R. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/86
Sana21.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#689431
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86
Tayanch iboralar:
Xizmat sifati, ishonarlilik, jonkuyarlik
ishonchlilik, kommunikativlik, seriltifotlik , asosiy sifat, talab etilgan sifat, 
hohlangan sifat, kritik element, neytral element qanoatlantiruvchi element 
nisbiy sifat, salohiyat sifat, funksional sifat, ijtimoiy sifat, standartlashtirsh; 
xizmat ko‘rsatish sifatining modeli; sifatni oshirish dasturini ishlab 
chiqish.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1.
«Xizmatning sifati» tushunchasining eng ko‘p qo‘llaniladigan ta’rifini 
keltiring.
2.
Xizmatlarning mijozlar ehtiyojini qondirish qobiliyatini ta’minlovchi 
xususiyatlarini ayting.
3.
Xizmatning sifatiga iste’molchi nuqtai nazaridan tavsif bering.
4.
Texnik, funksional va ijtimoiy sifat mehmonxona faoliyati sohasidagi 
muayyan xizmatning qaysi unsurlarini o‘z ichiga oladi?
144


5.
Xizmat ko‘rsatish sifati besh bosqichli modeli birinchi bosqichining 
mazmuni nimadan iborat?
6.
Xodimlarni qo‘llab-quvvatlash tizimining asosiy tamoyillari nimadan 
iborat va ular mehmonxonada xizmat ko‘rsatish sifatiga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi?
7.
Mehmonxona korxonasida sifatni oshirish dasturini amalga oshirishda 
rahbar qanday rol o‘ynaydi?
8.
Agar siz sifat bo‘yicha boshqaruvchi bo‘lsangiz, korxonada o‘z 
faoliyatingizni nimadan boshlagan bo‘lardingiz?
145


Mavzu 12. Mehmonxonada xodimlar bo‘limi
Reja:
1.
1.Mehmonxona sanoatida inson resurslarining roli
2.
Xodimlarni tanlash
3.
Xodimlarni tanlash mezonlari
4.
Ishga qabul qilish
1.Mehmonxona sanoatida inson resurslarining roli
So‘nggi yillarda mehmonxona sanoatida yangi texnologiyalar 
qo‘llanilishining kengayishi bu yerda ish joylari qisqarishiga olib keldi. Bu 
esa, o‘z navbatida , mehnatni tashkil etishning muqobil usullari 
qo‘llanishiga, boshqaruvda ijodiy va novatorcha yondashuvlarning 
ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Katta mehnat sarfini talab qiladigan mehmonxona sanoatida odamlar 
kompaniyaning eng muhim aktivi hisoblanadi. Binobarin, xodimlarni 
boshqarish mazkur qudratli aktivlarni muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi 
va kompaniya menejmenti tizimini va uslubini tarqatish va rivojlantirish 
ishiga qo‘shilgan katta hissa hisoblanadi.
Xizmatlar ko‘rsatish sohasida mijozlarning talabiga javob beradigan 
xodimlarni tanlash juda muhim. Ko‘pgina xodimlar mijozlar Bilan 
bevosita aloqa qiladi va tashkilotning asosiy maqsadlariga erishish 
jarayoniga o‘z-o‘zidan jalb etiladi, xizmat ko‘rsatish sifati esa nafaqat 
ularning mahoratiga, balki onglilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Xizmatlar 
ko‘rsatish sohasida mijozlarni qanoatlantirishga xodimlarning 
xushmuomalaligi, jonkuyarligi Bilan ham erishish mumkin. 
Mehmonxona sanoatidagi kompaniyalarning aksariyati xodimlarni 
yordamchi komponenti deb hisoblab, ularni boshqarishda lozim darajada 
e’tibor berilmaydi. Ammo bu noto‘g‘ri, chunki mehmonxona sanoatida 
odamlar hech bo‘lmasa korxonaning tarkibiy qismi va pirovard 
mahsulotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi, Buning uchun 
tashkilotlar mijozlardan haq oladi. Masalan, mehmonxonada mehmon 
nafaqat yashash, xavfsizlik, tozalik uchun, balki mehmonxona 
xizmatchilarining e’tibori uchun ham haq to‘laydi.
Mehmonxona sanoatida uzoq muddatli istiqbolda inson resurslaridan 
biznesning bosh strategiyasi sifatida foydalanishning samaradorligini 
oshirishda e’tibor kuchayadi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning sifati 
menejmentdan inson resurslarini rivojlantirishga ko‘proq e’tiborberishni 
talab qiladigan xodimlar ta’siri ostida ta’minlanadi. Mehmonxona sanoati 
146


kompaniyalari mijozga yo‘naltirilgan korxonaga aylanishi uchun xodimlar 
farovonligini oshirish va ularni rivojlantirishgan, ularda tashabbuskorlikni 
oshirishga ko‘proq mablag‘lar joylashtirish zarurligini anglab yetmoqda.
Mehmonxona sanoatiga big‘ishlangan chet El adabiyotlarida so‘nggi 
yillarda inson resurslari Bilan bog‘liq jarayonlar, inson resurslari oldida 
turgan muammolar, ularni faoliyati, huquqlari va kelajagi haqida ko‘p 
yozilmoqda. Ammo mazkur jarayonlarni boshqaruvchi odamlar haqida esa 
juda kam gapirilmoqda.
Shunday tadqiqotlardan birida Kanadadagi 83 mehmonxonaning 
xodimlar bo‘yicha menejerlari so‘rovdan o‘tkazildi. So‘rovdan 
o‘tkazilganlarning aksariyati, aniqrog‘i, 63%ni 39 yoshdan oshgan ayollar 
tashkil etgan, 60% esa o‘z lavozimida to‘rt yildan kamroq ishlayotgan 
bo‘lgan. Garchi so‘ralganlarning yosh doirasi uncha katta bo‘lmasada, 
so‘rov faqat bir mamlakatda o‘tkazilgan va Ushbu tahlil natijalarini 
dunyoning boshqa ilg‘or turistik mamlakatlariga tatbiq etish mumkin emas. 
Biroq axborot shu shu yo‘nalishda amalga oshiriladigan kelgusi tadqiqotlar 
uchun foydali bo‘lishi mumkin. Tadqiq qilingan menejerlarning 91% o‘z 
ishidan qoniqishini bildirdi. Va ularning majburiyatlariga asosan vakant 
o‘rinni reklama qilish, xodimlarni tanlash, ular Bilan suhbatlashish, ular 
boshqarish va o‘qitib-o‘rgatish kirishini qayd etdi. Yirik 
mehmonxonalarning xodimlar bo‘yicha menejerlari juda ko‘p masalalarni 
hal qilishga ko‘proq vaqt sarflashi, oliy rahbariyat kam nazorat qilinishi, 
bir so‘z Bilan aytganda, kichik korxonalardagi menejerlarga qaraganda 
ko‘proq narsalar uchun javob berishi aniqlandi.
Inson resurslarini boshqarishning tabiati biznesning samaradorligini 
ham, uning muayyan a’zolari yutuqlarini ham belgilashi lozim. Ma’naviy 
muhitni, mehnatdan qanoatlanishni yaxshilash kabi his qilinmaydigan 
foydani ham hisobga olish kerak. Xodimlar hulq – atvori va malakasiga, 
mehmondo‘stlik sanoatidagi korxonaning samarali faoliyatiga xodimlarni 
boshqarish xizmatining oqilona siyosati va samarali faolyati ijobiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish