R. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/86
Sana21.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#689431
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86
Tayanch iboralar:
Mehmonxona tariflari: yarim pension; to‘la pension; 
mehmonxona mijozi; nomeri; VIP – mijozlar; CIP - mijozlar 
mehmonxonani biznesi; kurort mehmonxonalar; umumiy ovqatlanish 
xizmatlari; nomer fondi; elektron qulflar; Grand master key bosh kalit; 
Vestibyul xonalari; Savdo maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari; 
mehmonxonalarni ro‘yxatga olish; joylashtirish xizmatlari; suv sarfi; 
signalizatsiya; yoritish – isitish asboblari; kuzatish;
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1. Mehmonxonalarning me’morchilik va texnik yechimlari haqida 
ma’lumot bering.
2. Mehmonxona binolari tarkibini tavsiflang. 
3. Mehmonxonaning jamoat qismlarida mehmonlarga xizmat ko‘rsatish 
tartibi.
4. Mehmonxonaning mijozlar yashaydigan qismi va unga xizmat 
ko‘rsatish tartibi
5. Mehmonxonaning hayotni ta’minlash tizimini tushuntiring.
64


Mavzu 5. Mehmonxonalardan foydalanish asoslari 
Reja:
1. Mehmonxona iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi omillar.
2. Mehmonxona mijozi. 
3. Mehmonxona biznesida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari
4. Xodimlarning mijozlar bilan muomala qilish umumiy qoidalari
1. Mehmonxona iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi omillar
O‘z-o‘zidan ravshanki, mehmonxona xo‘jaligi tarmog‘ining 
iqtisodiyotiga, eng avvalo, iqtisodiy omillar (iqtisodiyotning umumiy 
holati, aholi jon boshiga olinadigan o‘rtacha daromad, ishsizlik darajasi, 
mahalliy valyutani ayirboshlash kursi, soliq solish darajasi, kreditlarga 
belgilangan bank foizi va b.) ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda, tarmoqning 
rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy omillar, chunonchi: daromad darajasiga 
ko‘ra aholining taqsimlanishi, ma’lumot darajasi, turmush tarzi, yosh 
tuzilishi, shahar va qishloq aholisining nisbati (shahar aholisini 
harakatchanroq), jinoyatchilik darajasi, turizmning rivojlanishi va sh.k. 
ham katta rol o‘ynaydi. 
Tabiiyki, tarmoqning holati qonunchilikka (soliq va mehnat 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, litsenziyalash qoidalari, sanitariya-gigiyena 
talablari, yong‘in xavfsizligi qoidalari, iste’molchilarning huquqlari 
to‘g‘risidagi qonunlar va b.ga) ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. 
Umumiqtisodiy va demografik omillardan tashqari, mehmonxona 
iqtisodiyotiga yana bir qancha o‘ziga xos omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Hozirda terrorizm ana shunday omillardan biridir. Yirik terrorchilik 
harakatlari, chunonchi: Misrda turistlarning terroristlar tomonidan o‘qqa 
tutilishi yoki Nyu-Yorkdagi osmono‘par binolarning vayron qilinishi 
terroristlar hujum qilgan mintaqadagi mehmonxonalarning to‘lishiga juda 
65


salbiy ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri, tajriba ushbu oqimlarga turistik oqimlar 2-
3 yil ichida tiklanishidan dalolat beradi, ammo bu vaqt mobaynida juda 
ko‘p mehmonxonalar bankrot bo‘lishi mumkin. 
Mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz natijasida chet el investitsiyalari 
kelishi to‘xtaydi, ushbu mamlakatga tovarlar eksporti kamayadi, bu esa 
mehmonxonalarda biznes-turistlar soni kamayishiga olib keladi. Kurort 
mintaqalarida mehmonxonalarning to‘lishiga tez o‘zgaradigan dam olish 
joylari va turlariga bo‘lgan moda, viza olish bilan bog‘liq qiyinchiliklar, 
transport kompaniyalarining ish sharoitlari ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, 
Yevropa osmonida shovqin darajasi me’yorda belgilanganidan katta 
bo‘lgan sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan samolyotlar uchishining 
taqiqlanishi muqarrar tarzda rossiyalik turistlar oqimlari Yevropa 
kurortlaridan Turkiya va Misr kurortlariga qayta taqsimlanishiga olib 
keladi. 
Mehmonxonaning iqtisodi y ko‘rsatkichlariga ichki omillar, 
chunonchi: qabul qilingan boshqarish va nazorat tizimi (ayniqsa, harajatlar 
ustidan nazorat tizimi), ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi, shuningdek 
mehnat munosabatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli mehmonxona 
ma’muriyati xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ishchi 
kuchining qo‘nimsizligini kamaytirishga va mehnat jamoasidagi muhitni 
yaxshilashga doim e’tibor berishi kerak. 
Mehmonxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga noto‘g‘ri tanlangan 
tariflar tizimi ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jahonda

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish