4-jadval
Yengil atletikaning asosiy turlari elementar texnikasini
o‘rgatishdagi ketma-ketlik
Yurish
Yugurish
Sakrash
Uloqtirish
1. Sport-
cha
yurish
1. Uzoq masofalarga
yugurish
2. O‘rta masofalarga
yugurish
3. Qisqa masofalarga
yugurish
4. Qisqa masofalarga
estafetali yugurish
5. G‘ovlar osha yugu-
rish
6. 3000 m ga to‘-
siqlar osha yugurish
1. Yugurib kelib
uzunlikka sak-
rash
2. Yugurib kelib
balandlikka sak-
rash
3. Yugurib kelib
uch hatlab sak-
rash
4. Langarcho‘p
bilan sakrash
1. Yadro itqi-
tish
2. Lappak
uloqtirish
3. Granat uloq-
tirish
4. Nayza uloq-
tirish
5. Bosqon
uloqtirish
134
Elementar texnikani o‘rgatish jadvalda ko‘rsatilganga ko‘ra
kamroq turlardan iborat bo‘lishi ham mumkin. Bu avvalo
yangi boshlayotgan yengilatletikachilarning boshqa jismoniy
mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida yaxshi
tayyorgarlik ko‘rganlariga taalluqlidir. Elementar texnikani
egallash, har bir yengil atletika turiga xos bo‘lgan o‘rgatish
metodi asosida amalga oshiriladi (bu metodlar yengil
atletikaning alohida turlariga bag‘ishlangan boblarda berilgan).
O‘quvchilar o‘rganishga yanada ongli va faol munosabatda
bo‘lishlari uchun, avvalo ularni o‘rgatilayotgan yengil atletika
turi bilan tanishtirish sportchining organizmiga mashg‘ulotlar
qanday ta’sir ko‘rsatishini, mazkur mashqdagi rekordlar va
razryad normalarini gapirib berish tavsiya qilinadi.
Birinchi mashq bilan (keyingilari bilan ham) tanishtirish
uchun uni ko‘rsatish, u haqda gapirib berish va bevosita
yordam ko‘rsatish bilan bo‘lishi mumkin. Murakkab bo‘l-
magan harakatlarni o‘rgatish, odatda, ko‘rsatish bilan bosh-
lanadi. Masalan, o‘qituvchi bunday deydi: «...Yugurib kelib
balandlikka sakrash texnikasining «oshib o‘tish» usulini
o‘zlashtirishni quyidagi mashqdan boshlaymiz... qaranglar...»
Keyin u oddiy sakrashni ko‘rsatadi. Shundan keyin aytadi:
«E’tibor qiling, tepsinish planka yaqinidagi oyoq bilan
bajariladi. Demak, kim chap oyog‘i bilan tepsinadigan bo‘lsa,
chap tomondan yugurib keladi va aksincha. Qani, hammang-
lar o‘zlaringga kerakli tomonga o‘tinglar. Endi qarab turinglar,
chap tomondan sakraydiganlar uchun yana bir marta
ko‘rsataman». Shundan keyin o‘qituvchi o‘ng tomondan
sakrovchilar uchun ham xuddi shu mashqni ko‘rsatadi.
Shug‘ullanuvchilar o‘rgatilayotgan mashq bilan tanish-
gandan keyin, uni xotin-qizida takrorlab chiqishi, undan
keyin amalda bajarishi kerak. Elementar texnikani yaxshi
o‘rganib olish uchun, o‘rgatilayotgan mashqni yetarli darajada
ko‘p marta takrorlash kerak. O‘rganishning boshlang‘ich
davrida takrorlash soni oz, urinishlar o‘rtasidagi dam olish
135
vaqti esa ko‘p bo‘ladi. Mashqlarni takrorlash sonini aniq-
lashda, mashqlardan qanchalik kuch kelishini va har qaysi
mashg‘ulotda yengilatletikachilar bir emas, bir necha mashq
o‘rganishlarini hisobga olish kerak. Shuning uchun yangi
boshlayotganlar, masalan, past start olib olg‘a intilishni 6–
8 marta, yadroni turtishni 12–15 marta balandlikka sakrashni
12–15 marta bajarishlari mumkin. Unchalik kuch kel-
maydigan oddiy harakat yoki faoliyatni ko‘proq takrorlash
ham mumkin. Bu, masalan, langarcho‘p bilan sakrash tex-
nikasi elementlarini – langarcho‘pni tirab olish, langarcho‘pga
ko‘tarilish kabilarni o‘zlashtirishda zarur bo‘ladi. Avtomat
tarzda ijro etishga erishmoq kerak bo‘lganda, texnika
detallarini ko‘proq takrorlashning ayniqsa muhim ahamiyati
bor. Biroq, charchab qolib, harakatlarni bajarish qiyinlashib
qolgan paytlarda mashqlarni takrorlamagan ma’qul.
Mashqlarni mashg‘ulotlarga taqsimlashda, quyidagi qoi-
dalarga rioya qilish kerak. Murakkab bo‘lmagan, u qadar
kuch kelmaydigan mashqlarni har kuni o‘rgatish mumkin.
Bu texnikaning elementlarini, masalan, nayzani uloqtirish
oldidan orqaga mumkin qadar ko‘proq uzatishni o‘zlash-
tirayotganda ayniqsa zarur. Ayrim elementlarni mustah-
kamlash va avtomatlashtirishga erishish uchun ham tez-tez
takrorlash kerak. Jismoniy va nerv kuchi ko‘p talab qilinmasa,
ancha murakkab bo‘lgan harakatlarni egallashda ham har
kuni o‘rganish yaxshi natijalarni beradi. Anchagina ko‘p
kuch talab qiladigan mashqlarni boshlang‘ich paytlarda
haftada faqat uch mashg‘ulotga kiritish kerak.
Elementar mahorat hosil qilishga, odatda, 5–8 mashg‘ulot
kerak bo‘ladi. Lekin tez hosil bo‘lgan mahorat juda mustah-
kam emas. Odatda, yangi boshlayotganlarni o‘rgatishdagi
bir haftalik tanaffus ularning o‘zlashtirilgan texnikasiga ta’sir
ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘rganishning boshlang‘ich davrida
mashg‘ulotlarda tanaffus bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik
kerak. Elementar texnikani bajara olishni yanada takomil-
136
lashtirish zamini sifatida mustahkamlash kerak. Buning uchun
o‘zlashtirilgan oddiy texnikani bir necha mashg‘ulotlarda
qatorasiga ko‘p martalab takrorlash kerak.
Yengil atletikaning asosiy turlaridagi oddiy texnikani
o‘zlashtirgandan keyin, tanlab olingan yengil atletika turining
hozirgi zamon texnikasini egallash bilan birgalikda ixtisos
olayotgan mashqda tayyorlanishga yordam beradigan turlar
texnikasini takomillashtirishni davom ettirish kerak. Masalan,
uzunlikka sakrovchi yoki g‘ov oshar qo‘shimcha ravishda
sprint texnikasini takomillashtiradi.
Agarda shug‘ullanuvchilarga boshlang‘ich texnika to‘g‘ri
o‘rgatilgan bo‘lsa, keyinchalik faqat elementar va detallarni
yaxshilash kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda boshqa ha-
rakatlarga ham ijobiy ta’sir qiladigan element va detallarning
bajarilishini yaxshilash kerak. Masalan, qisqa masofaga
yugurishda oyoqning «chovlama» harakatini takomillashtirish,
texnikaning ko‘p detallarini yaxshilashga olib keladi: oyoq
tagining yo‘lkaga tegish nuqtasi yuguruvchi tanasi umumiy
og‘irlik markazining proyeksiyasiga yaqinlashadi, tepsinish
tez oshadi, tepsinish burchagi kichrayadi, son va boldirning
harakat doirasi ortadi, oyoq tagining roli kuchayadi.
Yanada mukammalroq texnikani bilib olish faqat ha-
rakatlar tizilmasiga emas, balki ularni ortiqcha kuch sarf-
lamasdan, erkin bajara olishni o‘rgatishga ham bog‘liq. Bu
bilan bir qatorda, irodaviy va jismoniy fazilatlarni yanada
rivojlantirish talab qilinadi.
Sport texnikasini ham yakka tartibda mashg‘ulotlarda,
ham guruh mashg‘ulotlarida o‘rgatish kerak. O‘qituvchi bor
yakka tartibda mashg‘ulotlarda texnikani o‘rgatish va xususan
takomillashtirish muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Lekin sport
seksiyalarida bir o‘qituvchi ko‘pincha 20–25 kishidan iborat
guruh bilan mashg‘ulot olib boradi, shuning uchun unga
kuchli sportchilardan yordamchilar tayinlash kerak. Guruhli
o‘rgatish har doim yakka o‘rgatish bilan birga olib boriladi.
137
O‘qituvchi o‘rgatilayotgan mashqni butun guruhga, kerak
bo‘lgan taqdirda esa, ayrim o‘quvchilarga tushintiradi va
ko‘rsatadi. Òo‘g‘ri bajarilishini kuzatayotganda, o‘qituvchi
imkoniyati boricha, har bir o‘quvchiga alohida ko‘rsatma
berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |