Irfon - o’zlikni anglashdir. Men kimman? Yagona Allohga mening nisbatim qanday? Tasavvuf shu savolga javob qidiradi. Uning javobi qisqa va sodda qilib ifodalanganda, quyidagichadir: Haq - yagona va mutlaq borliq, Ahad (yakkalik, birlik). Haq o’z jamolini ko’rmoq istaydi va o’ziga ko’zgu sifatida foniy dunyoni (ya’ni, biz ko’rib turgan moddiy borliqni) bunyod etadi. So’fiylar Haqning asl zotini Haqiqat va uning mazhari, qiyosan aytganda, ko’zgudagi aksini “majoz” (“inoskazanie”, metafora), deb ataydilar. “Haqiqat” va “majoz” tazodi shundan boshlanadi.
Tasavvuf mashoyixlari “Haqiqat” va “majoz” tazodiga turli davrda turlicha yondoshib keldilar. Agar XIII asr boshlari va o’rtalarida Farididdin Attor va Jaloliddin Rumiylar insonlarni “majoz”, ya’ni tashqi moddiy dunyo hoyu havaslariga berilib ketishdan qaytarib, Borliqning asl (azaliy va abadiy) Haqiqati sari intilishga, Mohiyatga e’tibor berishga chaqirgan bo’lsalar, majozga (suratga) berilish, Haqiqatdan (ma’nodan) chalg’itadi deb hisoblagan bo’lsalar, XIII asr oxirlariga kelib Fahriddin Iroqiy (1207-1289), Avhadiddin Kirmoniy (vafoti 1298 yil) kabi sufiylar ijodida muammoning idroki teranlashdi. Ibn al-Arabiy g’oyalari ta’sirida “Lama’ot” asarini yozgan Iroqiy “majoz” va “haqiqat” nisbatini dengiz va tuzga qiyos
58 Bertelьs. B.E. Ibrannыe trudы. Nizami i Fuzuli. M.-«Nauka»-1962, s.174.
119
etadi. Tuz dengiz suvi tarkibida bo’lgani uchun bu suvning har qatrasida ham tuz ta’mi bordir. Shayx Avhadiddin Kirmoniy ushbu nicbatni quyidagicha talqin etadi:
Z -on minigaram ba chashmi sar dar surat, Zero-ki zi ma’nest asar dar surat.
In olami suratestu mo dar suvarem,
Ma’ni natvon did magar dar surat.59
(Shu sababdan boshdagi ko’z bilan suratga tikilamanki, Curatda ma’noning izi bordir.
Bu olam suratdir, biz suratlar ichidamiz,
Ma’noni suratdan tashqarida ko’rish mumkin emas.)
Ya’ni, inson Oliy haqiqatni (Borliqning yagona oliy mohiyatini) bevosita uning mazharidan (moddiy borliqda o’zligini ko’rsatishi, zuhur etishi, namoyon bo’lishidan) tashqarida ko’ra olmaydi, chunki u o’zi ham shu mazhardan tashqarida emasdir (“surat” ichidadir). Inson ruhida Borliq haqiqati bilan uyg’unlik hosil bo’lishi uchun, birinchi navbatda, o’zga insonlar bilan o’zaro uyg’unlikka intilish, ular dilidan Borliq haqiqatini qidirishi lozim, boshqa yo’l bilan bu maqsadga erishib bo’lmaydi. Mana shayxning xulosasi. Aslida bu xulosa Irfonning nihoyasidir.
Naqshbandiya tariqati irfoniy tafakkurning oliy cho’qqisi bo’ldi. Bahovuddin Naqshband (1318-1383) yashagan davrni “Majoz tariqi” bosqichiga taalluqli deb hisoblashga etarli asoslar bor. Chunki bu ulug’ irfon muallimidan bizga yodgor qolgan hikmatlar - “xilvat dar anjuman”, “dil ba yoru dast ba kor”- o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra dunyoviy va uxraviy maqsadlarning uyg’unligiga erishishga da’vat qiladi va shunisi bilan millat ma’naviyatini tasavvuf tariqatlari bosqichidan “Majoz tariqi” bosqichiga olib o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |