2-fasl. Mintaqa adabiyoti Alisher Navoiy talqinida.
Alisher Navoiy Firdavsiy va uning «Shohnoma»sini yaxshi biladi va chuqur ehtirom bilan yodga oladi. Ammo badiiy ijod tariqi haqidagi nazariy mulohazalariga muayyan shoirlar ijodini misol keltirganda, biror-bir o’rinda Firdavsiyni eslamaydi, u sanab o’tgan ustozlarning tarixan eng birinchisi Sanoiydir, chunki fors tilidagi adabiyotda «Haqiqat asrori»ni (ya’ni Borliqning mohiyatini) badiiy tarzda anglab etish va anglatishga ilk bor jiddiy ravishda kirishgan ulug’ mutafakkir shoir Sanoiy edi. Uning «Sayr ul-ibod ilal maod» («Alloh bandalarining qaytar makonga safari») va «Hadoyiq ul-haqoyiq» («Haqiqat bog’lari») asarlari nomlarining o’ziyoq shoir maqsadini aniq anglatib turipti. E’tiborga sazovor yana bir jihati shundaki, Navoiy Sanoiy ijodini baholashda o’sha davr an’anasiga zid borib, uni «haqiqat tariqi» suxanvarlari qatorida emas, «Haqiqat asrorig’a majoz tariqini maxlut» qilganlar safida tilga olgan. Buning sababi, bizning nazarimizda, shundaki, XI asr oxirlariga borib Abulmajd Sanoiy birinchilardan bo’lib saroy madhiyago’yligini tark etgan va ijtimoiy-falsafiy yo’nalishni badiiy adabiyotga dadil olib kirganligida edi.
XII asr oxirgi choragiga borganda esa saroyni, madhiyaviy qasidaguylikni tark etib, ijtimoiy- falsafiy yo’nalishga o’tgan shoirlar soni keskin ko’paydi. XI
97
asrda tasavvuf she’riyati kichik lirik janrlar (ruboiy, g’azal) bilan cheklangan bo’lsa, XII asrdan tasavvufiy ruhdagi dostonlar yaratila boshlandi. Va nihoyat, XII asr oxirgi choragidan boshlab, fors tilidagi she’riyatning ikki yorqin yulduzi Nizomiy Ganjaviy va Farididdin Attor siymolari adabiyot osmonida paydo bo’ldi.
«Mahbub ul- qulub» risolasi «avvalgi qism»ining 16-faslini Alisher Navoiy
«Nazm gulistonining xushnag’ma qushlari zikrida» deb ataydi va shunday boshlaydi:
«Ul necha tabaqadir: avvalgi jamoa nuqudi kunuzi ma’rifati ilohiydin g’aniylar va xalq ta’rifidin mustag’niylardur. Ishlari maoniy xazoinidin ma’rifat javharin termak va el fayzi uchun vazn silkida nazm
“Majoz tariqi”- milliy ma’naviyati-mizning Islom mintaqa madaniyati doirasidagi takomilining to’rtinchi bosqichi va etakchi tamoyillaridan biri, “Al-majozu qantarat ul- haqiqa” (Majoz haqiqatning ko’prigidir) hadisiga tayanuvchi alohida dunyoqarash tizimi. XIV-XV asrlarda to’kis shakllangan Tavhid Haqiqatini anglab etishning engyuqori pog’onasini tashkil etuvchi ushbu tamoyil Borliq haqiqatini anglab etishning badiiy adabiyotga xos maxsus yo’nalishi bo’lib, Alisher Navoiy ijodida o’zining ham nazariy, ham amaliy mukammal ifodasini topdi. Bu tamoyilning ulug’ mutafakkir shoir “pok ishq” deb atagan o’zak timsol- tushunchasini bugungi kun xalqimiz tilidagi aniq ifodasidan kelib chiqib Mehr ma’rifatideyilsa, xato bo’lmas. “Majoz tariqi” Haqiqat izlovchilarni yana baqodan fanogayuzlantirdi. O’zligini anglab etganlar o’z qalbiga sayqal berib, unda Haqiqat nurining aks etishiga erishganlar endi o’zgalar qalbiga ziyo baxsh etishni hayot mazmuniga aylantirmoqlariasosiymaqsadyo’nalishiqilib belgilandi. termak. Nazm adosi bag’oyat arjumand va benihoyat sharif va dilpisand o’ldug’i uchun oyoti kalomda nozil bor va hadisi mo’’jiznizomda tilagan topar, chun maal-qasd emas, el hurmati jihatidin ani she’r demas» 37 (Nasriy bayoni: Ular bir necha guruhdir. Birinchi guruh ma’rifati ilohiy xazinasining naqdinalari bilan boyigan va xalq ta’rifiga ehtiyoj sezmaganlardir. Ishlari ma’nilar xazinasidan Ma’rifat gavharini termoq va u gavharni el fayz topsin uchun nazm ipiga tortmoq. Nazmlarining ifodasi g’oyat qutlug’ va benihoyat yoqimli va ulug’ bo’lganligidan ilohiy kalom oyatlari va Rasulullohning mo’’jizali hadislari mazmunini izlagan kishi ulardan topa oladi va qasddan yozilmagani sababli el ularga ehtirom bildirib, she’r deb atashga jur’at etmaslar».) Alisher Navoiy bu toifani
«haqiqat tariqining suxanvari «, deb ataydi va ular jumlasidan tasavvuf adabiyotining eng buyuk siymolari
Farididdin Attor va Jaloliddin Rumiy nomlarini tilga oladi. Olim bu guruh vakillarini «avliyoi ogoh va mashoyix va ahlulloh», deb ulug’laydi. Attorga
«nozimi javohiri asror» («haqiqat sirlari javohirlarini nazmga soluvchi»), Rumiyga
«g’avvosi bahri yaqin» («yaqinlik dengizining g’avvosi»), deb sifat beradi. Navoiy ta’riflarining qanchalar voqelikka muvofiq ekanligiga iqror bo’lish uchun Attor va Rumiy asarlarining nomlarini eslab o’tish kifoya: «Ilohiynoma», «Asrornoma»,
«Mantiq-ut-tayr» («Qushlar mantiqi»), «Masnaviyi ma’naviy» va h.k. Bu asarlar haqida Sharq va G’arbda shuncha ko’p tadqiqotlar amalga oshirilganki, biz ulardan o’tkazib so’z aytish qudratiga ega emasmiz.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 14-jild. T.-«Fan »-1998, s.24
98
Navoiy «majoz tariqi « xususidagi ta’riflarga o’tib, o’zi kashf etgan haqiqatlarni shunday bayon qiladi:
«Yana bir jamoatdurkim, haqiqat asrorig’a majoz tariqin maxlut qilubdurlar va kalomlarin bu uslubda marbut etibdurlar. Andoqki, maoniy ahlining nuqtapardozi Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy va ishq ahli guruhining pokbozi va pokravi Amir Xusrav Dehlaviy va tasavvuf va diqqat mushkulotining girihkushoyi Shayx Zahiriddin Sanoiy va faridi ahli yaqin Shayx Avhadiddin va maoniy adosiga lofiz Xoja Shamsuddin Muhammad al- Hofiz.
Yana jam’e bordurlarki, majoz tariqi adosi alar nazmiga g’olib va alar bu shevaga ko’proq rog’ibdurlar. Andoqkim, Kamoli Isfaxoniy va Xoqoniyi Shirvoniy va Xojuyi Kirmoniy va mavlono Jaloliddin va Xoja Kamol va Anvariy va Zahir va Abdulvosi’ va Asir va Calmon Sovajiy va Nosir Buxoriy va Kotibiy Nishopuriy va Shohiy Sabzavoriy».38
“Ishqi majoziy”– tasavvuf ahli nazdida bu dunyo, o’tkinchi olam mav- judotlariga qaratilgan muhabbat. Sufiylar bunday ishqni arzimas hisoblab, “ishqi haqiqiy”ga inti-lishni ma’qul ko’rsalar, “Majoz tariqi” vakillari Payg’ambari-miz(sav)ning “Al-majozu qantarat ul-haqiqa” (Majoz haqiqatning ko’prigidir) hadisidan kelib chiqib, “ishqi majoziy”ni “ishqi haqiqiy”ga eltuvchi yo’l sifatida ulug’laydilar. (Nasriy bayoni: «Yana bir guruhdurkim, Haqiqat sirlariga majoz yo’lini aralashtiribdurlar va so’zlarini bu uslubda bog’labdurlar. Chunonchi: ma’ni ahlining nozik so’zlisi Shayx Muclihiddin Sa’diy Sheroziy va ishq guruhining halol oshiqi Amir Xusrav Dehlaviy, tasavvuf va tafakkur mushkullarining chigalini echuvchi Shayx Zahiriddin Sanoiy, haqiqat ahlining yagonasi Shayx Avhadiddin va lafz bilan ma’noni anglatishga mohir Shamsuddin Muhammad Hofiz. Yana bir qanchalari bordurlarki, majoz yo’li ularning she’rlarida g’alaba qozongan va ular bu
ravishga ko’proq rag’bat etganlar. Chunonchi: Kamol Isfahoniy, Xoqoniy Shirvoniy, Xojuyi Kirmoniy, Mavlono Jaloliddin, Xoja Kamol, Anvariy, Zohir, Abdulvosi’, Asir, Salmon Sovajiy, Nosir Buxoriy, Kotibi Nishopuriy va Shohiy Sabzavoriy».39
Yuqorida tasavvuf she’riyatining eng ulug’ ustozlariga «haqiqat tariqi suxanvarlari» deb nom berilganini qayd etib o’tgan edik. Ko’rdikki, Navoiy
«majoz tariqi»ga aloqador deb hisoblagan shoirlarni ham ikki qismga ajratadi. Nazarimizda, birinchi qismda ulug’ ustozlar, ushbu yo’nalishning qudratini belgilovchilar yodga olingan bo’lib, ikkinchi qismda ijodiy qarashlari ushbu tariqqa mos tushuvchi mintaqa miqyosida nomlari ma’lum bo’lgan shoirlar sanab o’tilgan.
Endi ularni tarixiy tadrijiylikda ko’zdan kechiraylik.
«Haqiqat asroriga majoz tariqin maxlut» etganlarning tarixan birinchisi tabiiy ravishda Sanoiy (1048-1140) bo’lib chiqmoqda. Undan keyin XII asr ikkinchi yarmida yashab ijod etgan Abdulvosi’ Jabaliy (vafoti 1160), Anvariy (vafoti 1191), Asiriddin Axsmkatiy (1108-1196), Xoqoniy (1120-1199), Zohir Faryobiy (vafoti (1202) va boshqalar sanab o’tilgan bo’lib, bu atoqli fors shoirlari
O’sha kitob, s.25
Alisher Navoiy. Asarlar. 13-jild. T., 1966, s.191
99
deyarli barchasi Sanoiy singari umrlarining oxirida saroy madhiyago’yligini tark etib, ijtimoiy-falsafiy ruhda qasidalar yozishga kirishganlar. Ular ichida alohida yirik doston yozganlar deyarli uchramaydi. Bularga XII-XIII asr chegarasida yashagan Kamol Isfahoniy (vafoti 1237) va XIII asrning buyuk axloq muallimi Sa’diy Sheroziy (1189-1292)lar ham qo’shiladi. Yana bular qatorida surat («majoz») va ma’ni («haqiqat») nisbati xususida g’oyat muhim fikrni aks ettirgan ruboiy muallifi sufiy shayxi Avhadiddin Kirmoniy (vafoti 1236) ham tilga olingan. XIII asrdan faqat ikki ulug’ shoir (Kamol va Sa’diy) yodga olingan bo’lsa,
XIV asrga borib Alisher Navoiy «majoz tariqi»ga mansub deb hisoblagan mashhur shoirlar ro’yxati keskin oshib ketadi. Bular avvalo Navoiyning «xamsanavislik» va g’azalnavislikda g’oyat qadr etgan salafi Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325), dunyoga dong’i taralgan Xo’ja Hofiz Sheroziy (1320-1389) va nihoyat g’azal va qasidalar ustasi Nosir Buxoriy (vafoti 1371). XV asr shoirlaridan Navoiy o’zidan ilgari yashab o’tgan Kotibiy (vafoti 1436) va o’zi shaxsan tanigan Shohiy Sabzavoriy (1385-1453) ni tilga oladi. «Mahbubul-qulub»ning ikkinchi qismi
«Ishq zikrida» bobida «xos ishq» egalari qatorida Amir Xusrav va Xoja Hofizlar qatorida Faxriddin Iroqiy (1207-1289) yodlab o’tilsa, «Holoti Pahlavon Muhammad» risolasida XV asr atoqli turkigo’y shoirlardan Mavlono Lutfiy eslanadi.
Demak, Alisher Navoiy «majoz tariqi» haqida gapirganida ikki guruh shoirlar tilga olingan, birinchi guruhi asosan XII asrda yashagan bo’lsa, ikkinchi guruhi XIV-XV asrlarga mansub shoirlardir. Bular orasida ayrim farqlar mavjud bo’lib, suhbat davomida yana bunga alohida to’xtalib o’tamiz.