Mavzuga oid nazorat savollar
1.
Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish deganda nimani
tushunasiz?
2.
Yengil atletika turlari texnikasiga o‘rgatishning qanday
metodlarini bilasiz?
3.
So‘z metodi va undan foydalanish jarayonini so‘zlab bering.
4.
Ko‘rsatish metodi va undan foydalanish jarayonini so‘zlab
bering.
5.
Amaliy bajarish metodi va undan foydalanish jarayonini
so‘zlab bering.
6.
O‘rgatish bosqichlarini tahlil qilib bering.
7.
Yengil atletika turlarini o‘rgatishdagi ketma-ketlikni so‘zlab
bering.
Mavzu bo‘yicha mustaqil ish
1.
Yengil atletika turlari texnikalarini o‘rgatishda qo‘llaniladigan
metodlarning tavsifi.
2.
Yengil atletika turlarini o‘rgatishda ketma-ketlik tartibi.
138
VI BOB
YENGIL AÒLEÒIKA ÒURLARI ÒEXNIKASI VA UNI
O‘RGAÒISH MEÒODLARI
6.1. SPORÒCHA YURISH ÒEXNIKASI VA UNI
O‘RGAÒISH MEÒODI
6.1.1. SPORÒCHA YURISH ÒEXNIKASI
Sportcha yurishning oddiy yurishga o‘xshash tomonlari
ko‘p, lekin u harakatni boshqarish nuqtayi nazaridan mu-
rakkabroq, shuning bilan birga, u samaraliroq hamdir.
Yengil atletik musobaqalarning qoidalariga binoan tez
yuruvchining yerga tegmay qolgan vaqti hech bo‘lmasligi
kerak, oyoq tagi yerda bo‘lgan paytda esa bir lahzaga bo‘lsa
ham tizza to‘g‘rilanishi zarur. Bu qoidani buzgan tez yuruvchi
lappakvalifikatsiya qilinadi, ya’ni musobaqadan chetlash-
tiriladi.
Òayanuvchi oyoqni vertikal paytida ortiqcha orqaga egi-
lishi qoidani buzish deb hisoblanmaydi. Eng yaxshi tez
yuruvchilarning ko‘plari yerga oyoqni tik qo‘yadilar va bu
holatni vertikal paytigacha saqlab qoladilar. Sportcha yurish
tezligi oddiy yurish tezligidan 2–2,5 baravar ko‘pdir. Bu
tezlik qadam uzunligi va chastotasiga bog‘liqdir. Oddiy
yurishdagi qadamlarning uzunligi 80–90 santimetr, sportchada
esa 105–120 santimetr. Oddiy yurishda qadamlarning chas-
totasi minutiga 110–120 ta bo‘lsa, sportchada 180–200 ta
va undan ham ko‘proq bo‘ladi.
Sportcha yurishda yuqori natijalarga erishish to‘g‘ri tex-
nikaga bog‘liq bo‘lib, bu texnika bir qadam 0,27–0,33
139
soniyada bajarilishi sababli asab mushak koordinatsiyasi
jihatidan murakkabdir. Yurish sur’ati yuqori bo‘lishiga qa-
ramay, tez yuruvchining qadamlari haddan tashqari uzay-
tirib yuborish ortiqcha energiya sarflashga, texnikaning
buzilishiga va sport natijasining pasayishiga olib keladi.
Sportcha yurishning texnikasi bilan tanishib chiqish uchun,
harakatlarning bittagina zajirini ko‘rib chiqish yetarlidir (40-
rasm). Sportcha yurishda ham oddiy yurishdagidek yakka
40-rasm.
Sportcha yurish (yondan ko‘rinishi).
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
140
tayanch va qo‘sh tayanch holatlar galma-gal keladi. Sportcha
yurish texnikasini tez yuruvchining vertikal paytidagi yakka
tayanch holatidan, ya’ni gavdaning
UOM
tayanch oyoqning
xuddi tepasida bo‘lgan holatdan boshlab ko‘rib chiqish
qulayroq. Bu holatda tayanch oyoq to‘g‘rilangan bo‘ladi.
Ikkinchi (silkinch) oyoq bukilgan holda son qismi oldinga
bir qadar yuqorilatib uzatiladi. Òananing
UOM
oldinga siljib
borishi bilan birgalikda tayanch oyoq to‘g‘riligicha qolaverib,
vertikal holatdan qiya holatga o‘tadi. Bu eng muhim bo‘lgan
depsinish fazasidir.
Oyoq tagi depsinayotib, uning uchi hali yerga tegib
turganida, oldinga o‘tib to‘g‘irlanib ulgurgan tovoni yerga
qo‘yiladi. Yerga tegish tovonning tashqi tomonidan bosh-
lanadi. Òez yuruvchi soniyaning yuzdan bir ulushicha vaqt
ichida qo‘sh tayanch holatda bo‘ladi-da, shu zahotiyoq
oldinga uzatilgan oyog‘ida yakka tayanch holatiga o‘tadi.
Oyoq tagi bilan yerdan depsingandan keyin shu oyoqning
boldiri tez yuruvchining olg‘a siljishi, oyoq tagi bilan depsinish
va sonning pastlab olg‘a harakat qilishi natijasida hosil bo‘lgan
enersion-reaktiv kuchlar ta’sirida sal yuqori ko‘tariladi. Bu
payt boldirdagi yozuvchi mushaklar bo‘shashib turadi. Bu
harakatdan foydalanib tez yuruvchi shu oyog‘ini (endi u
silkinch oyoq) tezgina oldinga uzatadi. Silkinch oyoqning
tagi yerdan unchalik yuqori ko‘tarilmaydi. Oyoq oldinga
siljishni davom ettirib, tizza bo‘g‘imi to‘g‘rilana boshlashi
bilan bir vaqtda son qismi yuqorilab oldinga chiqariladi.
Zarur bo‘lgan balandlikka yetgandan keyin, sonni pastga
tushiriladi, boldir oldinga harakatda davom etib, tovon
yo‘lkaga tegish paytida oyoq to‘la to‘g‘rilanadi. Shu harakat
tugagandan keyin, silkinch oyoq tayanch oyoq bo‘lib, qoladi.
Sportcha yugurishning oddiy yurishdan farqi shundaki, oyoq
tovon yerga tegishidan (oldinda) boshlab vertikal paytigacha
hech bukilmay to‘g‘ri holatda bo‘lib, faqat yerdan ajralayotgan
paytdagina bir lahza bukiladi.
141
Sportcha yurish uchun tosning aniq sezilib turadigan o‘ziga
xos harakati xarakterlidir. Òez yuruvchi uchun tosning vertikal
o‘q atrofidagi harakati juda muhimdir. Shuningdek, tosning
old-orqa (sagital) o‘q atrofidagi harakati ham juda sezilib
turadi. Bunday harakat vaqtida tos tayanch oyoq tos-son
bo‘g‘iniga nisbatan sal pastga osilib tushadi.
Sportcha yurish paytida gavda tik yoki sal oldinga en-
gashgan holatda bo‘ladi. Ba’zi tez yuruvchilar gavdani oldinga
engashtirib, tosni orqada qoldiradilar. Bu hech qanday foyda
bermaydi. Bundan tashqari, gavdaning bunday holatida yurish
qoidasini buzish (yugurishga o‘tib ketish) mumkin.
Òez yuruvchi harakatini yuqoridan kuzatgan paytda yelka
kamari bilan tosni qarama-qarshi tomonga burish natijasida,
gavdaning o‘ralayotganday harakatini osongina ko‘rish mum-
kin. Bunday harakatlar qo‘llar ishtirokida bajarilishi oyoq
va tos harakatini muvozanatlaydi. Ular
UOM
to‘g‘ri chiziq
bo‘ylab siljishdan chetga chiqishi darajasini kamaytiradi va
oldindan cho‘zilganlik va qisqarish doirasi ortishi hisobiga
muskullar kuch berishini oshiradi.
Yurish paytida qo‘llar bukilgan holda harakat qiladi
bukilish darajasi esa turli vaqtda turlicha bo‘ladi. Vertikal
paytida ozroq oldinga yoki orqaga harakat qilganda esa
ko‘proq bukiladi. Qo‘llar oldinga ichkari burilibroq gavdaning
o‘rta tekisligigacha ko‘tarilib, orqaga esa tashqi tomonga
burilibroq harakat qiladi; barmoqlar erkin. Yuqori tezlikka
erishish va yurish tejamli bo‘lishi uchun, tez yuruvchi
gavdasining ilgarilab boradigan harakati to‘g‘ri chiziq bo‘ylab
bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Ilgarilash qay daraja to‘g‘ri
chiziq bilan bo‘ylab bo‘layotganini
Do'stlaringiz bilan baham: |