R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


Nizomiyning badiiy tafakkur darajasi



Download 0,7 Mb.
bet76/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Nizomiyning badiiy tafakkur darajasi o’z davridan shu darajada ilgarilab ketgan ediki, uning asarlarida ifodalangan ma’nolar mohiyatini tushunish uchun XII asrdan ko’ra XIV asrda muvofiqroq fikriy muhit hosil bo’ldi, buning bir tasdig’i Nizomiy Ganjaviy dostonlarining bizgacha etib kelgan eng qadimgi qo’lyozmalari XIV asr o’rtalariga mansubligidir60.

  1. asrda Attor va Rumiylar bilan bir paytda yashab ijod etgan Shayx Muclihiddin Sa’diy Sheroziy (1189-1292) va Kamol Isfahoniy(vafoti 1237)lar o’z asarlarida Sanoiy va Anvariylar an’anasini davom ettirib, “Haq asrori”ni “majoz tariqi”ga, ya’ni inson hayotining dunyoviy muammolariga “maxlut qilib” (aralashtirib) bayon etdilar, Sa’diyning “Bo’ston” va “Guliston” asarlari “Hadiqa” yo’nalishda, o’sha erkin uslubda yaratildi, ammo ular ham o’z yo’nalishlarining “haqiqat tariqi”dan farqini alohida ta’kidlagan emaslar.

Faqat XIII asr oxiri - XIV asr boshlarida Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325) Nizomiy dostonlariga birinchi bo’lib javob yozish bilan ongli ravishda “majoz tariqi” yo’nalishini tanlaganini namoyish qildi. Amir Xusrav “Xamsa” si shu darajada shuhrat qozondiki, islom mintaqa she’riyatida “majoziy ishq”ni kuylash va “Xamsa” dostonlariga tatabbu bag’ishlash keng ko’lamli an’anaga aylandi. XIV- XV asrlar mintaqa ma’naviyati “Xamsa” an’anasi ta’sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo’lmaganda “Xamsa”ning bir dostoniga munosib javob yoza bilish bilan o’lchanadigan bo’ldi61. Bu jahon ma’naviyati tarixida betakror hodisa edi. Navoiy eslagan Xojuyi Kirmoniy(1281 - 1352), Salmon Sovajiy (1300 - 1376) va Kotibiy (vafoti 1436)lar ushbu dostonchilik an’anasiga mansub shoirlardir. Shunday qilib, XIV- XV asrlar mintaqa she’riyatida “majoz tariqi” etakchi mavqega ko’tarilganligini qayd etish mumkin.





59 Alisher Navoiy. Asarlar. 15-jild. T., 1968, s.166
60 Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining hozir ilmiy iste’molda mavjud to’liq nusxalari 1362-1365 yillarda ko’chirilgan bo’lib, ulardan ko’ra qadimiyroq, ayniqsa, XII-XIII asr nusxalari hanuz topilgan emas.
61 Ғ. Alievning “Temы i syujetы Nizami v literaturax narodov Vostoka» (M. 1985) kitobida XIV- XV asrlarda yashab, forsiy va turkiy tillarda Nizomiy va Dehlaviy dostonlariga tatabbu bag’ishlagan 50ga yaqin shoir haqida ma’lumot berilgan.
120
Bu davrda nafaqat dostonchilik, balki g’azalnavislikda ham “Haq asrori”ni “majoz tariqi”ga “maxlut qilib” bayon etish keng urf bo’ldi. Alisher Navoiy bu yo’nalishdagi ijodkorlardan “Lison-ul-g’ayb” laqabi bilan dunyoga dong’i taralgan Xo’ja Hofiz Sheroziy (1320-1389), mumtoz g’azal va qasidalar ustasi Nosir Buxoriy (vafoti 1371) va Kamol Xo’jandiy(1318-1401), sarbadorlar shoiri Shohiy Sabzavoriy (1385-1453)larni eslab o’tadi.
Navoiyning “Holoti Pahlavon Muhammad” risolasida atoqli turkigo’y shoirlardan XIV asrda yashagan Nasimiy “haqiqat tariqi”ning va XV asrda ijod etgan Mavlono Lutfiy “majoz tariqi” ning namoyandalari sifatida tilga olinadi.
Shunday qilib, XII-XV asrlar islom mintaqa adabiyotida mustaqil adabiy yo’nalishlar va badiiy ijod tariqlarining shakllanishini, shartli ravishda, uch bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich XII asr oxirlarigacha davom etib (Sanoiy, Anvariy, Xoqoniy, Nizomiy), unda she’riyat mavzularining jiddiylashuvi, insonning Borliq haqiqatiga muunosabati mumtoz adabiyotning etakchi tamoyiliga aylana boshlagani kuzatiladi, ammo hanuz “haqiqat” va “majoz” tazodi shoirlar diqqatini jalb etgan emas. Ikkinchi bosqich XIII asrni o’z ichiga oladi. Bu asrda “haqiqat tariqi” buyuk tasavvuf shoirlari Farididdin Attor va Jaloliddin Rumiy ijodlari misolida adabiy yo’nalish va badiiy ijod tariqi sifatida eng yuksak takomil darajasiga ko’tarildi. Uchinchi bosqich XIII asr oxiri - XVI asr boshlarini qamrab olgan bo’lib, bu ikki asrdan ko’proq muddat davomida “majoz tariqi”ning mintaqa bo’ylab ham adabiy yo’nalish, ham badiiy ijod tariqi sifatida ongli ravishda mukammal shakllanishi va keng miqyosda taraqqiy etishi kuzatiladi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish