33
Natijada jahon paxta bozorida 1 pud paxtaninng narxi 5 rubl
15 kopeyekdan 61 rubl 10 kopeyekgacha kо‘tarildi. Bu hol о‘z о‘zidan
Rossiyani Turkistonni bosib olishga da’vat etdi. Rus agronomi
N.N.Rayevskiyning ma’lumotlariga kо‘ra, XIX-asrning 60-yillarida
Turkistondan Rossiyaga har yili 3.088.285 pud (42710136 mln. sо‘mlik)
paxta olib ketilgan. U yana Turkistonda Amerika paxta navini
yettishtirishga ham da’vat etadi. Shu maqsadda, Rossiya va О‘rta
Osiyoda paxtachilikni rivojlantirish komitetini tuzishni taklif qiladi.
Hukumat N.N.Rayevskiyning taklifini quvvatlab 1871-1872
yillarda
uning Toshkentdagi idorasiga 200 pud Amerika paxta navi urug‘ini
tekinga berdi. Natijada 1872 yili Samarqandda paxta tajriba stansiyasi
ochilib S-Aylend nomli paxta urug‘i ekilib yaxshi natijaga erishildi.
Shunday qilib, chorizm Turkistonni bosib olgach, о‘lkada
paxtachilikni rivojlantirish uning asosiy bosh maqsadi bо‘lib qoldi.
Paxtachilik 10 minglab kishilarni qamrab, 100
minglab odamlarni oziq-
ovqat bilan ta’minlaydigan va 10 millionlab sо‘mlar muomalasini о‘z
ichiga olgan katta ishga aylandi.
Paxta maydonlari yildan-yilga kо‘payib bordi, yangi yerlar
о‘zlashtirildi, ariq va kanallar qazildi, g‘alla, bog‘u-rog‘lar, poliz
maydonlari qisqartirildi. Rossiya dehqonchilik departamenti vakili
V.I.Masalskiyning
yozishicha, “Turkistonni paxta vasvasasi” qamrab
oldi.
Oqibat shu bо‘ldiki, о‘lkada paxta maydonlari 1895 yilda 142.527
desyatina bо‘lgan bо‘lsa, 1900 yilda 234.274 desyatinaga yetdi. Buning
yarmidan kо‘pi о‘lkaning asosiy paxtakor viloyati Farg‘ona viloyatiga
tо‘g‘ri kelar edi. 1901 yildan 1915 yilgacha о‘lkada paxta maydonlari
yana 2 barobardan oshiq kо‘payib 260.013 desyatinadan 533.671
desyatinaga yetdi. Bu yerlardan olinadigan
hosil ham ortib uning
Rossiyaga olib ketiladigan miqdori 1915-1916 yillarda 18 mln. pudga
yetdi. Holbuki, 1886 yilda u 0,3 mln. pudni tashkil etgan edi. Yoki
1911-1912 yilda Rossiyaga chiqarilgan umumiy qiymati 200 mln.
sо‘mlik mahsulotning 138 mln. sо‘mini, ya’ni 70 foizini paxta qoplagan.
Bu davrda, yuqorida qayd etganimizdayek, mahalliy g‘о‘za naviga
nisbatan ancha yaxshi tola beradigan Amerika g‘о‘za navini ekishga
34
e’tibor ancha kuchaydi. Masalan, 1888 yildan 1913
yilgacha Amerika
navi ekiladigan maydonlar Farg‘ona viloyatida 34669 desyatinadan
274897 desyatinaga yoki 70 foizga, Samarqand viloyatida esa
298 foizga о‘sib 7880 desyatinadan 31856 desyatinaga yetdi. Sirdaryo
viloyatida 25841 desyatinadan 62691 desyatinaga kо‘paydi yoki
139 foizga о‘sdi.
Do'stlaringiz bilan baham: