fasl. Ilm va irfon. Nafs tarbiyasi va Riyozat ma’rifati.
Tasavvuf haqida oxirgi paytda ko’p yozilmoqda. Oxirgi yillarda filologiya fanlari doktori, professor Najmiddin Komilov bu borada jiddiy tadqiqotlar olib bormoqda. Avvalo olim fors tilidagi tasavvufga oid qator muhim manbalarni o’zbek tiliga tarjima qildi. Keyincha ularni to’plab, «Komil inson haqida to’rt risola» nomi bilan nashr ettirdi. Bundan tashqari tadqiqotchining ikki jilddan iborat
«Tasavvuf» asari ham bosilib chiqdi.
O’sha kitob, s. 38
87
Tasavvuf haqida (va umuman, har qanday mavzu xususida) yozganda tarixiylik va matn masalalariga jiddiy e’tibor bermoq lozim. Masalan, X -XI asrlarda ko’chirilgan qo’lyozma bilan XX asr boshlarida nashr etilgan toshbosma kitobning ma’lumotlari mutlaqo teng qiymatga ega emas.
Irfoniy g’oyalar rivojini faqat tarixiy tadrijiylikda ko’rib chiqishgina ishonarli xulosalarga asos bo’la oladi. Shu sababdan hozircha faqat ba’zi eng umumiy jihatlarga e’tibor qaratish bilan cheklanishga to’g’ri keladi.
Sunna bosqichi - o’git va ibrat asosiga, islom ma’rifatchiligi esa aql va mantiqiy tafakkur qudratiga tayanishini ko’rib o’tdik. Irfon-chi? Ilm egasi olim bo’lsa, irfon nima-yu, orif kim? O’git va ibrat tashqi hodisa, aql ham mavzuga tashqaridan turib yondoshadi. Irfon esa
Tavhid mohiyatini anglashga insonning butun ruhiy quvvatini safarbar etadi, buning uchun
esa avval ruhiy quvvatni jamlashga o’rganish kerak bo’ladi. Xuddi shu amalni, ya’ni ruhiy quvvatni bir nuqtaga jamlay bilish usullarini ikki yo’nalishda ishlab chiqa boshlagan so’fiylardan Zunnun Misriy (796-861) va Xoris Muhosibiy (781-857)larni eslash
mumkin.Ularning birinchisi ma’rifat yo’lining hol va maqomlarini ishlab chiqqan bo’lsa, ikkinchisi o’z nafsini kuzatish va nazorat qilish (muroqaba va musohaba) qoidalarini - «Ilm al-qulub va-l-xatarot» (qalb va uning ma’rifati
yo’lidagi xavf xatarlardan saqlanish ilmi)ni ishlab chiqdi. Muhosibiyning fikricha, asosiy narsa niyatda, ammo insonning poklanishi yo’lida turli xatarlar, masalan, kibr, riyo va boshqalar mavjud. Ularni engib o’tish uchun inson har bir qadamini Alloh irodasiga muvofiq bosmog’i
Olim – O’qish-o’rganish, ustoz- dan ta’lim olish yo’li bilan erishiladigan bilim egasi, zohiriy (xoh diniy, xoh dunyoviy) ilmlarni o’zlash-tirgan inson.
va faqat Alloh rizoligini sidq va ixlos bilan tilamog’i kerak. Muhosibiy fikricha, inson ko’nglida ilohiy muhabbat chirog’ini yoquvchi ham Allohning o’zi. Insonning ruhiy kamoloti tasavvufning asosiy maqsadi bo’lib, bu yo’nalishda har bir ulug’ shayx o’z tartib-qoidalarini ishlab
chiqdi va shu asosda turli tariqat suluklari shakllandi. Masalan, solik o’z nafsini engib o’tish yo’lida qanday maqomlarni bosib o’tadi, degan savolga turli tariqat pirlari turlicha javob beradilar. Abu Nasr Sarroj 7 maqom (tavba, vara, ya’ni parhezkorlik, zuhd, faqr, sabr, rizo, ya’ni Alloh taqdiriga rizolik, tavakkul, ya’ni o’zni Haqqa topshirish)ni sanab ko’rsatgan bo’lsa, ba’zi tadqiqotchilar bundan faqat oltitasini, ba’zilari xavf va rajoni qo’shib to’qqizta maqomni tilga oladilar, al- Kalobodiy (vafoti 990 yil) 17 maqomni, Abu Said Mayxoniy (967-1049) 40 maqomni, Abdulloh Ansoriy (1006 - 1089) esa 100 maqomni eslaydi. Ibn al-
88
Orif – laduniy bilim egasi, Borliq haqiqatini mohiyatan anglab etgan, o’z ruhiyatida Borliq haqiqati bilan mukammal uyg’unlik hosil qila bilgan shaxs, tasavvufda ma’naviy kamolotning oliy darajasi bo’lmish “Haqiqat” bosqichiga ko’tarilgan solik. Oriflik maqomiga etishib ustozi tomonidan muridlar-ni mustaqil tarbiyat qilish huquqiga musharraf bo’lgan orif inson piri murshid ataladi va u muayyan tariqat silsilasida alohida halqa sohibi bo’ladi.
Arabiy «Futuhoti Makkiya»da 19 maqom, 360 ta manzil va rabotni ajratib ko’rsatadi. Agar maqomlar so’fiyning o’z harakati, riyozati bilan bog’liq bo’lsa (tadbir), «hol» tushunchasi Alloh barakati va marhamatiga aloqador (taqdir) hisoblangan. Bunday «fayzi ilohiy» solikning poklik kasb etgan dilini
bir lahzada chaqmoqdek yoritib, yana g’oyib bo’lishi mumkin. Ba’zan holni ham
darajalarga ajratadilar. Nazarimizda, gap maqomlar soni va holning darajalarida emas. Asosiy masala ko’ngilning poklanishida. «Bilgilki, ko’ngil sayqallangan ko’zgudir», deb yozadi Ibn al-Arabiy. Hadisda aytiladiki: «Qalb temirdek zang bosishi mumkin.»
Ma’naviyat haqidagi suhbatlarimizning ibtidosida Shayx Najmiddin Kubroning iste’dodli shogirdi Najmiddin Doya haqida eslab o’tgan edik. U o’zinig 1223 yili Kunyada yozib tugallangan risolasida34 Inson va uning mohiyati, Oliy haqiqat (Haq asrori)ga va Borliqqa munosabati haqida shunday mulohaza yuritadi:
Mavjudotlar olami, ya’ni moddiy dunyodan maqsad inson vujudidir. Ikki olam inson vujudi uchundir. Inson vujudidan maqsad esa Alloh taolo
zotu sifatlarini anglab etishdir. Buni ma’rifat deydilar. Farishta va jinlar Allohga ibodat etishda insonga sherik bo’ldilar. Ammo ma’rifat insondan o’zga hech qanday mahluqotga nasib bo’lmadi. Haq ma’rifati yukini ko’tarmoq faqat inson zotiga vojib bo’ldi. Insonning mumtozligi shu tufaylidir. Ammo Najmiddin Doyaning fikriga ko’ra, Inson vujudida Haq ma’rifatini aks ettiruvchi ko’ngil ko’zgusi dastavval faqat imkon darajasida mavjud, xolos. Uni voqelikka aylantirish uchun uzoq jiddu jahd lozim. Ko’ngil ko’zgusi riyozat bilan sayqal topadi, insonning ma’naviy tarbiyasi, o’z intilishi, pir-tarbiyachining irshodi nafs tarbiyasi bilan bo’ladi. Buning uchun inson, birinchi navbatda, ham jismoniy, ham ma’naviy poklanmog’i kerak. Tasavvuf tariqati ushbu poklanish yo’li bo’lib, uni temirchining olovli ko’rasiga qiyos etish mumkin. Unda inson ko’ngli avval mumdek yumshab, shakl oladi, so’ng chiniqtiriladi va sayqal beriladi. Oxirida ko’ngil po’lat ko’zgu singari shunday sayqal topadiki, o’zida ilohiy nurni akslantirib, oy singari nurlanib, o’zi ham atrofga ziyo tarata boshlaydi. Ana shunday ko’ngil egasi komil insondir.
O’zbek tilimiz komil inson mohiyatini nihoyatda teran ifodalaydi - «ziyoli», ya’ni o’zidan atrofga ziyo, nur taratuvchi. Ziyoli inson atrof zulmatni yoritadi, o’zga insonlar ruhini ham ma’rifatli etadi, ko’ngillarni nurlantiradi. Ziyoli, ya’ni o’zligini anglab etgan insonda ilm, imon va amal birligi vujudga keladi. Hazrati
Olimning «Mirsod ul-ibod min al-mabda’ ilal-maod» asari fors tilida yozilgan bo’lib, XIX asrda Xorazmda Muhammad Rahimxon II (Firuz) topshirig’iga binoan o’zbek tiliga o’girilganligi ma’lum. Ushbu asar qo’lyozmalari O’zFA Abu Rayhon Biruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Eronda bu asar nashr etilgan, ammo bizda bu asar haqida hanuz maxsus tadqiqotlar ham, asar tarjimalari ham e’lon qilinmagan. Faqat «Sog’lom avlod uchun» jurnali 1996 yil 1-sonida Najmiddin Doya haqida dastlabki maqola e’lon qilindi (s. 40-43)
89
payg’ambarimiz marhamat qiladilar: «Man arafa nafsahu, fa qad arafa rabbahu». («Kim o’z nafsini anglab etipti, demak, Parvardigorini anglab etipti»). Mana shu odam orif, uning etishgan ma’rifati - irfondir. Shoir yozadi:
Ey nusxai nomai ilohiy-ki tuiy, V-ey oyinai jamoli shohi-ki tuiy,
Birun zi tu nist harchi dar olam hast, Dar xud betalab, har on chi xohi-ki tuiy.
(Ey ilohiy noma nusxasi - o’zing, Va hukmdor jamoli oyinasi - o’zing,
Olamda neki mavjud, sendan tashqarida emas,
Har neki istasang, o’zingdan ista, barchasi - o’zing)
Inson er yuzida xalifa etib yaratilgan. Bu juda jiddiy va og’ir mas’uliyat.
Ochiq aytish kerak, bunday zalvorli vazifani har bir shaxs
alohida o’zi aslo ko’tara olmaydi. Zotan, xalifalik bir kishining emas, butun ahli basharning mas’uliyatidagi yaxlit yumushdir. Biz hassos sufiylar xitobi bo’lmish
«Anal haq»ni ba’zan jo’n talqin etamiz. Asli bu so’zning yuki benihoya vazmin.
«Lison ut-tayr»dagi Mansur Xalloj haqida keltirilgan rivoyat shu jihatdan ibratli. Rivoyatning qisqacha mazmuni shunday-ki, unga ko’ra ulug’ cufiy tavhid maqomiga etishib «Ana-l-haq!» iborasi tilida takrorlanib qolgach, din ahli unga nasihat qilib, bu da’vodan qaytarmoqchi bo’ladilar, joningga jabr qilma, deydilar. Ammo shoir tashbehiga ko’ra, Mansur ichgan qadah o’ta mast qiluvchi bo’lib, bu yo’ldan qaytish imkoni yo’q edi. Atrofdagilar uning jonini o’ylashar, uning xayolini esa butkul boshqa savollar band etgandi. Mansur o’ylar edi:
Nega Muhammad Rasululloh me’roj kuni Allohning cheksiz inoyatiga sazovor bo’lib, tangridan «Ey habib, ne istaging bo’lsa, ayt!» degan xitob eshitganda, faqat o’z ummatining gunohlarini afv etishni so’radi? Shunday bir behudud ilohiy sahovat fursatida Rasululloh dunyo yaralgandan qiyomatgacha o’tgan barcha gunohkor bandalar uchun Allohning rahmatini so’rab olsa bo’lardi- ku, nega o’z qavmi bilan cheklandi, ekan deb kuyunadi. Demak, sufiy tavhid maqomida o’zini butun bashariyat, o’tmish va kelajak uchun mas’ul his qiladi. Mana tavhid ma’naviyatining qudrati!
Do'stlaringiz bilan baham: |