1-mavzu. Til ta’limida ilmiy tadqiqot qilishning nazariy asoslari
Reja:
1. Metodika, metod va metodologiya tushunchalari haqida.
2. Empirik mеtоdоlоgiya. Uning maqsadi va imkоniyatlari.
3. Idrоkiy bilim hоsil qilish mеtоdоlоgiyasi.
4. Nоminalistik usul.
5. Dialеktik usul.
6. Мatеrialistik (mashshoiy) dunyoqarash.
7. Idеalistik (ruhоniy) dunyoqarash.
Тayanch tushunchalar:
Empirik metodologiya, bilish bosqichi, fahmiy bilim, idrokiy bilim, tadqiq mabayiga yondashish, nominalistik va dialektik usul, tadqiqotchi nuqtayi nazari, materialistik va idealistik dunyoqarash,nоminalistik yondashuv, dialеktik yondashuv, fahmiy bilish, zоhiriy bеlgi, narsa o‘zida, botiniy xususiyat, narsa o‘zga uchun.
Har qanday ilmiy tadqiqot muayyan metodologiya va metodlarga tayanadi. Metodologiya va tekshirish metodidan xoli bolgan hech qanday ilmiy tadqiqot mavjud emas. Tadqiqotchining o‘rganayotgan obyekt mohiyatini haqqoniy yo- ritishida qanday metodologiya va metoddan foydalanishi juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ilmiy tadqiqot jarayoniga qadam bosayotgan yosh izlanuvchi umumiy fan metodologiyasi va xususiy ilmiy metodlar haqida yetar- licha malumotlarga ega bolishi zarur.
Magistratura o‘quv rejasining I bloki tarkibida o‘rganilishi zarur bo‘lgan fanlardan biri bo‘lgan "Ilmiy tadqiqot (ijod) metodologiyasi" bo‘lg‘usi tadqiqotсhilarni ilmiy tadqiq metodikasi, metodlari va metodologiyasi bilan tanishtirishni, ularni mustaqil ilmiy izlanish olib borishga tayyorlanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bunda bitta narsaga alohida e’tibor berish kerak: ilmiy tadqiqotlarda (hatto juda jiddiy falsafiy tadqiqotlarda) metodika, metod va metodologiya tushunchalari juda ko‘p hollarda aralashtiriladi, biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llab ketaverishadi. Rasmiy himoyaga chiqishdan oldin e’lon qilingan dissertatsiya avtoreferatlarida (OAK talablariga ko‘ra) tadqiqotning metodologik asoslari sharhlab va asoslab berilishi lozim. Avtoreferatlarning juda ko‘pchiligida metodologiya o‘rnida tadqiq metodikasi va metodlari izohlanadi yoki dissertant uchun namuna vazifasini o‘tagan asarlar va ularning mualliflari sanab o‘tiladi. Bu shundan dalolat beradiki, avtoreferat mualifi metod va metodika, metodologiya tushunchalarini anglab yetgan emas. Demak, unda ongli ilmiylik, mustaqil fikrlash, ijodiylik yo‘q. Ular o‘z ilmiy tadqiqotlarini kimlargadir (kimlarningdir tadqiqotiga) ongsizona (ko‘r-ko‘rona) ergashish, payravlik, taqlidchilik asosida yaratgan.
Ilmiy tadqiq metodikasi, metodlari va metodologiyasi orasidagi farqlarni uqish, ularning o‘zaro aloqadorligini anglash mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘sag‘asi, ibtidosi, kirish eshigi sanalishi lozim. Shuning uchun magistratura o‘quv rejasida mavhum berilgan "Ilmiy tadqiqot metodologiyasi" o‘quv fani nomini "Tilshunoslik bo‘yicha ilmiy tadqiqot metodikasi, metodologiyasi va metodlari" deb muayyanlashtirdik. Shu bois ma’ruzamiz oldida dastlab uch tushunchani:
a) ilmiy tadqiq metodikasi,
b) ilmiy tadqiq metodologiyasi,
v)ilmiy tadqiq metodlarini
farqlash turadi.
Bu kurs bakalavriat bosqichida tinglangan "Falsafa" va magistratura o‘quv rejasidagi "Fanning falsafiy masalalari" o‘quv fanlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu bog‘liqlik shu darajadaki, bu kursning ikkinchi tarkibiy qismi ("Ilmiy tadqiq metodologiyasi") "Falsafa"ning gnoseologiya (bilish nazariyasi) bo‘limi bilan hatto aynandir. Shuning uchun "Falsafa" fanidan bakalavriat tizimida hosil qilinishi zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarsiz bu fanni mutlaqo o‘zlashtirib bo‘lmaydi; kursniing ilk qadamlaridanoq biz falsafiy tushunchalar bilan to‘qnashamiz.Jumladan, falsafadan falsafaning bosh masalasi, ong va borliq (materiya,substansiya), dialektika va uning muqobillari, dialektikanig uch asosiy qonuni va asosiy kategoriyalari (umumiylik-xusisiylik,mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik, sabab-hodisa, butun-bo‘lak, son va sifat, zamon va makon, moddiylik va xususiyat) kabi tayanch tushunchalarni bilmay turib bu o‘quv fanini o‘zlashtirishni ko‘zlash bamisoli harflarni tanimagan holda murakkab bir asarni qo‘lga olish va o‘qishni istashday samarasizdir!
Voqelikdagi istagan katta-kichik birlik (element, hodisa, munosabat) tadqiq manbayi (o‘rganish obyekti) bo‘la oladi. Chunonchi, "Tilning ijtimoiy vazifasi" kabi ulkan mavzu ham, yoki "O‘zbek (ingliz /rus/ v. h) tilida a fonemasining variantlari" kabi nisbatan tor masala ham bir xilda ilmiy tadqiq manbayi bo‘lishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot metodikasi deganda tadqiq manbayi (o‘rganish obyekti) haqida ilmiy bilim hosil qilish usul (yo‘l-yo‘riq)lari tushuniladi. Shuning uchun falsafa bo‘yicha darsliklarda ham, "O‘zbek tilining izohli lug‘ati [O‘TIL]"da ham metodika biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‘indisi (O‘TIL. 1. 461-b.) deb ta’riflanadi.
Ilmiy tadqiq metodikasi bir necha tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: Bunda eng muhim qismlardan biri tadqiqotchining izlanishga qanday yondashishi, o‘rganish obyektini qanday tushunishi, unga qaysi nuqtayi nazardan turib yondashishidir. Mana shu omillar ilmiy tadqiqot metodologiyasini tashkil etadi. Metodologiya tadqiqotchiga narsa (o‘rganish obyekti)da nimalarni izlashi, topishi, izohlashi, ochib berishi lozimligini ko‘rsatib turadi. Bu uning yo‘lchi yulduzi, qayerga borishi va kelishi lozimligini ko‘rsatib turuvchi mayog‘idir.
Tadqiqotchida va izchil tadqiqotda metodologiya hamisha bitta bo‘lib, u olimning dunyoqarashini tashkil etadi. Shuning uchun juda ko‘p holda metodologiya, tadqiqotchining bilish nazariyasi tamoyillari (gnoseologik prinsip)lari, tadqiqotchining dunyoqarashi, tadqiqotchi (tadqiqot) mantiqi (logikasi) kabi shaklan har xil tushunchalar bir xil ma’no va vazifada - sinonimlar sifatida bemalol qo‘llanilaveradi va bunda hech qanday xato yo‘q. Haqiqatan ham, bular o‘zaro juda yaqin tushunchalardir.
Istagan tadqiq manbayi serqirradir. Chunonchi, Zuhraxon degan ayol, 1-chizmada ko‘rsatilganidek, turli kimsalarga nisbatan turli xil mohiyatga ega va har bir kimsaga munosabati mustaqil, alohida me’yorlar bilan o‘lchanadi.
Tadqiq manbayining ma’lum bir qirrasi (tomoni)ni o‘rganish (“o‘lchash”)ga xoslangan usul (yo‘l-yo‘riqlar, mezon)lar tadqiq metodi deb aytiladi. Bitta tadqiq manbayi minglab qirra (tomon)larga ega bo‘lganligi sababli minglab metodlar bilan o‘rganilishi mumkin. Shuning uchun metod deganda ko‘pincha "Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli" (O‘TIL, 1, 461), tadqiq manbayining ma’lum bir qirrasi (xususiyati, tomoni)ni o‘rganishga xoslangan usullar tushuniladi1. Bizda odatda O‘TILda izohlangandek tushuniladi. va bu to‘g‘ri emas. Chunki bunday talqinda metod va metodika o‘zaro aralashib ketadi. O‘TILda berilgan tavsif "Tabiat va jamiyat hodisalarining ma’lum bir xususiyati (tomoni) ni bilish, tadqiq qilish usuli" deb muayyanlashtirilishi lozim. O‘TILda keltirilgan namunaviy misol ham (dialektik metod, qiyosiy metod) izoh talabdir, buni kursimizning tadqiq mabayiga yondashish masalasi bilan bog‘liq maxsus bo‘limida sharhlaymiz.
1-chizma
Amma xola dugona
opa ------------------- Zuhraxon ----------------------------ona
jiyan singil o‘qituvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |