R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet72/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Yana bir qanchalari bordurlarki, majoz yo’li ularning she’rlarida g’alaba qozongan va ular bu ravishga ko’proq rag’bat etganlar. Chunonchi: Kamol Isfahoniy, Xoqoniy Shirvoniy, Xojuyi Kirmoniy, Mavlono Jaloliddin, Xoja Kamol, Anvariy, Zohir, Abdulvosi’, Asir, Salmon Sovajiy, Nosir Buxoriy, Kotibi Nishopuriy va Shohiy Sabzavoriy”.57


ISLOM MINTAQA ADABIYoTINING RIVOJLANISh DAVRLARI
Islom mintaqa adabiyoti VIII - XV asrlar mobaynida dunyoni idrok etish va uni ijodiy akslantirish nuqtai nazaridan ham taraqqiy etib bordi. Alisher Navoiyning nazariy kuzatishlari bilan adabiy jarayonning borishini qiyoslab xulosa qilinsa, bu taraqqiyotni, birinchi navbatda, ikki katta davrga bo’lish mumkin.
Birinchisi, VIII - XI asrlar bo’lib, arab mumtoz adabiyotida “yangilanish” xarakatiga asos solgan Bashshar ibn Burd (714-784), Ibn al-Muqaffa (724-759), Abu Nuvos (762-713), Abul Ataxiya (748-825) kabi mashhur shoir va adiblar ijodi bilan boshlanadi. VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlaridan turkiy tildagi dastlabki asarlar (Adib Ahmad va Mahmud Koshg’ariy asaridagi ba’zi namunalar) paydo bo’lgan bo’lsa, X asr birinchi yarmida Somoniylar saroyida Abu Abdulloh Rudakiy etakchiligidagi baquvvat fors she’riyat maktabi shakllandi. IX-X asrlar davomida Movarounnahr va Xurosonda har uch tilda asarlar yaratilgan bo’lsa, XI asr boshlaridan





55 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 14-jild. T.-«Fan »-1998, s.24
56 O’sha kitob, s.25
57 Alisher Navoiy. Asarlar. 13-jild. T., 1966, s.191
117
arab tili asosan ilm tili sifatida saqlanib qolib, G’aznaviylar saroyida asosan fors tilida va Qoraxoniylar saroyida turkiy va forsiy tillaridagi she’riyat rivoj topdi. Bu davrda Unsuriy, Farruhiy, Manuchehriy va boshqalar fors tilida madhiyaviy qasidaning mumtoz namunalarini yaratgan bo’lsalar, Firdavsiy Tusiy (940-1020) 60 ming baytli ulkan tarixiy epopeya - “Shohnoma”ni qog’ozga tushirdi. Turkiy tilda zamonasining dolzarb ijtimoiy va falsafiy qarashlarini keng ko’lamda aks ettirgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni (1069 yilda yozilgan) dunyoga keldi. Keyingi ikki asar shu davrgacha Eron va Turonda yaralgan boy ma’naviy merosning o’ziga xos badiiy qayta ishlangan qomusi edi. Arab tilida Abul A’lo al- Maarriy (973-1058)ning yuksak falsafiy mazmundagi asarlari ham shu davr mahsuli edi.
VIII - XI asrlarda islom mintaqasida shakllangan turli adabiy maktablar ham ilmiy doiralar singari ko’proq u yoki bu hukmdor saroyida markazlashgan bo’lib, ularning mazmuniy mundarijasida madhiya qasidalar, ishqiy g’azallar, xamriyot (may mavzui), zuhdiyot (dunyo va uning hoyu havaslari bebaqoligi va ularga mehr qo’ymaslik mavzui), hijo (muayyan shaxslarga yo’naltirilgan hajv) kabi mavzu turlari etakchilik qilardi, ya’ni, ma’lum ma’noda, badiiy adabiyotning vazifasi hanuz ikkinchi darajali, amaliyroq ko’rinishda edi. Shu davrda “eng yolg’on she’r - eng yaxshi she’rdir” va “eng rost she’r - eng yaxshi she’rdir” degan iboralarda o’z aksini topgan she’riyatga ikki xil yondoshuv shakllangani ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan va bunga muayyan darajada o’sha davr adabiyotining mavzu qamrovi va vazifasi, ijtimoiy voqelikda tutgan mavqei ham sababchidir. XX asr adabiyotshunosligida urf bo’lgan "dunyoviy adabiyot" atamasi ayni shu davr adabiyotining aksariyat namunalariga muayyan darajada muvofiq kelishi mumkin. Alisher Navoiyning badiiy ijod tariqiga oid mulohazalari bu davrga daxl etmaydi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish