Davlat soliq xizmati to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Download 143,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana07.07.2022
Hajmi143,74 Kb.
#755942
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
474-I-сон 29.08.1997. Davlat soliq xizmati to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
DAVLAT SOLIQ XIZMATI TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning (bundan buyon
matnda soliqlar deb yuritiladi) budjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash maqsadlarida
tuziladi.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
2-modda. Soliq nazorati
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq nazorati soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq
obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat
qilishning yagona tizimidan iborat.
Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarni, soliq solish
obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga
tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari vositasida hamda soliq to‘g‘risidagi
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
(2-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Davlat soliq xizmati organlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari quyidagilardir: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari,
shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida hududiy bo‘linmalarga ega bo‘lgan:
soliq to‘lovchilar – yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning nazorat
hamda hujjat asosidagi tekshiruvini va moliya-xo‘jalik faoliyati taftishini amalga oshiruvchi maxsus
nazorat-taftish bo‘linmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan
ishlash bo‘yicha maxsus bo‘linma tuziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga
,
ushbu Qonunga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini davlat boshqaruv organlaridan, mahalliy davlat
hokimiyati organlaridan mustaqil tarzda qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
(3-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat soliq xizmati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha
soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun
majburiydir.
Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslar bo‘lib, respublika budjeti mablag‘lari hisobidan
ta’minlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi bitilgan
muhrga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasi, uning xodimlari
cheklangan soni bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek Qoraqalpog‘iston


Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar, shaharlar va
shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 143,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish