«Kim bu ne qo'l sunmou chekmak edi?»
Posuxini shohi muaddab dedi
«Kim: bu visol ichraki voqe' durur—
Nargisi shahlo kzi mone* durur» (7, 164). Keltirilgan iqtibosdan anglashiladiki, Anushirvon holatining zgarishiga nargis gulining qarab turganligi sabab bladi. Nargis - oq yoxud sariq rangdagi kzga monand shaklda ochiladigan gul turidir. Uning gulchalaridagi kzga shaklan uyunlik oshiq tasawurida nargis nigohlarining bu voqeaga qadalganini eslatadi. Tabiiyki, muaddab shoh bundan xijolat chekadi. Ayni choqda ulu shoir tanlagan nargis timsoli quvchiga odob va hayo haqidagi ijodkor tushunchalarini yanada teran idrok etish uchun imkoniyat yaratadi. Ulu shok insondagi bunday yuksak fazilat e'tiqodiy qarashlari samarasi laroq vujudga kelishini e'tirof etib, juda ibratli xulosani she'rxon hukmiga havola etadi:
Ayni hayo birla fiituwat anga,
Bermadi ul amrda quwat anga.
Nargisini tldurubon yoshidin,
Qpti doi kechti ul ish boshidin.
To ani oxir bu arig* niyatJ,
Buyla hayo shevasi xosiyati.
Jumlai olam aro shoh ayladi,
Adlini olama panoh ayladi.
Aysh, Navoiy, necha dilkash durur
Lek adab birla hayo xush durur (7, 164).
Anushirvonning parichehra mahbubi visoliga erishgunga qadar behisob am-tashvishlar iskanjasida qolganligi, ammo shunday blishiga qaramay, komgor sevishganlarning bir muddat visol lazzatidan bahramand blishlaridan «voqif» blsa-da, uni idrok etolmaydigan, elga oshkor qilish
imkoniyatiga ega bImagan, tilsiz va dilsiz, faqatgina suratida kzga monandlik zuhur qilib turgan kichkina guldan uyalib bir oniylik nasib etgan visoldan voz kechishini izohlash mushkul. Alisher Navoiy buning sababini hayo va futuwatdan deb biladi. Futuwat XVasrda ancha ommalashgan javonmardlik tariqatidir. «Istiloh (termin) sifatida futuwat deb omma orasida yaxshi sifatlar va namunali axloq bilan mashhur blishni aytadilar, bu vajdankim, bunday odam hamisha axloqi bilan z kasbdoshlari, toifa-tabaqasi orasida doimo mumtoz bladi. Xos ta'rif yuzasidan esa futuwat insoniy fitrat nuri zuhurining nafsoniy belgilar zulmatiga qarshi qyilishi, (shu zulmatni) yorib tishdan iboratdip» (Husayn Voiz Koshifiy. Futuwatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati. Toshkent, 1994, 7-bet). Futuwat kishidagi hamida va najib axloqni tarib qilar ekan, tabiiyki, shafiy nikohsiz yaqinlashishni man' etadi. Anushirvon shu bois kzlariga yosh olib niyatidan qaytadi. Undagi yangi niyat, odob va hayo jumla olamaro adolatli shoh bolishiga sabab bIadi. Ulu shoir esa aysh qanchalik dilkash blmasin, odob bilan hayo xush ekanini uqtiradi. Bu ulu falsafa insonni ezgu amallar sari chorlashi, jaholat va tubanlik botqoqlaridan asrashi, jamiyatni axloqsizliklardan fori etishi bilan nihoyatda yuksak ahamiyatga molikdir. Tabiiyki, fau lmas oya «Xamsa»ning boshqa masnaviylaridagi Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Bahrom va Dilorom kabi pok sevgi sohiblari sarguzashtlari tasvirida yanada sayqallashdi, mukammallik kasb etadi.
«Hayrat ul-abror» ulu shoirning insoni komil xususidagi falsafiy mushohadalari mahsuli sifatida vujudga kelgan asarbUb, uning ziga xos qurulmasi «Xamsa»dagi keyingi dostonlarga nurbaxshida etib turgan quyoshni eslatadi. Dostonda haq, olam, odam munosabatlari, iymon— e'tiqod, bashariyat taraqqiyoti, uning tmishi, buguni, kelajagi singari inson aqlining asrlar davomida fikrlashga undovchi muammolari xususida ulu shoirning mutafakkirona qarashlariga badiiy zeb berilishi, asarning kishini tafakkur olamiga undovchi oyatda sermazmun hayotiy tamsillar bilan mukammallashtirilishi quyoshdan ayrilgan zarralarga xos munawarlik namunalari blsa, keyingi masnaviylarda sha lmas oyalarning yanada sayqal topishi ezgulik nuridan nabotot olamining jonlanishi, fusunkorlik kasb etishini yodga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |