganjaviy tug’ilgan kunning 800 yilligiga bag’ishlab Toshkentda
nashr etilgan «GuIdasta» to’plamida dostondan parchalar e'lon qilindi (Guldasta, to’plam. Tuzuvchi Hodi Zarif. Toshkent, 1947). Shuningdek, «O'zbek adabiyoti» kitobidan ham dostondan ayrim parchalar o’rin olgan (o’zbek adabiyoti, 4 tomlik, 1-tom, Toshkent, 1959, 118-161-betIar). Dostonni nashr etish va ilmiy o’iganishda polyak olimi A.Zayongkovskiy, taniqli sharqshunoslar E.E.Bertels, G,Begdele, KZarif, N.Davron, RMallayev, A.Tohirjonov va boshqalarning hissalari kattadir. Asaming qisqacha mazmuni quyidagicha:
Sosoniy shohlardan Hurmuz keksayib qolgach, Xusrav ismli o’g’il ko’radi. Yusufdek ko’rkam jamolli bo’lgan shahzoda jismonan ancha baquwat bo’lib, tezda ulg’ayadi. U yoshlikdan hukmdorlik qoidalari, sipohiylikvaturli ilmlarni o’iganadi. Yoshlikdan o’z xoxishigako’raish yuritishga o’igangan Xusrav bir paytlar mamlakatda otasi tomonidan adolat intizom o’rnatish borasida qabul qilingan farmonga xilof harakatlar qiladi. Buning uchun otasi g’azabiga duchor bo’lgan shahzoda tavba-tazarmlar bilan arang qutuladi. Xusravning do’stlari orasida Shopur ismli birjahongashta musawir ham bor edi. U Xusravga Barda malikasi Shirin haqida so’zlab beradi. Xusrav esa Mehinbonuning jiyani malika Shirinni g’oyibona sevib qoladi. Uning tinchi, oromi yo’qoladi. Xusrav Shirinni izlab topish niyatida Shopumi Bardaga jo’natadi. Shopur Armanistonga yetib boradi va Shirin sayr qilib yuradigan bog’dagi bir daraxtga Xusravning suratini osib qo’yadi. Ko’rkam va baquwat yigit suratini ko’rgan Shirin unga oshiq bo’lib qoladi. Shopur Shirin bilan uchrashib, unga Xusrav haqida gapirib beradi hamda sovg’a sifatida Xusrav beigan uzukni Shiringa yetkazadi. Shirin Mehinbonuning ruxsatisiz Madoyinga yo'l oladi. Biroq u yerdagi shoh saroyida ro’y beigan fitna hamda Hurmuz bilan Xusravning o’zaro ziddiyatlari sevishganlarni ancha tashvishga solib qo’yadi. Xusrav saroydan qochib ketishga majbur bo’Iadi va panoh izlab Barda tomonga yo'1 oladi. Madoyinda Xusrav yo’qligini eshitgach, Shirin ham Bardaga qaytadi. Biroq Shirin Xusravning Bardaga yo'l olgani xabarini eshitib, Madoyindan Bardaga qaytadi. Shu orada shoh vafot etadi. Xusrav ota taxtini egallash niyatida yana Madoyinga qaytishga majburbo’ladi. Biroq Hurmuzning taxtini uning uzoq qarindoshlaridan biri, lashkarboshi Bahrom Cho’bin egallashga ulguradi. Shuning uchun Xusrav yana Armanistonga qaytishga qaror qiladi. Shirin to’yga shoshilmaslikni, awal Eron taxtini qo’Iga kiritib, mamlakatda osoyishtalik qaror topishiga erishishni maslahat beradi. Xusrav Bahrom Cho’binni yengish uchun
irfoniy qarashlari uning o’z zamonasining yetuk donishmandi, salohiyatli ma'naviy arbobi ekanligidan shahodat beradi :
Do'stlaringiz bilan baham: |