ERKINLIK VA INTIZOM INSONDAGI.INSONDAGI TUSHKUNLIK HOLATI.
O’Z JONIGA QASD QILISH KASALLIKMI?
’’O’z joningga qasd qilish ilinjida bo’lsang,odamlar buni jinoyat deb o’ylashadi,aslida esa bunday emas.’’,deydi o’z joniga qasd qilishga bir necha marotaba uringan 20 yoshli Louren Boll.Aniqroq aytsak,Loren o’z joniga qasd qilishga olti marotaba uringan edi.Xo’sh bunga uni nima majbur qildi?
Ba’zi jamiyatlarda ruhiy kasalliklar mavzusi oxirgi paytlarda ko’tarila boshladi.Lekin ba’zilarida esa hanuz sukut saqlab kelinmoqda.Ayni vaqtda mutaxasislar bu “epidemiya” borasida zudlik bilan chora ko’rish kerakligini ta’kidlamoqdalar.Negaki bu hol ayniqsa o’smirlar orasida ko’paymoqda.JST mutaxasissi Aleksandra Fleyshman ta’kidlashicha,o’z joniga qasd qilish 15 dan 29 gacha bo’lga yoshlar orasidagi o’limga sabab bo’luvchi ikkinchi yirik omildir.Masalan Janubi sharqiy Osiyo mamlakatlarida.U juda murakkab muammo.Aksar hollarda unga itaruvchi omil yagona bo’lmaydi.Lekin shunga qaramay,jamiyatlarda bu mavzu tabu deb hisoblanadi,ya’ni ochiq-oshkor gapirilmaydi.Oxirgi paytlarda keng quloch yoygan ijtimoiy “trendlar”-virtual olamdagi haqorat va po’pisalar va g’oyalarning tarqalishi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil shavqatsiz o’yinlar bu tilga olinmas muammoni yanada chuqurlashtirib ko’proq sondagi yoshlar hayotini xavf ostiga qo’ymoqda.
Bugungi kunda ko’plab muhokamaga sabab bo’layotgan o’zini osish,zahar ichish kabi ochiq sahnalar ko’rsatilayotgan teleseriallar,milliy mentalitetimizga yot turli reklama roliklari,kliplar kabi ommaviy targ’ibot vositalari orqali tarqatilayotgan mahsulotlarning mazmun mohiyati,g’oyaviy badiiy qiymati,ularning ongga ta’sir darajasini aniq bilmay turib ommalashtirmaslik choralarini ko’rish kerak.O’zbekiston Respublikasida o’z joniga qasd qilish holatini ko’proq Qoraqapog’iston Respublikasi,Xorazm viloyati,Farg’ona vodiysida uchratmoqdamiz.Bu hududlar o’z joniga qasd qilganlar bo’yich oldinda turadi.JSST ning bergan ma’lumo(tlariga ko’ra,dunyoda har yili 800 min g kishi o’z joniga qasd qiladi,Va har bir olamdan o’tgan shaxsdga yana 20 nafar suiqasd urinishi muvaffaqiyatsiz bo’lgan inson to’g’ri keladi.Dunyo bo’yicha o’z joniga qasd qilish holatlar har 100 ming kishiga 9.2 kishi to’g’ri kelmoqda.Shuningdek,jadvalda har 100 ming erkakning 13.6 nafari har 100 ming ayolning esa 5.2 nafari o’z joniga qasd qilayotgani aytilgan.2010-yilda har 100 ming kishidan 7.0 nafari o’z joniga qasd qilgan.
Mutaxasislarning ma’lumot berishicha,o’z joniga qasd qilish birdaniga bir kuni ro’y berib qolmaydi.O’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra,o’zini o’ldirga insonlardan 90% qandaydir darajada ruhiy salomatlik muammosiga ega bo’ladi.
O’zbekiston Musilmonlar idorasi Masjidlar bo’limi xodimi Is’hoqjon Begmatov o’z maqolasida o’z joniga qasd qilish muammosining bikr qancha sabablarini keltirib o’tgan,ular quyidagilar:
-dinsizlik
-ma’rifatsizlik;
-to’qchilik;
-yo’qchilik;
-shahvoniy sevgi;
-o’z joniga qasd qilishnini muammoning haqiqiy yechimi sifatida ko’rish;
-o’limning haqiqati’qabr azobi’oxirat,qayta tirilish,qiyomat va do’zax dagi azoblarda bexabar bo’lish.
Muqaddas dinimiz Islomda ham o’zini o’ldirish qattiq qoralangan,hatto ularga janoza buyirmasligi,muqaddas kitoblarimizda aytib o’tilgan.
Alloh taolo aytadi:
“…O’zlaringizni o’ldirmangiz!Albatta Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir.” (Niso surasi 29-oyat).
O’z joniga qasd qilish o’ta jiddiy muammo.Shunin uchun,barchamiz bir-birimiz uchun ma’sul ekanimizni unutmaylik.O’zaro e’tiborli,mehr-oqibatli bo’laylik .Xususan,ruhiy tushkunlika tushgan,ruhan siqilgan odamlarga mehr muruvvat ko’rsataylik
Do'stlaringiz bilan baham: |