e-qaror.gov.uz 20.09.2022 4 yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan yuridik shaxslar davlat soliq xizmati
organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish
bo‘yicha dastlabki shartnoma ma’lumotlari asosida ro‘yxatdan o‘tkazilishi, bunda
yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab o‘n kun muddatda
arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish
shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishlari shart bo‘lib,
mazkur shartni bajarmaslik yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta
manzilida) yo‘q deb e’tirof etish uchun asos bo‘lishi belgilanganligi;
quyidagilar:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini
soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
1-ilovaga
muvofiq:
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish
bo‘yicha harakatlar ketma-ketligi va tartibi;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi
talablariga asosan majburiy
tartibda maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari
ro‘yxati, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi
talablariga asosan ixtiyoriy
tartibda maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari
ro‘yxati, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish
to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, shuningdek, axborot
tahlili natijalariga ko‘ra soliq to‘lovchilarning xavf guruhlariga (soliq xavfining
yuqori, o‘rta hamda past darajasi) kiritish tartibi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini soliq xavfi guruhlaridan biriga
kiritilganligi asosida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul
qilishning tartibi va muddatlari;
soliq to‘lovchiga soliq organi tomonidan beriladigan qo‘shilgan qiymat
solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma amal
qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish, amal qilishini tugatish asoslari va tartibi;
b) inson omili ishtirokini minimallashtirish bilan intizomli soliq