R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet66/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

«xavos ishqi» deb nomladi. Shu bilan Farhod va Shirin, Layli va Majnun kabi boshdan-oyoq pok tuyg’ularga yo’g’rilgan «alohida fazilat egalariga xos ishq»ning ko’pchilik odatda ko’zda tutadigan yigit-qiz orasidagi oddiy
«oshiq-ma’shuq»likdan ham, Oliy haqiqatning mutlaq jamoliga oshufta tasavvuf ahli intilishlaridan ham butunlay farq qiluvchi mumtoz bir tuyg’u, alohida holat ekanligini maxsus ta’kid etishga erishdi. Suqrot tilidan «haqiqiy ishq» yo’lida bir vosita sifatida ta’rif etilgan «majoziy ishq» aslida Navoiy badiiyat olamida mustaqil hodisa sifatida o’zligini namoyon etdi. Bu hodisaning mohiyati shunda ediki, unda insonning Oliy haqiqatga,
Haqqa, Borliqning mohiyatiga munosabati uning o’zga insonlarga, atrof- voqelik, mavjud jamiyatga munosabati bilan uyg’unlik hosil qilardi. Badiiy ijod mazmunidagi mana shu teranlikka erishish yo’li «majoz tariqi» deb nom oldi. Milliy ma’naviyatimiz takomilidagi ushbu eng yuksak bosqichni alohida inson ma’naviy kamoloti jarayoniga tatbiq etsak, uni biz bugungi tilda «mehr ma’rifati» deb ataganimiz ma’qul.




  1. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. 1983, s.54. (Ushbu uchinchi ishq ta’rifi mustaqil qaramlik davrida ommaviy nashrlarda tushirib qoldirdilar va faqat arab yozuvida bosilgan yig’ma nusxadagina mavjud. Biz uni tushunarli bo’lishi uchun faqat nasriy bayonda ifoda etdik – muallif.)

110
Navoiy she’r ishq haqida bo’lmasa, bekorchi so’z deb hisoblaydi: «So’zkim dard choshnisidin harorati bo’lmag’ay va nazmkim, ishq haroratidin hirqati
bo’lmag’ay, nursiz sham’ bil va sarvarsiz jam’ gumon qil. Hosilikim, so’zga bu taronadur va mundin o’zga barcha afsonadur va so’z ishq so’zidur va ko’ngulda hayot nash’asi ishq o’zidur». Oxirgi jumla nihoyatda go’zal va ma’noli - shoir nazarida inson hayotining mazmuni va zavqi ishqdan tashqari emas.
Navoiy yigitlik chog’laridan Jomiyni o’ziga pir tutgan, keyincha undan tasavvuf irfoni bo’yicha ta’lim olgani yuqorida qayd etildi.
«Mahbub ul-qulub»da shoir ustozini «haqiqat va majoz tariqida komil va ilmi har ikkalasi tariqida vofiy va shomil», deb ulug’laydi. Darhaqiqat, Jomiy nafaqat irfoniy tuyg’ular ifodasida, balki majoziy ishq tasvirida ham nihoyatda yuksak

Xavos” 1) xos kishilar, Alisher Navoiy nazdida o’zligini anglab etgan, ya’ni, o’zining Borliq haqiqatiga nisbatini to’g’ri anglab etib, shunga yarasha hayotiy mezonlarini belgilab olgan, o’z insonlik burchini teran idrok etib, shunga yarasha amal qiluvchi yuksak ma’naviyatli ogoh shaxslar, 2) XIX – XX asrlarga kelib, oddiy xalq tushunchasida yuqori tabaqa vakillari, beklar, aslzodalar, “zodagonlar” ma’nosida ishlatila boshlagan.
mahorat ko’rsata olgan. Ammo baribir Jomiy tasavvuf shoiri ekanini unutmaydi. Yusuf va Zulayho, Layli va Majnun, Solomon va Ibsollarning otashin muhabbatini ehtiros bilan gavdalantirib bergach, asar oxirida barcha majoziy timsollarning irfoniy sharhini berishni unutmaydi.
Ya’ni Attor kabi Jomiy uchun ham
«majoziy ishq» ramzdir, allegoriyadir.
Nizomiy, Dehlaviy, Sa’diy, Hofiz esa unday qilmaydilar, ular uchun majoziy ishq mustaqil qiymatga ega. Navoiy hatto «Lison ut-tayr»da ham majozni allegoriya, ramz ma’nosida qo’llamaydi. Majoz tariqi namoyandalari majozda Haqiqat asrorini ko’radilar. Navoiy yozadi:

Ko’rmasa husni majozi ichra juz Haq sun’ini, Oshiqekim bo’lsa ishq atvori ichra pokboz.


Zohido, bu ishqdin man’ aylama oshiqnikim, Gar sen idrok aylasang, ayni Haqiqatdir majoz.53

Xalqimiz aytadiki, bir ish qilsang «xolisanlilloh» qilgin, ya’ni xolis Alloh taolo yo’lida qilingan har bir ish xayrlidir, agar unga xudbinlik, g’araz aralashsa yaxshi ko’ringan ish ham yomonlikka olib keladi. Navoiy ishlatgan «pokboz» sifati ayni shu xolislikni, beg’arazlikni anglatadi.


Naqshbandiya tariqati irfoniy tafakkurning oliy cho’qqisi bo’ldi. Ammo Bahovuddin Naqshband (1318-1383) yashagan davrni biz keyingi «Majoz tariqi»




  1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 6-j. T. 1990, s. 512-513

111
bosqichiga taalluqli hisobladik. Nega? Chunki bu ulug’ irfon muallimidan bizga yodgor qolgan hikmatlar - «xilvat dar anjuman», «dil ba yoru dast ba kor»- o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra dunyoviy va uxraviy maqsadlarning uyg’unligiga erishishga da’vat qiladi, shunisi bilan millat ma’naviyatini tasavvuf tariqatlari bosqichidan «Majoz tariqi» bosqichiga olib o’tadi.
Shunday qilib, XII asrda Sanoiy (1048- 1140), Nizomiy(1141-1202), Anvariy (vafoti 1191 yil), Hoqoniy(1120-1199) kabi ulug’ ijodkorlar badiiy adabiyotning o’z mustaqil tafakkur yo’lini jiddiy qidirishga kirishgan bo’lsalar, XIII asr oxiri - XIV asr boshida Amir Xusrav Dehlaviy (1253- 1325) ongli ravishda Nizomiy «Xamsa»siga javob yozish bilan «majoz ishqi» ni tarannum etishga kirishdi. Amir Xusrav «Xamsa» si shu darajada shuhrat qozondiki, islom mintaqa she’riyatida
«majoziy ishq»ni kuylash va «Xamsa» dostonlariga tatabbu bag’ishlash keng ko’lamli an’anaga aylandi. Shu sababli XIV-XV asrlarni «majoz
tariqi»ga mansub, deb hisoblash o’rinlidir.
«Haqiqat» va «majoz» tushunchalari o’sha davr Borliqni idrok etishning tasavvuf irfoni namoyandalari taklif etgan o’ziga xos ifoda vositalari bo’lib, sufiylar nazdida Haq - yagona va mutloq Borliq, Ahad (yakkalik, birlik)dir. Haq o’z jamolini ko’rish uchun ko’zgu sifatida foniy dunyoni bunyod etgan. Haqning asl zoti Haqiqat va uning ko’zgudagi aksi - mazhari (zuhur qilishi) «majoz» («inoskazanie», metafora), deyiladi. Ba’zan Haqiqat o’rniga «ma’no» (ma’ni) va
«majoz» o’rniga «surat» so’zlari ham ishlatiladi. Irfon - o’zlikni anglashdir. Asl so’fiylar insonlarni «majoz»ga (suratga) mahliyo bo’lmay, Haqiqatni qidirishga,
«ma’no»ga intilishga chaqirdi. Haqqa etishgan inson - Komil inson, Orifdir. Ammo XIII asrga kelib Avhadiddin Kirmoniy (vafoti 1298 yil), Fahriddin Iroqiy (1207-1289) kabi sufiylar ijodida muammoning idroki teranlashdi. Ibn al-Arabiy g’oyalari ta’sirida «Lama’ot» asarini yozgan Iroqiy «majoz» va «haqiqat» nisbatini dengiz va tuzga qiyos etadi. Tuz dengiz suvi tarkibida bo’lgani uchun bu suvning har qatrasida ham tuz ta’mi bordir. Alisher Navoiy ham Amir Xusrav va Hofizlar izidan borib, «haqiqat asrori»ni (sirlarini) «majoz»dan izladi. Navoiy g’azallari, tarj’ebandlari, qit’alari, «Xamsa» dostonlari va, ayniqsa, «Lison ut-tayr» asarida
«majoziy ishqni» Haqiqatga etishishning asosiy yo’li deb talqin etgan. «Majoz ishqi» Navoiy nazdida insonning insonga bo’lgan Haq yo’lidagi (xalqimiz iborasi bilan aytganda «xolisanilloh», ya’ni xolis Alloh yo’lidagi) har qanday g’arazdan xoli, pok mehridir. Ana shunday ishq namoyandalarini shoir «ishq ahlining pokbozlari», deb atadi. Ishqni ijtimoiy munosabatlar asosida ko’rishni orzu qilgan shoir odamiylikni o’zgalar g’amini o’zinikidek bilishda deb tushunadi:

Odame ersang demagil odame - Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.


112
Bu mashhur bayt «Hayratul abror» dostonining 13-maqolatidan bo’lib, bu bob to’lig’icha insonlarni «nafrason», ya’ni o’zgalarga, xalqqa foydasi

Naf’rasonlik” – Alisher Navoiy asarlarida (xususan, “Hayrat ul-abror” dostonining maxsus bobida) ulug’langan yuksak ma’naviyat egalariga xos insoniy fazilat. Jamiyatga, o’zga insonlarga xolis yordam berish, mehr ko’rgazish, o’zgalarning mushkulini oson qilishni o’zining hayotdagi asosiy maqsadi deb bilish. Shoirning quyidagi satrlarida bu g’oya yorqin ifodalangan:
Kimki bir ko’ngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim Ka’ba vayron bo’lsa, obod aylagay.
tegadigan shaxs bo’lishga da’vat etadi. Alisher Navoiy insonning bu dunyoda yashashdan asl maqsadi o’zga insonlarga, el- yurtga foydasi, nafi tegishda deb biladi. «Majoz tariqi» bosqichi islom mintaqa ma’naviyati takomilining eng oliy pog’onasi bo’lib, Tavhid
ta’limotining eng mukammal talqini deb, qarash mumkin. «Haqiqat asrori», ya’ni Tavhid mazmunini «majoz», ya’ni ushbu zohir bo’lib turgan olamdan qidirish, Haq asrorini anglab etish uchun xolis niyat, pok ko’ngil
bilan «majoz»ni, «foniy», o’tkinchi dunyo, «surat» ni tadqiq etish, tushunib etish orqali Haqiqatni, «ma’noni» anglashga urinish, birinchi navbatda, inson qalbiga quloq tutish, samimiy va beg’araz mehr bilan o’zgalar qalbiga yo’l topish, Insonlarni, tabiatni tushunish orqali Haq asrorini, Tavhid mohiyatini idrok etish -
«Majoz tariqi»ning buyuk ajdodlarimiz Xusrav Dehlaviy va Bahovaddin Naqshband, Hofiz Sheroziy va Lutfiylardan meros bo’lib, Alisher Navoiy ijodida o’zining eng mukammal ifodasini topgan o’ziga xos dunyoqarash, tafakkur tarzining mohiyati, asl o’zagidir. Bu bosqich yagona islom mintaqa ma’naviyati takomilining qonuniy yakuni bo’lib, turkiy tilda, o’zbek mumtoz adabiyotining bobokoloni ijodida avj nuqtaga erishdi. Bu dunyoqarashni butun ichki murakkabligi, ko’lami va teranligi bilan o’sha davr sharoitida faqat badiiy adabiyotda, badiiy timsollar tili bilangina ifodalash mumkin edi. Zero, «majoz» tushunchasi o’zi badiiy adabiyot tilining asosiy xususiyatiga oiddir.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish