«Muhabbatnoma» so’zin munda ayttim,
Qomug’in Sir yaqosinda bitidim.
Nazar birla agar Jamsen, gar Osaf,
«Muhabbatnoma»ni qilsang musbarraf.
o’qig’il fotiha dur qibla yoni,
Suvyunsun banda Xorazmiy ravoni. ' Bu daftarkim bo’lubtur Misr qandi,
Y yetti yuz elli to*rt ichra tugandi...
(Xorazmiy. Muhabbatnoma. Kitobda. Muborak maktublar. Toshkent-1987, 39-bet. Bundan keyingi misollar ham shu kitobdan olinadi va tegishli betlar qavs ichida ko’rsatiladi. - R.V.,H.E.).
Shoir «Muhabbtnoma»ning aksariyat qismini Sirdaryo bo’yida yozganligini e'tirof etadi. Asarning yozilgan joyi masalasiga kelganda, tadqiqotlarda Sirdaryo bo’yidagi Sig’noq shahri tilga olinadi (o’zbek adabiyoti tarixi. 1-tom, Toshkent, 1978, 187-bet). Ijodkorning taxallusi uning Xorazmda tug’ilib o’sganligini dalillaydi. Shunday qilib, asar hijriy 754 yilda (melodiy 1353-1354 yillarning qish faslida) Sirdaryo atrofida yozilgan. «Muhabbatnoma» Oltin o’rda hukmdorlaridan bo’lgan Muhammad Jonibekning (1342-1357) Sirdaryo muzofotidagi amaldori Muhammadxojabekning taklifi bilan qish faslida ijod etilganligi asarda shoir tomonidan quyidagicha bayon etilgan:
Tabassum qildi, aydi: «Ey faloni, ;, Keturgil bizga loyiq armug’oni.
Ko’ngul bahrinda ko'p gavharlaring bor,
Ochunda porsiy daftarlaring bor.
Muhabbat nardini ko’plardin uttung, , Shakartek til bila olamni tuttung.
TUarmankim, bizing til birla paydo
Kitobe aylasang bu qish qotimdo.
Kim ush eltek kechar ayyomi foniy,
Jahonda qolsa bizdin armug’oni.»
Qabul qildim, yer o*ptim, aydim «Ey shoh!
Eshiking tuprog’i - davlatli dargoh.
kuchum yetmishcha ko’p xizmat qiloyin,
Jahonga ezgu otingni yoyoyin.
Bukun tongqa tikin may no’sh qilg’in,
Badiha bu g’azalni go*sh qilg’in» (11-12-b.). Ko’rinadiki, «Shakartek til bila olamni tut»gan Xorazmiy «Muhabbatnoma»gacha ham badiiy ijod bobida yetarli tajribaga ega qalamkashlardan biri edi. Ikki tilni ham (forsiy va turkiy) hayotdan olgan zavqini badiiy va ravon ifodalash darajasida bilgan shoir dastlab zamona zayliga ko’ra, forsiyda qalam tebratdi. Parchada Muhammad Jonibek tilidan keltirilgan ishoraga muvofiq «Muhabbatnoma» uning turkiydagi dastlabki asari bo’lib chiqadi. Fikrimizcha, bu badiiy uslub qirrasining satrdagi jilosi bo’mog’i lozim. Aslida esa Xorazmiy «Muhabbatnoma»ga qadar ham turkiyda she'rlar yaratgan ko’rinadi. Chunki muayyan tajribaga ega bo’Imay turib, bunday yirik she'riy asarni bunyod etishni tasawurga sig’dirish dushvordir. Shayx Sa'diy «Guliston»ining Sayfi Saroyi tomonidan qilingan (1390-1391) tarjimasining Leyden universiteti kutubxonasida saqlanayotgan bir qo’lyozmasi tarkibida Xorazmiy taxallusli shoirning quyida matni ko’chiriladigan turkiy g’azali uchraydiki, bu adabiy ma'lumot ham bizning yuqoridagi xulosamiz foydasiga xizmat qiladi. /lorazmiy aytur:
Do'stlaringiz bilan baham: |