UO‘K: 544.022.246
KBK 24.7я721
O‘rta maxsus, kasb-hunar markazi ilmiy-metodik
Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-5081-4-9
© R.I. Ismailov, M.A. Eshmuhamedov, 2017
© «NISO POLIGRAF», 2017
3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil rivojlanish yo‘lidan dadil
ketayapti. Bugun mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy
barqarorlikka erishildi, ishlab chiqarish modernizatsiya qilin-
moqda va texnik qayta qurollantirilmoqda, yangi sohalar yuza-
ga keltirilayapti, iqtisodiyotning keyingi barqaror va dinamik
o‘sishi uchun kerakli poydevor va sharoitlar yaratilmoqda.
Ushbu o‘lkaga tabiat mo‘l-ko‘l in’omlar bergan. Amudaryo
va Sirdaryo oralig‘iga joylashgan O‘zbekiston o‘z tabiiy-
iqlimiy sharoitlari bo‘yicha Markaziy Osiyoning eng ma’qul
regionlaridan biridir. O‘zbekiston o‘ta boy mineral xomashyo
resurslariga ham ega. Uning sahnida Mendeleyev jadvalidagi
ko‘p kimyoviy elementlar mavjud.
Respublika oltin zaxiralari bo‘yicha jahonda to‘rtinchi, uni
qazib olish bo‘yicha – yettinchi, paxta tolasi ishlab chiqarish
bo‘yicha – to‘rtinchi, eksporti bo‘yicha – ikkinchi o‘rinlarni,
uran va mis zaxiralari bo‘yicha mos ravishda yettinchi va
o‘ninchi o‘rinlarni egallaydi. O‘zbekiston rangli va nodir yer
metallari, neft, gaz, qurilish materiallari, fosforitlar, turli tuzlar,
kvars va boshqa foydali qazilmalarning katta zaxiralariga
ega bo‘lsa-da, ularni ratsional va kompleks holda ishlatishga
intiladi. Xuddi shu bois xorij kapitalini ishlatib foydali
qazilmalarni qazib olishni tashkil qilish va ularni kompleks
qayta ishlash – mamlakatimiz rivojining eng zaruriy, birinchi
darajali mezonlaridandir.
4
O‘zbekistonning zamonaviy neft-gaz sanoati – iqtisodiyot-
ning eng yirik sohalaridan biri bo‘lib, mamlakatning eng zarur
energetik bazasidir. Sohada talaygina ilmiy-texnik potensial
vujudga keltirilgan, uning rivojlanishida ma’lum yutuqlarga
erishilgan.
Yoqilg‘i-energetik kompleksni tezkor rivojlantirish – davla-
timiz siyosatidagi urg‘u berilgan yo‘nalishdir.
Ayniqsa, xalq xo‘jaligining barcha sohalari uchun termik
va mexanik xossalari sifatli tovarlar ishlab chiqarishga yaroqli
xossali turli polimerlarni ishlab chiqarish davr talabiga
aylangan. Fan va texnikaning rivojlangan hozirgi davrida yuqori
molekular birikmalar – tabiiy, sun’iy va sintetik polimerlarning
mexanik xossalari, jumladan, mustahkamligi, elastikligi, oquv-
chanligi, qovushqoqligi, yuqori bosim va haroratlarga bar-
dosh
liligi, destruksiyalanishi kabi qator fizik-kimyoviy va
mexanik xossalari o‘rganilgan. Yuqori molekular birikmalar
keng tarqalgan bo‘lib, murakkab makromolekulalardan tash-
kil topganligi va shu sababli turli xossalarga boy bo‘lib, inson
hayoti faoliyatida ishlatiladigan ko‘plab materiallar polimer-
lardan yasalgandir. Sanoatda, qishloq xo‘jaligida va turmushda
ishlatiladigan hamda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan
materiallarning katta qismini polimerlar tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda turli usullarda olinadigan polimerlardan
konstruksion materiallar, kimyoviy tolalar, turli nozik rang-
lardagi pardalar, lok-bo‘yoqlar, izolatsiya materiallari, ion
almashtiruvchi sorbentlar, yengil, chiroyli va mustahkam quri-
lish asboblari, kimyoviy apparaturalar, quvurlar, santexni ka
tovarlari, turli qoplamalar va boshqa materiallar tayyorlanmoq-
da. Xalq iste’moli uchun ommabop rezina-texnika buyumlari
ko‘p
chiligining konstruksiyasi murakkabligidan qat’i nazar,
5
yagona texnologiya, rezina aralashmalar tayyorlash, ularni
qayta ishlash va vulkanlash jarayonlari bilan amalga oshiriladi.
Yagona texnologiyaning dastlabki bosqichi rezina aralash-
malar tayyorlash va ishlab chiqarishning eng muhim jarayonini
o‘z ichiga oladi.
Bu jarayon texnologik parametrlarini jadallashtirish va bir-
biriga bog‘liq qator tadbirlar kompleksidan iborat. Bu tadbirlar,
asosan, ishlab chiqarishga yangi modernizatsiyalangan dastgoh-
lar, zamonaviy boshqarish vositalari va jarayonning avtomatik
nazoratini tatbiq etishdan iborat.
Zamonaviy texnologiyaning rivojlanishi materiallarni tex-
nikada ishlatish, undan samarali foydalanish va ularning
xossa lariga bo‘lgan talablarni kuchaytirdi. Zamonaviy texnolo-
giyalar qatorida turgan kosmonavtika, yadro texnologiyasi va
aviatsiya sohasidagi muammolar va ularning yechimlari kon-
struksiyaga qo‘llanilgan material ishonchliligiga bog‘liq bo‘lib
qolayotganligi hech kimga sir emas. Shuni hisobga olgan holda
zamonaviy kompozitsion materiallar yaratish usullari kom-
ponentlarning xossalaridan kelib chiqib mustahkam, chidamli
kompozitsion materiallar ishlab chiqarish bugungi kundagi
ish lab chiqaruvchilar va injenerlar oldiga qo‘yilayotgan aso-
siy vazifalardandir. Muammoning yechimi esa uzoq mud dat
o‘zining ishchi holatini saqlab tura oladigan, tashqi defor-
matsiya, ichki energiya yig‘ilishlariga bardosh bera oladigan
kompozitsion materiallar tayorlashdan iborat. Metall va uning
qotishmalarining maxsus xossalarini bera oladigan metal-
mas kukun va kalta tolali materiallardan tashkil topgan
kompozitsion materiallar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsu-
lotlar tannarxining kamayishi va mustahkamligini sezilarli
6
ravishda oshganligi sohani to‘laqonli o‘rganishga va tadqiqotlar
olib borilishiga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu o‘quv qo‘llanma orqali talablarga polimerlar, polimer
kompozitsiyalar, rezina, lok-bo‘yoq qorishmalarida ishlatiluvchi
ingrediyentlar, ularning olinishi, xossalari, ishlatilishi va
texnika mahsulotlari xossalariga ta’siri; ularni tayyorlash va
modifikatsiya qilish; ular qorishmasini tayyorlash uchun tarkib
tuzish; qorishma tayyorlash mashinalari va texno logiyalari;
rezina, polimerlar qorishmalari, lok-bo‘yoq material
larining
xillari, ularni olish nazariyasi va ishlab chiqarish texnologiyasi
hamda ularning xossalarini o‘rganish va nazorat qilish
usullarini o‘rgatish, talabalarda malaka hamda ko‘nikmalar
hosil qilish maqsad qilingan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |