R. I. Ismailov, M. A. Eshmuhamedov polimerlarni qayta ishlash jarayoni



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/71
Sana12.08.2021
Hajmi6,54 Mb.
#145762
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Bog'liq
polimerlarni qayta ishlash jarayoni (2)

 
2-BOB. 
PLASTMASSA BUYUMLAR ISHLAB 
CHIQARISH
2.1. POLIMERLARDAN OLINGAN BUYUMLARNING 
EKSPLUATATSIYA XOSSALARI
Hozirgi paytda plastmassa buyumlar turli usullar bilan 
ishlab chiqariladi. Bu usullarni tanlash polimer turiga, uning 
dastlabki holatiga, shuningdek, buyumning shakli va o‘lcham-
lariga bog‘liq.
Usullarning ko‘pligi ularni sinflarga bo‘lish zarurligini 
taqozo etadi. Mak-Kelvi tomonidan taklif qilingan turli usul-
larni bir xil guruhlarga birlashtirish yo‘li to‘g‘riroq hisob lanadi. 
Bunda birinchi guruhga faqat fizik jarayonlarga asoslangan, 
ikkinchi guruhga faqat kimyoviy jarayonlarga asos 
langan, 
uchinchi guruhga esa fizik-kimyoviy jarayon larga asoslangan 
usullar kiritilgan.
Polimer moddalarning dastlabki holati, ularning tarkibi, 
turli fizik-kimyoviy jarayonlarga asoslangan usul larning sinf-
larga bo‘linishida keltirilgan.
Bir xil fizik o‘zgarishga asoslangan ekstruziyalash, ka-
landrlash, bosim ostida quyish va boshqa jarayonlar ishlab 
chiqarishga kiritilgan. Bunda buyumlarning shakl olishi qo-
vushqoq-oquvchan holatda bo‘lgan polimerning deformatsiya-
lanib sovitilishi hisobiga amalga oshadi. Bu jarayonlar qovush-
qoq-egiluvchan, Nyuton suyuqliklari bo‘lmagan suyuqliklar-
ning oqish qonuniyatlari, polimerlarning kristallanishi yoki 


38
shishalanishi bilan tushuntiriladi. Bunda dastlabki xomashyo 
sifatida termoplastik polimerlar asosidagi granulalangan kom-
pozitsiya ishlatiladi, biroq ekstruziyalash va kalandrlash usul-
lari uchun quruq aralashtirilgan kukunsimon kompozitsiya 
yoki valslangan suyuqlanmadan foydalanish mumkin.
Qayta ishlash umumiy diffuziyon-adgeziv jarayonlarni 
(rotatsion shakllash, changlash va boshq.) o‘z ichiga oladi. Ayni 
paytda buyumlar kukunsimon massalar va plastmassalarni 
harorat ta’sirida suyultirish va qotirish yo‘li bilan tayyorlanadi. 
Mustaqil guruhlarga eritmalardan buyumlar olish (plyonkalar 
quyish, tolalar shakllash, shpredinellash kabi) texnologik 
jarayonlari birlashtirilgan. Polimer kompozitsiyalarni ko‘piklash, 
shuningdek, polimerlar yoki suyuq formopolimerlarni ma’lum 
shaklda polimerlash guruhga birlashtirilgan.
Monomer initsiator yoki katalizator bilan aralashtiriladi va 
suyuq holatda shaklga quyiladi, natijada kimyoviy reaksiyaga 
kirisib, polimer hosil bo‘ladi. Shaklda monomerlarni polimer-
lash usulida list holatidagi materiallar (organik shisha list), 
shuningdek, turli konfiguratsiyadagi buyumlar olinadi (ma-
salan, kaprolandlar). Oriyentatsiya, pnevmovakuum shakllash 
va shtamplash usullarida yuqori elastik holatdagi list va plyonka 
materiallar qayta ishlanadi. Ular kalandrlash yoki ekstruziya 
usullari bilan olinadi. Bu usullar uchun polimerlarning cho‘-
zilishdagi deformatsiyasi, rekristallanishi va oriyentatsiyasi 
xosdir. 
Turli xil usullar bilan olingan buyumlarga qo‘shimcha 
ishlov beriladi.
Termoreaktiv materialni qayta ishlash usullari ham shunga 
o‘xshash sinflarga bo‘lingan. Bunda buyumlarni pressmaterial-


39
lardan yoki ayrim komponentlardan (suyuq polimerlar, to‘ldi-
ruvchilar, armirlovchi materiallar) tayyorlash mumkin.
Barcha usullarda buyumlarni shakllash (kompozitsiyaga 
zarur konfiguratsiya berish) qovushqoq-oquvchan holatda 
bo‘lgan pressmaterialning siljib oqishi hisobiga amalga oshadi, 
so‘ngra bog‘lovchi material yordamida qotirilib suyuqlanmay-
digan va erimaydigan holatga o‘tadi. Bu jarayonlar umumiy 
ftzik-kimyoviy qonuniyatlarni o‘z ichiga olgani uchun bir 
guruhga birlashtirilgan.
Suyuq bog‘lovchilar shimdirilgan, so‘ngra qotirilib armirla-
nadigan materiallarga ma’lum konfiguratsiya berib olinadigan 
ko‘piradigan termoreaktiv kompozitsiyalardan buyumlar tay-
yor lash maqsadida qo‘llaniladigan qayta ishlash usullarining 
o‘ziga xos tomoni shundaki, bunda g‘ovak hosil bo‘lishi va 
qotish kimyoviy reaksiyasi bir vaqtda sodir bo‘ladi.
Plastmassalarni buyumlarga va yarimtayyor mahsulotlarga 
aylantirishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
– plastmassa yoki kompozitsion materiallarni ekspluatatsiya 
sharoitiga bog‘liq xususiyatlariga ko‘ra tayyorlash;
– ularni shaklni oson qabul qiladigan holatga o‘tkazish;
– plastmassalarga buyum yoki yarim mahsulot shaklini 
berish usullari va tegishli rejimlarni yaxshi bilish;
– buyum yoki yarim mahsulotga tugallangan shakl berish.
Sanoatda ishlab chiqariladigan polietilen bir-biridan zichligi, 
molekular massasi va kristallik darajasi bilan farqlanadi.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish