R. X. Maksudov, I. S. Hayitov


-jadval. 1940-1970 yillarda О‘zbekistonning sobiq SSSR xalq



Download 3,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/63
Sana07.09.2021
Hajmi3,71 Mb.
#167442
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
Bog'liq
toqimachilik tarixi

11-jadval.
1940-1970 yillarda О‘zbekistonning sobiq SSSR xalq
xо‘jaligidagi   ulushi (foizda)
Maxsulot nomi
1940  
yil  1965 yil  1970 yil
Paxta tolasi
63.5
69.5
67.8
Xom ipak
38.2
35.4
38.8
Kanop va kunjut tolasi
27.4
74.8
91.0
Ip-gazlama
2.7
3.6
2.8
Ipak-gazlama
5.9
4.1
4.1
Paypoq-noski buyumlari
1.8
2.2
2.2
Ichki trikotaj
2.0
2.3
2.7
Ustki trikotaj
1.6
2.9
2.6
Jun
1.1
2.9
5.3
Pilla
47.8
51.9
54.8
Shunday qilib, urush yillarida kо‘chirib keltirilgan korxonalar
hisobiga quvvati bir muncha oshgan ip-gazlama korxonalarida yalpi
mahsulot ishlab chiqarish 1940 yilda 101.8 mln rublga teng bо‘lgan
bо‘lsa, 1943 yilda136 mln rublga yetdi yoki 33 foizga oshdi. Asosiy
fondlar 38.4 foizga о‘sdi. Natijada, О‘zbekiston ip-gazlama ishlab
chiqarish bо‘yicha sobiq Ittifoqda RSFSRdan keyin ikkinchi о‘ringa
chiqib oldi. Masalan, 1940-1958 yillarda ip-gazlama ishlab chiqarish
sobiq SSSRda 1.5 martaga, О‘zbekistonda esa 2 martaga oshdi. Ammo
bu О‘zbekiston tо‘qimachilik sanoati uchun yetarli emas edi. Negaki
О‘zbekiston ip-gazlama ishlab chiqarish bо‘yicha umumittifoqda
2-о‘ringa chiqqan bо‘lsada uning ulushi 1945-1958 yillarda 5.2 foizdan
3.7 foizga tushdi. Bunga sabab О‘zbekiston erishgan yutuqlar yangi
korxonalar qurish xisobiga emas, balki eskilarini kengaytirish va
rekonstruksiya qilish xisobiga bо‘lgan edi. Holbuki, О‘zbekistonda
tо‘qimachilik xususan ip-gazlama sanoatini rivojlantirish uchun
yetarlicha xomashyo bazasi va sharoit bor edi.
Jadvaldan kо‘rinib turibdiki, О‘zbekistonda asosiy e’tibor tayyor
mahsulot ishlab chiqarishga emas, balki xomashyo, xususan paxta, pilla
va kanop tola tayyorlashga  qaratilgan. Chunki bu davrda sobiq markaz
jahon bozoriga paxta chiqarishdan katta daromad kо‘rgan. Masalan,
1966-1969 yillarda markaz chetga paxta sotishdan har yili о‘rtacha
213 mln. rubl sof foyda olgan, yoki birgina 1968 yili mamlakatda
tayyorlangan jami 2 mln. 036 ming tonna paxta tolasining 554 ming


99
tonnasini xorijga sotgan. Holbuki, buni О‘zbekistonda qayta ishlab
tayyor mahsulot ishlab chiqarsa bо‘lar ediku.
Afsus mustaqillikga qadar respublikamizda tо‘qimachilik sanoati,
xususan uning ip-gazlama ishlab chiqarish tarmog‘i juda sekin о‘sdi.
Hatto u 1970 yilda 1960 yilga nisbatan 25 mln. metr, 1965 yilga
nisbatan esa 44 mln. metrga kamaydi. Shu sababli, sobiq Ittifoq
hukumati 60 yillar ohiri 70 yillar boshida har biri umumiy quvvati
240 ming urchuq va 6000 tо‘quv dastgohga ega ikkita yigiruv-tо‘quv va
pardozlash fabrikasi bilan yiliga 109 mln. metr gazlama ishlab
chiqarishga qodir bо‘lgan Buxoro va Andijon ip-gazlama kombinatlari
qurilishiga ruxsat berdi. Nukusda ham shunday quvvatga ega kombinat,
Xо‘jaylida yigiruv- tо‘quv fabrikasi, Xiva gilam kombinati qurilishi
boshlandi. Chunki, О‘rta Osiyo, xususan О‘zbekiston aholisida
tо‘qimachilik mahsulotlariga ehtiyoj katta edi. Bu mahsulotlar
О‘zbekistonga 10 ta sobiq ittifoqdosh respublika va xorijiy mamlakatdan
keltirilardi. О‘z navbatida О‘zbekistondan jahonning 23 mamlakatiga,
xususan Osiyo va Afrika davlatlariga ip-gazlama eksport qilinardi.
О‘zbekistonga ip-gazlama mahsulotlari asosan Moskva va
Ivanovadan (73,3%) keltirilardi. Bu davrda, shuningdek О‘zbekistonga
hajmi va assortimenti bо‘yicha ip-gazlama yetkazib beruvchi yirik
davlat Hindiston bо‘lib jami importning 39,8 foizi uning hissasiga,
23,6 foizi esa Vengriya hissasiga tо‘g‘ri kelardi.
Bu hol О‘zbekistonda tо‘qimachilik sanoatini, xususan uning
ip-gazlama ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishni taqazo etardi.
Qurilayotgan Buxoro va Andijon ip-gazlama kombinatlari bu
borada masalaning kichik bir yechimi edi. Buxoro ip-gazlama
kombinatining yigiruv, tо‘quv va ip bо‘yash fabrikalari bо‘lgan birinchi
navbati 1974 yilda ishga tushdi. 1981 yilda uning 57600 dona kamerali
pnevmomexanik yigiruv mashinalari о‘rnatilgan 2-yigiruv fabrikasi,
1988 yilda pardozlash korxonasi ishga tushirilgach kombinat tarkibida
2 ta yigiruv, 2 ta tо‘quv, ip bо‘yash, pardozlash korxonasi va tikuv sexi
faoliyat kо‘rsata boshladi. Shuningdek, 1982 yili G‘ijduvonda 33936 ta
urchuqli yigiruv, Vobkentda 560 tо‘quv dastgohiga ega shahobchalar,
keyinchalik viloyatning Olot, Qorakо‘l, Surxondaryo viloyatining
Jarqо‘rg‘on, Qashqadaryo viloyatining Kitob va Yakkabog‘ tumanlarida
ham shunday shahobchalar qurildi. Kо‘p о‘tmay ularning bir qismi
mustaqil yigiruv, tо‘quv fabrikalariga aylantirildi.
О‘tgan asrning 70-yillari о‘rtalarida faoliyat kо‘rsata boshlagan
Andijon ip-gazlama kombinati tarkibida bittadan yigiruv, pishituv,


100
tо‘quv va 2 ta pardozlash fabrikasi, shuningdek, Asaka, Qо‘rg‘ontepa,
Marhamat, Poytug‘, Chuama, Chinobod, Yorqishloqda shahobchalari
bor edi.
Shunday qilib, mustaqillikka qadar respublikamizda Toshkent,
Farg‘ona, Buxoro va Andijonda 4 ta yirik tо‘qimachilik korxonasi va
ularning 28 ta shahobchasi faoliyat kо‘rsatdi. Shahobchalar viloyatlar
kesimida quyidagicha joylashgan edi. Toshkent shahrida 2 ta, Andijon
viloyatida 7 ta, Buxoro, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda-4 tadan,
Namangan va Qashqadaryoda-2 tadan, Surxondaryo, Samarqand,
Xorazm va Jizzax viloyatlaridan-1 tadan shahobcha bor edi. Bularni
ichida G‘ijduvon, Rishton, Beshariq, Yangiqо‘rg‘on, Uychi,
Haqqulobod, Tо‘rtkо‘l, Kitob, Jarqо‘rg‘on, Jizzax shahobchalarida
kamida 80 tadan yigiruv mashinalari о‘rnatilgan bо‘lsa, Qoraqamish,
Asaka, Qо‘rg‘ontepa, Marhamat, Poytug‘, Vobkent, Rishton, Uychi
shahobchalarining har birida 500 dan ortiq tо‘quv dastgohlari bor edi.
Shunga qaramay, respublikamizda paxta tolasidan tayyor
tо‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 6-8 foizdan oshmadi.
Respublikada tayyorlangan paxta tolasining 92-94 foizi xomashyo
sifatida olib chiqib ketildi va asosan Rossiya Federatsiyasi, Ukraina,
Belorusiya va boshqa respublikalarda qayta ishlanib tayyor mahsulotga
aylantirildi.
Natijada, paxtadan keladigan daromad ham Markazda qoldi. Qayta
ishlovchi korxonalar ham Markazda qurildi. Minglab ishchi о‘rinlari
ham Markazda yaratildi. Bu hol aholi turmush darajasiga ham ta’sir
kо‘rsatdi. Xulosa qilib apytganda, sovuqni-sovuq, issiqni-issiq demay yil
12 oy dalada tinimsiz mehnat qilgan о‘zbek dehqonining kosasi
oqarmadi.
Bugungi kunda tо‘qimachilik sanoati О‘zbekiston iqtisodiyotida о‘z
о‘rni va salohiyatiga ega. 1991 yilda uning yalpi mahsulotdagi ulushi
8,5 foizga teng edi. Ammo mustaqillikning dastlabki yillarida uning
salmog‘i boshqa sobiq sovet respublikalarida bо‘lganidek, ikki va undan
kо‘p martaga kamayib ketdi. Bu haqda Rossiyaning “Tekstilnaya
promishlennost” jurnalida (1997 yil 5-son) quyidagi ma’lumotlar
keltirilgan.


101

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish