R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet71/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

ALIShER NAVOIYNING
BADIIY IJOD TARIQIGA OID NAZARIY MULOHAZALARI

Mahbub ul- qulub” risolasi “Avvalgi qism”ining 16-fasli shoirlar ta’rifida bo’lib,


Nazm gulistonining xushnag’ma qushlari zikrida” deb ataladi va shunday boshlanadi:
Ul necha tabaqadir: avvalgi jamoa nuqudi kunuzi ma’rifati ilohiydin g’aniylar va xalq ta’rifidin mustag’niylardur. Ishlari maoniy xazoinidin ma’rifat javharin termak va el fayzi uchun vazn silkida nazm bermak. Nazm adosi bag’oyat arjumand va benihoyat sharif va
116
dilpisand o’ldug’i uchun oyoti kalomda nozil bor va hadisi mo’’jiznizomda tilagan topar, chun maal-qasd emas, el hurmati jihatidin ani she’r demas” 55
(Nasriy bayoni: Ular bir necha guruhdir. Birinchi guruh ma’rifati ilohiy xazinasining naqdinalari bilan boyigan va xalq ta’rifiga ehtiyoj sezmaganlardir. Ishlari ma’nilar xazinasidan Ma’rifat gavharini termoq va u gavharni el fayz topsin uchun nazm ipiga tortmoq. Nazmlarining ifodasi g’oyat qutlug’ va benihoyat yoqimli va ulug’ bo’lganligidan ilohiy kalom oyatlari va Rasulullohning mo’’jizali hadislari mazmunini izlagan kishi ulardan topa oladi va qasddan yozilmagani sababli el ularga ehtirom bildirib, she’r deb atashga jur’at etmaslar”.)
Alisher Navoiy bu toifani “haqiqat tariqining suxanvari”, deb ataydi va ular jumlasidan tasavvuf adabiyotining eng buyuk siymolari Farididdin Attor va Jaloliddin Rumiy nomlarini tilga oladi. Olim bu guruh vakillarini “avliyoi ogoh va mashoyix va ahlulloh”, deb ulug’laydi.
Navoiy “majoz tariqi “ xususidagi ta’riflarga o’tib, o’zi kashf etgan haqiqatlarni shunday bayon qiladi:
Yana bir jamoatdurkim, haqiqat asrorig’a majoz tariqin maxlut qilubdurlar va kalomlarin bu uslubda marbut etibdurlar. Andoqki, maoniy ahlining nuqtapardozi Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy va ishq ahli guruhining pokbozi va pokravi Amir Xusrav Dehlaviy va tasavvuf va diqqat mushkulotining girihkushoyi Shayx Zahiriddin Sanoiy va faridi ahli yaqin Shayx Avhadiddin va maoniy adosiga lofiz Xoja Shamsuddin Muhammad al- Hofiz.
Yana jam’e bordurlarki, majoz tariqi adosi alar nazmiga g’olib va alar bu shevaga ko’proq rog’ibdurlar. Andoqkim, Kamoli Isfaxoniy va Xoqoniyi Shirvoniy va Xojuyi Kirmoniy va mavlono Jaloliddin va Xoja Kamol va Anvariy va Zahir va Abdulvosi’ va Asir va Calmon Sovajiy va Nosir Buxoriy va Kotibiy Nishopuriy va Shohiy Sabzavoriy”.56
(Nasriy bayoni: “Yana bir guruhdurkim, Haqiqat sirlariga majoz yo’lini aralashtiribdurlar va so’zlarini bu uslubda bog’labdurlar. Chunonchi: ma’ni ahlining nozik so’zlisi Shayx Muclihiddin Sa’diy Sheroziy va ishq guruhining halol oshiqi Amir Xusrav Dehlaviy, tasavvuf va tafakkur mushkullarining chigalini echuvchi Shayx Zahiriddin Sanoiy, haqiqat ahlining yagonasi Shayx Avhadiddin va lafz bilan ma’noni anglatishga mohir Shamsuddin Muhammad Hofiz.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish