Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


 ÒO‘G‘RI BAJARISHNI BAHOLASH



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154
Bog'liq
engil atletika

5.9. ÒO‘G‘RI BAJARISHNI BAHOLASH,
XAÒOLARNI ÒUZAÒISH
Sport texnikasini o‘rgatish va takomillashtirish jarayonida
to‘g‘ri bajarilishni muttasil baholab, xatolarni aniqlab va
ularni tuzatib borish muhimdir. Shug‘ullanuvchilar o‘z xato
va kamchiliklarini ko‘ra bilishlari muvoffaqiyatli o‘rgatishning
muhim sharti hisoblanadi.
Òo‘g‘ri bajarishni baholashda aniq seza bilishning muhim
ahamiyati bor. Bu esa shug‘ullanuvchilarning mashq jara-
yonida yaxshilana boradi.
Yengil atletik turlari texnikasining to‘g‘ri bajarilishini analiz
qilishda ikkita analizator – ko‘rish va harakatlantirish ana-
lizatorlari – hal qiluvchi ahamiyatga egadir. O‘z harakatlarini
va texnika elementlarini nazorat qilishning eng yaxshi yo‘li
ko‘zguda nazorat qilishdir. Kinohalqalarni ko‘rib chiqish to‘g‘ri
bajarishni nazorat qilishning juda yaxshi vositasi hisoblanadi.
O‘z harakatlarini ekranda ko‘p martalab kuzatish natijasida
o‘quvchilar takomillashgan texnikaga tezroq erishadilar.
Yo‘lkada qoldirilgan izdan harakatning qancha to‘g‘ri
bajarilganini ma’lum darajada bilish mumkin. Masalan,
yuguruvchi, tepsinish kuchi har xil bo‘lishi natijasida qa-
damlar uzunligi o‘zgarishini, qadamlarning simmetrikligini,
oyoqni yerga qo‘yganda oyoq tagi qanday qo‘yilganligini
aniqlay olishi mumkin. Yo‘lkada qoldirilgan izdan g‘ov
osharlar ham, sakrovchilar ham, uloqtiruvchilar ham ko‘p
narsalarni bilib olishlari mumkin.
Ayrim texnika kamchiliklarini, ayniqsa kuch ko‘rsatishga
mansub texnika kamchiliklarini aniqlashda o‘quvchi mashqlarni
har xil ijro etganda (maksimal kuch berganda, unchalik kuch
bermay va hokazo), uning harakati natijalarini (yugurish
tezligini, uloqtirish uzunligini va hokazo) o‘lchash katta rol
o‘ynaydi.
Ijro to‘g‘riligini avvalo o‘quvchining o‘zi baholashi kerak.
O‘z fikrini aytishi kerakligini oldindan bilgani uchun,


129
o‘quvchi harakatlarning bajarilishiga va ularning analiziga
e’tibor bilan qaraydi. Bu bilan shug‘ullanuvchilarning faolligi
ham ortadi. Lekin, hal qiluvchi rol bari bir o‘qituvchining
pedagogik mahoratida, uning o‘rgatishni tashkil qila olish,
eng yaxshi vosita va metodlarni qo‘llash, xatolarni oldinroq
bilib, ularni bartaraf qila olish qobiliyatidadir. O‘qituvchi
ijro to‘g‘riligini 10–15 m masofadan kuzatib boradi. Bu
unga harakatni yaxshiroq ko‘ra olish imkonini beradi.
O‘quvchilar harakatining to‘g‘riligini aniq baholash,
undagi xatolarni topish uchun, ko‘p martalab kuzatish kerak.
Avvalo harakatning umumiy chizmasi to‘g‘rimi yo‘qmi
ekanini aniqlab, keyingi kuzatishlarda esa, elementlarning
to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor berish kerak. Keyinchalik
texnikaning ayrim qismlariga diqqat qilinadi.
Xatolarni ko‘rganda, ularning sababini aniqlash kerak.
Xatolar birinchi galda harakat haqidagi tasavvur noto‘g‘ri,
noaniq bo‘lganidan kelib chiqishi mumkin. Buni aniqlash
qiyin emas. Buning uchun o‘quvchidan noto‘g‘ri bajarayotgan
harakatlarini qanday tasavvur qilayotganini so‘ralsa kifoya.
Odatda, avtomatlashgan tarzda o‘tadigan harakat qismlariga
o‘quvchining ongli ravishda aralashishi ham xatolarga sabab
bo‘ladi. Shuningdek, o‘rganuvchining ortiqcha hayajonlanishi
hatto yetarli darajada mustahkam o‘zlashtirilgan harakatda
ham xatoga olib kelishi ma’lum.
Bu ko‘proq tomoshabinlar oldida hamda o‘quvchi
maksimal natija ko‘rsatishga intilishi natijasida bo‘ladi. Ayrim
harakatlardagi xatolar, harakatning oldingi qismi noto‘g‘ri
bajarilgani sababli ham hosil bo‘ladi. Masalan, yadro itqitish
noto‘g‘ri boshlanishi yadroni turtib yuborish vaqtida xatoga
olib keladi, langarcho‘p bilan sakrashda planka ustidagi xato
harakatlar ko‘pincha yugurib kelish masofasini noto‘g‘ri
belgilash orqasida hosil bo‘ladi va hokazo.
Agarda bir vaqtda yo‘l qo‘yiladigan 2–3 xato sezilib
qolsa, asosiy xatoni aniqlash kerak, chunki uni tuzatish bilan
qolgan kamchiliklar ham bartaraf bo‘lishi mumkin.


130
Nihoyat, shug‘ullanuvchilarning charchashi, shuningdek,
jismoniy tayyorgarligi yetarli emasligi natijasida ham
harakatlar noto‘g‘ri bajarilishi mumkin.
Noto‘g‘ri o‘rgatish orqali, noto‘g‘ri o‘rganish qanchadan-
qancha besamar mehnat sarf-xarajatlarga olib kelishini
ko‘plar bilmasa kerak.
O‘quvchilarning harakatlaridagi xatolarni tuzatish uchun
quyidagi metod va yo‘llardan foydalanish mumkin. Avvalo
xatolarni tuzatishning tabiiy metodini esda saqlash kerak.
Bu metod bilan odatda, o‘zining tabiiyligi tufayli to‘g‘ri
bajariladigan, lekin ayrim sabablarga ko‘ra vaqtincha xato
bajarilayotgan harakatlar to‘g‘rilanadi. Masalan, yugurish
texnikasini buzgan yangi shug‘ullanuvchilarga 300–500 m
ga tinch suratda yugurishni davom ettirish tavsiya qilinadi.
Bir qadar charchab qolganlari natijasida ular ko‘proq tejamli
va ancha to‘g‘ri harakat qila boshlaydilar.
Xatolarni tuzatish uchun, yaxlit harakatdan xato bajari-
layotgan detalni ajratib olib, uni bir necha marta to‘g‘ri
bajariladi. O‘rgatayotganda xatolarni tuzatish uchun o‘ta
e’tibor bilan bajarishni ham qo‘llash mumkin. Xatolar ma’lum
harakatni oshirilgan doirada, yuqori tezlikda ortiqcha
kuchlanish bilan, ortiqcha bo‘shashish bilan va boshqa
vositalar orqali bajarish bilan tuzatiladi. Masalan, o‘rtacha
tezlik bilan yugurish vaqtida, yo‘lkaga oyoqni sust qo‘yishni
yo‘qotish uchun «sidiruvchi» harakatga o‘ta e’tibor berish
tavsiya qilinadi; yadroni kichik uchib chiqish burchagi hosil
qilib itqitish odat bo‘lib qolsa, uni tuzatish uchun yadro
ataylab yuqorilatib itqitiladi; yugurish vaqtida o‘quvchi qo‘lini
butunlay to‘g‘ri tutib yugurmasligi uchun, qo‘llarni ortiq
darajada bukib yuguriladi; harakatlar bemalol bajarilishiga
erishmoq uchun, mashqlar juda ham bemalol bajariladi. Bu
yerda gap texnikaning bir elementini boshqasi bilan to‘la
almashtirish ustida emas, balki noto‘g‘ri harakatni tuzatish
haqidadir. O‘ta e’tibor bilan bajarishda mustahkam malaka
hosil qilib bo‘lmaydi.


131

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish