40
farqlanuvchi turli rusumlar ostida chiqariladi. Doimiy og‘irlik-
ning uzoq ta’siri natijasida polietilen deformatsiyalanadi. Quyi
zichlikli polietilenning uzoq vaqtli
mustahkamlik chegarasi
2,45 MPa, yuqoqi zichlikli polietilenniki esa 4,9 MPa ga teng.
Uzoq vaqt ishlatiladigan polietilen mahsulotlarining yorilish
ehtimoli bor. Polietilen –70°C da mo‘rt bo‘ladi va shuning
uchun undan olingan mahsulotlar qattiq sovuq sharoitlarda
ham bemalol ishlatilishi mumkin.
U, shuningdek, suvga yuqori chidamlilik xossalarini ham
namoyon etadi.
Sanoatda
yuqori bosimli polietilen 200–280°C da 150–
300 MPa bosim ostida kondensirlangan gaz fazasida radikal
polimerlanish initsiatorlari ishtirokida polimerlab olinadi.
Olingan polimer 920–930 kg/m
3
zichlikka, 80000–500000
o‘rtacha massaviy molekular og‘irlikka va 50–65% kristallik
darajasiga ega bo‘ladi.
Sanoatda yuqori bosimli polietilenni
ishlab chiqarish uchun
bir-biridan konstruksiyalari bilan farqlanuvchi ikki xil reaktor
qo‘llaniladi. Bulardan biri ideal siqib chiqarish prinsipida
ishlovchi quvur ko‘rinishidagi apparat bo‘lsa, ikkinchisi
aralashtirgich li vertikal silindr apparati – ideаl aralashtirish
prinsipida ishlovchi, aralashtirgichli avtoklavlardir.
Quvur ko‘rinishidagi apparatda yuqori bosimli polietilen
ishlab chiqarish sanoatda ishlatiladigan quvurli polimerlovchi
reaktorlar, qu
vur ichida quvur tipidagi ketma-ket ulangan
issiqlik almashgich lardan iborat. 8-rasmda quvurli reaktorda
yuqori bosimli polietilenni uz luksiz usulda olishning umumiy
sxemasi keltirilgan.
Reaktor quvurlari o‘zgaruvchan diametrli bo‘ladi (50–75
mm). Quvurlarning bir xil bo‘limlari
retubrent yoki kalach deb
41
nomlanuvchi massiv ichi bo‘sh plitalar yordamida biriktiriladi.
Quvur va kalachlar bir-biri bilan ketma-ket biriktirilgan qobiq
bilan o‘ralgan. Etilenni qizdirish hamda ajralib chiqayotgan
issiqlikning ortiqcha qismini reaksiya muhitidan olib chiqib
ketish uchun issiqlik tashuvchi sifatida 190–230°C li o‘ta
qizdirilgan suv ishla tiladi. O‘sha qizdirilgan suv quvurli reaktor
qobig‘iga reaksiya mas sasi hamda
etilen harakatiga qarama-
qarshi tomondan yuboriladi. Yuqori haroratli o‘ta qizdirilgan
suv quvur devorlarida polimer pardasi hosil bo‘lishining oldini
olish maqsadida ishlatiladi.
Gazlarni ajratish sexidan yangi etilen 0,8–1,1 MPa bosim
osti
da kollektorga (
1) va undan keyin aralashtirgichga (
2)
kelib tushadi. Bu yerda u past bosimli qaytma etilen bilan
ara
lashtiriladi.
Bu ara
lashmaga kislorod qo‘shilib birinchi
kaskaddagi uch pog‘onali kompres sorga uzatiladi va bu yerda
25 MPa bosimgacha siqiladi. Etilen har pog‘onada siqilganidan
keyin sovitgichlarda sovitilib, separatorlarda yog‘dan
ajratiladi
va undan keyin aralashtirgichga (
4) uzatiladi. Bu yerda u
ajratgichdan (
7) kelayotgan yuqori bosimdagi qaytma etilen
bilan aralashtiriladi. Keyin aralashma ikkinchi kaskaddagi
ikki pog‘onali kompressorga (
5) uzatiladi va bu yerda u
245 MPa bosimgacha siqiladi. Birinchi siqilgan
etilen sovit-
gichlarda sovitilib, separatorlarda yog‘lardan tozalansa, ik-
kinchi pog‘onada (bosqichda) siqilganidan keyin 70°C da
(sovitilmasdan) polimerlash uchun quvurli reaktorning (
6)
uchta bo‘limiga uzatiladi.
Polimerlovchi-reaktor uch bo‘linmadan tashkil topgan bo‘lib,
har bir bo‘linmadan oldin ishlatilayotgan initsiator turiga qarab
gaz va reaksion aralashmani 120–190°C gacha isitish uchun
issiqlik almashgich
lar o‘rnatilgan. Uchinchi bo‘lim oxirida
42
sovitgich o‘rnatilgan bo‘lib, unda reaksiya massasi 200–250°C
gacha sovitiladi (sxemada issiqlik almashgichlar va sovitgich
ko‘rsatilmagan).
Quvurli reaktorda etilenning
polimerlanishi quyidagi sha-
roitlar da olib boriladi (1-jadval).
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: