Bog'liq Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)
Badiiy ijod tariqi – adabiyot nazariyasiga oid muhim tushuncha, badiiy adabiyotning mazmuniy jihati, ya’ni badiiy tafakkur qonun-qoidalariga aloqador bo’lib, arab tilidagi “tariq” so’zi qadim yunon tilidagi “metodos”, ya’ni “yo’l”, “borliqni anglab etish va aks ettirishning o’ziga xos yo’li” ma’nosini anglatadi. Alisher Navoiy ushbu atamadan ijodiy foydalanib, islom mintaqa adabiyotida “haqiqat tariqi” va “majoz tariqi” deb atalmish ikki adabiy yo’nalishva badiiy ijod tariqi mavjudligini kashf etdi va ularning har birini qisqacha ta’riflab, XII-XV asrlarda yashab forsiy va turkiy tillarda ijod etgan ulug’ shoirlarning qaysi biri qaysi yo’nalishga mansub ekanligini aniq ko’rsatib berdi. Alisher Navoiyning badiiy ijod tariqiga oid nazariymulohazalari “Mahbub ul- qulub” risolasi “Avvalgi qism”ining “Nazm gulistonining xushnag’ma qushlari zikrida” deb atalgan 16-faslida mukammal bayon qilingan. edi. Shu davrda «eng yolg’on she’r – eng yaxshi she’rdir» va «eng rost she’r - eng yaxshi she’rdir» degan iboralarda o’z aksini topgan she’riyatga ikki xil yondoshuv shakllangani ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan va bunga muayyan darajada o’sha davr adabiyotining mavzu qamrovi va vazifasi, ijtimoiy voqelikda tutgan mavqei ham sababchidir. Hukmdorni madh etish, uning dilini xushlash, hukmdorning
va o’zining shaxsiy raqiblarini hajv etish VIII-XI asrlar saroy adabiyotida etakchi o’rin tutar va shoirning mavqei ham ushbu sohalardagi yutuqlari bilan belgilanardi. Bu davr arab tilidagi she’riyat bilan boshlanib, VIII asr ikkinchi yarmidan turkiy tilidagi dastlabki asarlar (Adib Ahmad va Mahmud Koshg’ariy asaridagi ba’zi namunalar) paydo bo’lgan bo’lsa, X asr boshlaridan Somoniylar saroyida Abu Abdulloh Rudakiy etakchiligidagi baquvvat fors she’riyat maktabi shakllandi. IX-X asrlar davomida Movarounnahr va Xurosonda har uch tilda
asarlar yaratilgan bo’lsa, XI asr boshlaridan arab tili asosan ilm tili sifatida saqlanib qolib, G’aznaviylar saroyida asosan fors tilida va Qoraxoniylar saroyida turkiy va forsiy tillaridagi she’riyat rivoj topdi. Mahmud G’aznaviy saroyida shakllangan nufuzli she’riyat maktabi namoyandalari Unsuriy, Farruhiy,
96
Manuchehriy va boshqalar madhiyaviy qasidaning mumtoz namunalarini yaratdilar. Shu davrning o’zida adabiyotda ma’rifatchilik bosqichiga xos yana bir yo’nalish - islomdan oldingi merosni yangicha talqinda o’zlashtirish ham rivojlanib bordi. Arab tilidagi adabiyot vakillari johiliya davri adabiy merosini to’plash va tartibga solishga jiddiy kirishdilar. Rum, Eron, Hind adabiyotining mashhur namunalari arab tiliga o’girildi. Masalan, «Panchatantra» - «Kalila va Dimna»
«Xudoynamak»lar - «Siyar ul-Muluk» nomlari bilan arabchalashtirildi. Keyinroq borib Rudakiy fors tilida she’riy «Kalila va Dimna» dostonini yaratgan bo’lsa, Unsuriy Rumning lotin va yunon tilidagi ishqiy romanlar mavzu doirasida bir necha dostonlar yozdi. Afsus, bu asarlardan bizgacha faqat ayrim parchalargina etib kelgan. X asrda Daqiqiy va boshqa ba’zilar «Shohnoma» yaratishga urindilar. Va nihoyat X asr oxiri - XI asr boshlarida Firdavsiy Tusiy (940-1020) o’zining ulug’ epopeyasini yozib tugatdi. Firdavsiyning 60 ming baytga yaqin ulkan
«Shohnoma» si islomgacha Eron va Turonda yaralgan boy ma’naviy merosning o’ziga xos badiiy qayta ishlangan qomusidir. Uning tarkibida yuzlab qahramonlar, o’nlab alohida murakkab syujetli dostonlar mavjud. Unda asotir tafakkur mevalari va Eron, Turon xalqlari tarixi o’z badiiy in’ikosini to’liq namoyon etgan.
Firdavsiy asari fors va turkiy tildagi keyingi necha asrlar badiiy mumtoz adabiyotiga mavzu va qahramonlar etkazib bergan ulug’ xazina bo’ldi. Forsiy tildagi adabiyotda dostonchilik, ya’ni ishqiy, tarixiy, qahramonlik dostonlari yozish an’anasi mintaqa adabiyotining etakchi yo’nalishlaridan biriga aylandi. Ammo Firdavsiyga ko’r-ko’rona ergashganlar, yangicha talqin yarata olmadilar, hech qaysisi Firdavsiy shuhratiga yaqin bora olgan emas. Faqat Yusuf Xos Hojib singari turkiy she’riyat vakillari butkul yangicha uslubda, yangilik yaratish yo’lidan borganliklari uchun adabiyot tarixida munosib o’rin egallay bildilar.