R. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati


mehmonxona  tariflarining



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/86
Sana21.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#689431
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86
mehmonxona 
tariflarining
 
quyidagi
 
asosiy tizimlari
 
qo‘llanadi. 
1.
Tarifga faqat yashash uchun haq (Room only) kiradi. U Yevropa 
rejasi deb ham ataladi. 
2.
Tarifga yashash uchun haq va nonushta (Room and breakfast) 
kiradi (kontinental reja). Bunda tarifga kiritilgan nonushta uch xil 
bo‘lishi mumkin:
-
kontinental nonushta (sharbat, qahva yoki choy, bulochka, jem); 
-
inglizcha nonushta (vetchina bilan quymoq qo‘shiladi);
-
shvedcha stol (pishloq, kolbasa mahsulotlari, non-bulka mahsulotlari, 
mevalar, jemlar, sharbatlar, asal, qahva, choy o‘ziga-o‘zi xizmat 
ko‘rsatish usulida taqdim etiladi). Hozirda ushbu tarif ayniqsa keng 
tarqalgan. 
3.
Yarim pansion (Half board, demi-pension, modified American 
plan). Tarifga yashash haqi, nonushta va tushlik yoki kechki ovqat 
kiradi. Tarif ayrim kurort mehmonxonalarida va ma’rifiy 
maqsadlarda sayohat qiluvchi turistlarga, shuningdek 
66


biznesmenlarga xizmat ko‘rsatadigan mehmonxonalarda qo‘llanadi. 
Ushbu mehmonxonalarda yashaydigan turistlar shahar bo‘ylab 
ekskursiya qiladi, o‘sha yerda tushlik qiladi, kechqurun esa 
mehmonxonaga qaytib keladi. Kurort mehmonxonalarida 
yashaydigan turistlarga kelsak, ular shu yerda tushlik qilishni, 
kechqurun esa turli restoranlar va kafelarda ovqatlanishni ma’qul 
ko‘radi. 
4.
To‘la pansion (en pension, American plan). Tarifga yashash haqi va 
uch (yoki to‘rt) mahal ovqatlanish kiradi. Kurort 
mehmonxonalarida, ayniqsa, umumiy ovqatlanish tarmog‘i yaxshi 
rivojlanmagan mintaqalarda qo‘llanadi. 
5.
«Hammasi kiritilgan» («All included»). Tarifga yashash haqi, ko‘p 
marta ovqalanish (mijoz tanlagan bir necha restoranlardan birida, 
ko‘ngilochar vositalarning hammasi (yoki ko‘pchiligi), bardagi 
ichimliklar (odatda import ichimliklardan tashqari)) kiradi. Odatda 
begonalardan ajratilgan kurort mehmonxonalarida qo‘llanadi. 
Mehmonxonada yashovchilarga ular ayni shu mehmonxonaga 
mansubligini tasdiqlaydigan ma’lum belgilar beriladi, misol uchun, 
ularning qo‘liga yechilmaydigan bilakuzuk taqib qo‘yiladi. 
Haq to‘lashning boshqa usullari ham mavjud. Misol uchun, «Bir 
xizmat narxida ikki xizmat» (Two for one) tarifiga ko‘ra, mehmon tekinga 
yashaydi, ammo ovqatlanish uchun haq to‘laydi. «Bolalar uchun bepul» 
(Children – free) tarifiga ko‘ra, ota-onasi bilan bir xonada yashaydigan 
bolalar uchun haq olinmaydi. Ammo bu tariflar nisbatan kam qo‘llanadi. 
Tarifni e’lon qilishda unga nimalar kirishi mufassal tushuntirilishi kerak. 
Tarifga soliq kiritilgan-kiritilmagani tushuntirilishi shart, chunki mijoz haq 
to‘lash paytida tarifdan tashqari 20% miqdorida soliq ham to‘lashi 
kerakligini bilsa, norozi bo‘lishi tayin. 
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar istalgan birining ta’siri eng avvalo 
mehmonxonaning to‘lish koeffitsiyentida aks etadi. Bu mehmonxona 
ishining rentabelligini belgilovchi muhim ko‘rsatkichdir. Hozirda jahonda 
ushbu koeffitsiyent asta-sekin pasayishi kuzatilmoqda. Bu yangi-yangi 
mehmonxonalar qurilayotgani, mehmonxona xizmatlarining taklifi ularga 
bo‘lgan talabdan ko‘payib borayotgani bilan
izohlanadi. 
Mehmonxonalarning to‘lish koeffitsiyenti hozir o‘rta hisobda taxminan 
60% ni tashkil etadiki, buni rentabellik bo‘sag‘asi deb aytish mumkin. 
O‘z-o‘zidan ravshanki, to‘lish koeffitsiyenti o‘zgarib turadi: mavsumda 
yuqori bo‘ladi, mavsum tugagach, pasayadi; shanba va yakshanba kunlari 
ish kunlaridagidan pastroq, bayram kunlari esa oddiy kunlardagidan 
67


yuqoriroq bo‘ladi va h.k. Har bir mehmonxonada to‘lish koeffitsiyenti 
o‘zgarishining muayyan manzarasi kuzatiladi. Ushbu koeffitsiyent 
o‘zgarishlarini muvozanatga solish uchun ma’muriyat tegishli chora-
tadbirlar ko‘rishi kerak. 
To‘lish koeffitsiyenti juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda 
shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarif miqdori bilan to‘lish koeffitsiyenti 
o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud emas: misol uchun, tarifi 60 AqSh 
dollari bo‘lgan mehmonxonaning to‘lish koeffitsiyenti 62%, tarifi 100 
AqSh dollari bo‘lgan mehmonxonaniki esa – 75% bo‘lishi mumkin. 
Vaholanki, iqtisodiy nazariya xizmatlar qiymati pasayishiga qarab, ularga 
bo‘lgan talabning oshishini nazarda tutadi. Ammo muayyan bir 
mehmonxonada bunday bog‘liqlik kuzatilishi, ya’ni tarifning pasaytirilishi 
to‘lish koeffitsiyentining oshishiga olib kelishi mumkin. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish