45
Suyuq faza va past bosimda (yuqori zichlikli) polietilen
olish uchun past bosimdagi polietilen etilenni 0,3–0,5 MPa
bosimda, 70–80°C da, organik erituvchilar (benzin va sh.k.)
muhitida polimerlab olinadi. Polimerlanish Sigler-Natta kata-
lizatorlari (dietilaluminiyxlorid va titantetraxlorid) ishtirokida
olib boriladi. Alkilaluminiyning titan tetraxloridga nisbati 1:1
dan 1:2 gacha olinadi.
Bu katalizator kompleksi havodagi kislorod va namlik ta’-
sirida parchalanib ketishi sababli polimerlanish suvsizlantiril-
gan eritma muhitida va azot atmosferasida olib borilishi shart.
Past bosimda polietilen ishlab
chiqarish texnologik jarayo-
ni quyidagi bo‘limlardan iborat: katalizator kompleksini
tayyorlash, etilenni polimerlash, polimerni yuvish, ajratish va
quritish. Ushbu sxema bo‘yicha hamma bo‘limlarda jarayonlar
uzluksiz amalga oshiriladi.
Sanoatda polietilen Al(C
2
H
5
)
2
Cl/TiC
l4
katalitik
kompleksi
ishtirokida yarim uzluksiz usulda olinadi. Trietilaluminiyga
nisbatan polimerlanishda dietilaluminiyxloridni ishlatish ancha
qulay. Chunki dietilaluminiyxlorid oson tozalanadi, ancha
arzon va eng muhimi yonish hamda portlashga moyilligi ancha
kam.
Katalizator kompleksi 25–50°C da (
1) va (
2) o‘lchagichlardan
uzati
layotgan dietilaluminiyxlorid bilan tetraxlor-titanning
benzindagi eritmalarini 3-aralashtirgichda aralashtirib olinadi.
Olingan kompleks 15 daqiqa ushlab turilgach, 4-apparatda
hi soblagich orqali tushayotgan benzin bilan 1 kg/m
3
konsen-
tratsiyagacha suyultiriladi.
Katalizatorning tayyor suspenziyasi oraliq idish (
5)ga
uzatiladi va u yerdan me’yoriy nasos bilan uzluksiz polimer-
lanish apparati (
6)ga berib turiladi.
Polimerlanish apparatiga
46
rostlagich yoki hisoblagich orqali toza etilenning vodorod bilan
aralashmasi ham uzatib turiladi.
Polimerlanishdan ajralib chiqayotgan issiqlik 345 kJ/kg ni
tashkil etadi. Reaktor devorlari polietilenning yopishib qolishi
nati jasida issiqlikni yomon o‘tkazadi. Shu sababli reaksiyada
ajralib chiqayotgan issiqlik gaz puflagich (
7) yordamida ayla-
nib turgan eti len-benzinning bug‘-gaz aralashmasi orqali ham-
da nasos (
8) yordamida aylanib turgan
benzin orqali olib chi qib
ketiladi. Qizigan bug‘-gaz aralashmasi, skrubber (
9)ga uzatiladi
va u yerda sovuq benzin bilan sovitiladi hamda polimer lanish
apparati (
6)dan olib chiqib ketilgan po limer zarrachalaridan
tozalanadi.
Skrubberdan benzin nasos yordamida sovitgich (
10) orqa li
yana skrubber va polimerlanish apparatiga qaytariladi. Sovi-
tilgan etilen esa skrubberdan gaz ajratgich (
11) orqali polimer-
lanish apparatiga qaytariladi. Toza etilenning miqdori poli-
merlanish apparatidagi bosim
yordamida muvofiqlashtirib
turiladi.
Polietilenning benzindagi suspenziyasi apparat (
13) ga uza-
tiladi va u yerda katalizator qoldiqlarini parchalash maq sadida
izopropil spirti bilan ishlanadi. Katalizator kompo
nentlari
alkogolyat (ROMet) ko‘rinishida eritmaga o‘tadi va erituvchi
bilan sentrifugaga uzatiladi. Uzluksiz ishlovchi sentrifuga (
14)
da polimer suyuqliklardan ajratib olinadi. Spirt-benzin ara-
lashmasidan iborat suyuqlik esa sentri fugadan apparat (
15)
ga uzatiladi va u yerda izopropilat natriyning 20% li eritmasi
yordamida neytrallanib regeneratsiyaga beriladi.
Polietilen pastasi sentrifugadan yuvish idishi (
16) ga uza-
tiladi va u yerda yuviladi. Polimer
oxirgi marotaba sentri-
fuga (17) da regenirlangan erituvchi yoki suv yordamida kul
47
miqdori 0,05% qolgunicha yuviladi va quritishga uzatiladi.
Quritish uzluksiz ishlovchi quritgich (
18)da qaynash qatlamida
issiq azot yordamida, polimer tarkibida 0,1% dan kam namlik
qolgunicha amalga oshiriladi. Quritilgan polimer granulalanadi
va qoplarga solinadi (9-rasm).
9-rasm. Suyuq fazada past bosimli polietilen ishlab chiqarish jarayo-
ni sxemasi:
1 – dietilaluminiyxloridni og‘irlik bo‘yicha me’yor lovchi;
2 – titan tetraxloridini og‘irlik bo‘yicha me’yorlovchi;
3 – kata lizator
kompleksini aralashtirgich;
4 – kompleksni suyuqlantirish idishi;
5 –
oraliq idish;
6 –
polimerlash apparati;
7 – gazpuflagich;
8 – markaz dan
qochma nasos;
9 – skrubber;
10 – quvurqobiqli muzlatgich;
11 – gaz
ajratuvchi apparat;
12 – suspenziya yig‘uvchi idish;
13 – kata lizatorni
parchalash apparati;
14,
17 – sentrifugalar;
15 –
polimer lanishdan
chiqqan erituvchini neytrallash;
16 – yuvish idishi;
18 – qaynash
qatlamli quritgich
AZOT
Azot
Spirt
Toza
etilen
Ishlatilgan
azot
Issiq
azot
AZOT
Benzin
Benzin
Vodorod
Katalizator
Kompleksi
Regenerirlashga
Na-
izo propilati
Polietilen
Yuvish suyuqligi
Yuvish
suyuqligi
Bug‘-gaz
aralashmasi