e-qaror.gov.uz
20.09.2022
1
2021 йил «4» ноябрь
115-4-209-Q/21
Шаҳрисабз шаҳар ҳокимлиги
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi
“Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan
qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2021-yil 595-sonli qarori haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi
“Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan
qiymat
solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2021-yil 595-sonli qarori
ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalliy
davlat
hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 25-
moddalariga asosan
QAROR QILAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-
sentabrdagi “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va
qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini
soddalashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 595-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
1. Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga asosan quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 2021 yil 19
avgustdagi 529-son
qaroriga
muvofiq, soliq sirini tashkil etmaydigan ma’lumotlar
va hisob ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etish tizimi joriy
etilishi belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini
e-qaror.gov.uz
20.09.2022
2
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 10
iyuldagi PQ-4389-son
qaroriga
muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi
haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i
summasini hisobga olish huquqi paydo bo‘lishi uchun belgilangan tartibda soliq
organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tishi shartliligi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish
to‘g‘risidagi ariza soliq organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim
etilganda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
219-moddasida
belgilangan
javobgarlik choralari qo‘llanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinganligi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining quyidagilar:
xavfga asoslangan yondashuvni qo‘llash amaliyotini qo‘shilgan qiymat
solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-
taomillariga tatbiq etish bilan kengaytirishi;
intizomli soliq to‘lovchilarga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan
qiymat solig‘i summasini qaytarishni tezlashtirilgan
tartibda amalga oshirishi;
intizomli soliq to‘lovchilarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantirish hamda
o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik
berilganligi;
Shunday tartib o‘rnatilganki, unga muvofiq:
a) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni
soliq organlarida maxsus
ro‘yxatdan o‘tkazishda:
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida
arizalar yetti kun ichida ko‘rib chiqilishi;
soliq organlari tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalari belgilangan
muddatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchiga taqdim etilmaganda, unga maxsus
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma avtomatik ravishda berilishi
nazarda
tutilganligi;
b) 2022-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar va
ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda
bo‘lgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanishi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy