R. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati


 Mehmonxonaning hayotni ta’minlash tizimlari



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/86
Sana21.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#689431
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86
5. Mehmonxonaning hayotni ta’minlash tizimlari
Mehmonxona turli-tuman muhandislik uskunalari bilan jihozlanadi. 
Ularni ishlaydigan holatda saqlash tegishli texnologiyalar yordamida 
ta’minlanadi. Bunda xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish 
talablariga rioya qilinishi kerak. Har xil shovqinlar, tebranishlar, yetarli 
bo‘lmagan yoki keragidan ortiq yoritish, issiqlik, namlik, binoda zararli 
moddalarning mavjudligi xodimlar va mijozlar sog‘lig‘iga ziyon 
yetkazadi. 
Vodoprovod tarmog‘i mehmonxona binosini ichimlik suvi va xo‘jalik-
maishiy ehtiyojlar uchun suv bilan ta’minlaydi. Ifloslangan suv 
kanalizatsiya sistemasiga tushib, oqib ketadi. Mehmonxonalar sovuq suv, 
issiq suv va yong‘inni o‘chirish uchun suv bilan ta’minlanadi. 
Mehmonxonalarga keluvchi suvning sifati va harorati mamlakat 
standarti talablariga mos kelishi kerak. 
Suv sarfi sovuq va issiq suv bilan ta’minlash sistemalari uchun 
alohida hisoblanadi. Bitta mijozga bir kunda 300 litrgacha suv sarfi to‘g‘ri 
kelishi mumkin. Amaldagi suv sarfi shuningdek suv olish joylari (nomer 
fondi, kirxona, sauna, basseyn va b.)dagi suv sarfi bilan ham tavsiflanadi. 
62


Mehmonxonalarni isitish uchun suv, bug‘ yoki havo bilan isitish har 
xil sistemalari qo‘llanadi. Tabiiy va mexanik ventilyatsiya yo‘li bilan 
mehmonxona xonalaridagi ifloslangan havo chiqarib yuboriladi va toza 
havo kiritiladi. Mehmonxonalarda havoni allergenlar va iflosliklardan 
tozalash, ichki iqlimni tartibga solish texnologiyalari qo‘llaniladi. 
Yoritish, isitish va boshqa shunga o‘xshash maqsadlarda elektr 
energiya sarflanadi. Elektr ta’minoti tizimida ikkita alohida sxema – asosiy 
manbadan va zaxira manbadan tok bilan ta’minlash sxemalari nazarda 
tutiladi. 
Yong‘in signalizatsiyasi sistemasi harajatlari tunash qiymatining 1% 
ni tashkil qiladi. Mehmonxonada yong‘in chiqishi sabablari xilma-xil: 
chekuvchilar (22,5%), elektr jihozlarning nosozligi (19,7%), texnikaning 
nosozligi (18%), oshxonada yong‘in chiqishi (16,3%). 
Chet elda o‘tkazilgan tadqiqotlar yirik mehmonxonalarning atigi 26% 
da xonalarni yong‘indan himoyalash tadbirlari to‘la, 25% da esa - qisman 
bajarilishini ko‘rsatdi. O‘rtacha sig‘imli mehmonxonalar uchun ushbu 
ko‘rsatkich tegishincha 11 va 12% ni tashkil etadi. Yirik va o‘rta 
mehmonxonalar uchun yong‘in signalizatsiyasi avtomatlashtirilgan 
sistemasi yong‘in haqida ogoh etuvchi birdan-bir ishonchli vosita 
hisoblanadi. 
Mehmonxonaning yong‘in signalizatsiyasi sistemasini yarim avtonom 
tarzda tashkil qilish tavsiya etiladi. Markazlashtirilgan qo‘riqlash pultiga 
naqd pullarni vaqtinchalik saqlash xonalari, kassalar, valyuta ayirboshlash 
shoxobchalarida o‘rnatilgan signalizatsiya kichik sistemasi haqida axborot 
keladi. qolgan barcha xonalar uchun avtonom signalizatsiya sistemasi amal 
qiladi. 
Mehmonxonaga xabar berish sistemasi ko‘p maqsadli audiosistema 
shaklida bo‘ladi. Sistema funksiyalariga quyidagilar kiradi: yuzaga kelgan 
favqulodda vaziyat haqida xodimlarga xabar berish; mikrofon orqali 
axborot berish yoki oldindan yozilgan axborotni eshittirish; yangiliklar va 
radiodasturlarni translyatsiya qilish. 
Mehmonxonalarning televizion sistemalari vazifasiga qarab kuzatish, 
qo‘riqlash, axborot sistemalariga tasniflanadi. Televizion kuzatish 
sistemasi mehmonxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlarini 
nazorat qilish imkonini beradi. 
Mehmonxonaning mahalliy hisoblash tarmog‘i biznes markazi va 
alohida xizmatlarni (ayniqsa, joylashtirish xizmatini) qo‘llab-quvvatlash 
hisoblash tarmog‘idan tashkil topadi. Mehmonxonaning hisoblash 
63


tarmog‘i nomerlarni rezervlash va chiptalarni bronlash uchun 
mehmonxonalarning tarmoqlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish