Mavzu 5. Mehmonxonalardan foydalanish asoslari
Reja:
1. Mehmonxona iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi omillar.
2. Mehmonxona mijozi.
3. Mehmonxona biznesida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari
4. Xodimlarning mijozlar bilan muomala qilish umumiy qoidalari
1. Mehmonxona iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi omillar
O‘z-o‘zidan ravshanki, mehmonxona xo‘jaligi tarmog‘ining
iqtisodiyotiga,
eng avvalo, iqtisodiy omillar (iqtisodiyotning umumiy
holati, aholi jon boshiga olinadigan o‘rtacha daromad, ishsizlik darajasi,
mahalliy valyutani ayirboshlash kursi, soliq solish darajasi, kreditlarga
belgilangan bank foizi va b.) ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda, tarmoqning
rivojlanishida
ijtimoiy-iqtisodiy omillar, chunonchi: daromad darajasiga
ko‘ra aholining taqsimlanishi, ma’lumot darajasi, turmush tarzi, yosh
tuzilishi, shahar va qishloq aholisining nisbati (shahar
aholisini
harakatchanroq), jinoyatchilik darajasi, turizmning rivojlanishi va sh.k.
ham katta rol o‘ynaydi.
Tabiiyki, tarmoqning holati qonunchilikka (soliq va mehnat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, litsenziyalash qoidalari, sanitariya-gigiyena
talablari, yong‘in xavfsizligi qoidalari, iste’molchilarning huquqlari
to‘g‘risidagi qonunlar va b.ga) ham bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Umumiqtisodiy va
demografik omillardan tashqari, mehmonxona
iqtisodiyotiga yana bir qancha o‘ziga xos omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirda terrorizm ana shunday omillardan biridir. Yirik terrorchilik
harakatlari, chunonchi: Misrda turistlarning terroristlar tomonidan o‘qqa
tutilishi yoki Nyu-Yorkdagi osmono‘par binolarning vayron qilinishi
terroristlar hujum qilgan mintaqadagi mehmonxonalarning to‘lishiga juda
65
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri, tajriba ushbu oqimlarga turistik oqimlar 2-
3 yil ichida tiklanishidan dalolat beradi, ammo bu vaqt mobaynida juda
ko‘p mehmonxonalar bankrot bo‘lishi mumkin.
Mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz natijasida chet el investitsiyalari
kelishi to‘xtaydi, ushbu mamlakatga tovarlar eksporti kamayadi,
bu esa
mehmonxonalarda biznes-turistlar soni kamayishiga olib keladi. Kurort
mintaqalarida mehmonxonalarning to‘lishiga tez o‘zgaradigan dam olish
joylari va turlariga bo‘lgan moda, viza olish bilan bog‘liq qiyinchiliklar,
transport kompaniyalarining ish sharoitlari ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun,
Yevropa osmonida shovqin darajasi me’yorda belgilanganidan katta
bo‘lgan sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan samolyotlar uchishining
taqiqlanishi muqarrar tarzda rossiyalik turistlar oqimlari Yevropa
kurortlaridan Turkiya va Misr kurortlariga
qayta taqsimlanishiga olib
keladi.
Mehmonxonaning iqtisodi y ko‘rsatkichlariga ichki omillar,
chunonchi: qabul qilingan boshqarish va nazorat tizimi (ayniqsa, harajatlar
ustidan nazorat tizimi), ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi, shuningdek
mehnat munosabatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli mehmonxona
ma’muriyati xodimlarning mehnat
sharoitlarini yaxshilashga, ishchi
kuchining qo‘nimsizligini kamaytirishga va mehnat jamoasidagi muhitni
yaxshilashga doim e’tibor berishi kerak.
Mehmonxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga noto‘g‘ri tanlangan
tariflar tizimi ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jahonda
Do'stlaringiz bilan baham: