55
11-rasm. Polimer materiallarni tayyorlash: lentasimon
plyonkalar olish.
to‘yingan, to‘yinmagan uglevodorodlar va boshqa organik
birikmalarni yuqori haroratda parchalashda metan, etan, pro-
pilen bilan birga hosil bo‘ladi.
Etilenga boy manbalardan
biri neftni va neft sanoatining ayrim mahsulotlarini yuqori
haroratda qayta ishlashda ajralib chiqadigan gazlardir. Masalan,
neftni gaz fazasida krekinglashda, ya’ni nefr bug‘larini suv
bug‘lari bilan birga 550–600°C haroratda kontakt massa
(temir oksidi)dan o‘tkazishda tarkibida 27% gacha etilen saq-
lovchi gazsimon uglevodorodlar hosil bo‘ladi.
Tabiiy gazni
pirolizlashda ham ko‘p miqdorli etilen hosil bo‘ladi. Etilenning
hosil bo‘lish unumiga reaksiyani olib borish jarayoni ham ta’sir
qiladi. Pirolizni 880°C da olib borish natijasida hosil bo‘lgan
gazlar aralashmasida 30% etilen bo‘ladi.
56
Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri metandan ham olish mumkin.
Buning uchun juda yuqori harorat (1000°C va undan
yuqori) kerak bo‘ladi. Bunday sharoitda etilendan tashqari,
ko‘p miqdorda asetilen va etan hosil bo‘ladi. Agar reaksiya
harorati yuqoriroq bo‘lsa, mahsulot
tarkibida etilenga nisbatan
asetilen miqdori ko‘proq bo‘ladi. Etilenni etandan yoki tabiiy
gazni etan saqlovchi fraksiyasidan havo kislorodi bilan suv
bug‘i ishtirokida 600–650°C haroratda selektiv (saylanma)
oksidlab olish mumkin. Jarayonda katalizator sifatida temir
oksidi (70%) va xrom oksidi (70%) aralashmasi (qorishmasi)
ishlatiladi. Yuqori unum bilan etilen etandan,
propandan yoki
ular aralashmasidan termik kreking usulida olinadi. Jarayonda
dastlabki uglevodorodlarni inert gazlar bilan aralashtirilib,
shunday miqdordagi havo berib turiladiki, bir qism xomashyoni
yoqish natijasida ajralib chiqqan
issiqlik kreking jarayoni
borishiga xizmat qilsin:
Uglevodorodlarning yuqori haroratdagi pirolizi radikal re-
ak siyalardir. Bunga sabab uglerod–vodorod bog‘ining mus-
tahkamligi uglerod–uglerod bog‘ining mustahkamligidan
yuqo riligidir. Piroliz jarayonida uglerod–uglerod bog‘larning
uzilishi hisobiga hosil bo‘lgan radikallar yoki uglevodorod
molekulasidan vodorodni tortib oladi va barqaror birikmaga
o‘tadi, yoki olefin va boshqa radikalga parchalanadi.
Ikkala
holda ham zanjirli reaksiya boradi. Yuqori haroratdagi pirolizda
yuqori radikallar metil, etil radikallariga parchalanadi. Ugle-
vodorodning molekula og‘irligi qancha katta bo‘lsa, uning
57
bo‘laklanishi natijasida hosil bo‘lgan parchalar soni shuncha
ko‘p bo‘ladi. Masalan,
CH
3
–C°H–CH
3
+ H°
CH
3
–CH
2
–CH
3
CH
3
–CH
2
–C°H
2
+H°
CH
3
–CH=CH
2
+H° CH
2
=CH
2
+CH
4
Siklogeksanning bo‘laklanishi parchalanishning boshqa turi
bo‘lib, u kamaytirilgan bosimda 790°C
haroratda boradi va
etilen va butadiyen hosil bo‘ladi:
CH
2
CH
2
CH
2
CH
2
CH
2
CH
2
CH
2
CH
2
HC
+
HC
HC
HC
790°C
Bu holda parchalanishning yengil ketishiga sabab: molekula
tarkibida qo‘shbog‘ mavjudligidir. Olefin molekulasida ayrim
12-rasm. Turli polimerlardan tayyorlangan buyumlar.
58
bog‘larning mustahkamligi boshqa bog‘larnikiga nisbatan
harorat ta’siriga sezilarliroq bo‘ladi.
Polietilendan (yuqori bosimda olinadigan) plyonkalar,
shlang lar, idishlar, (o‘rta va past bosimda olinadigan)
quvurlar,
ap parat qismlari, suv osti kabellari va simlar, elektrizolatsiya
qop lamalari, metallarni korroziyadan himoya qiluvchi peno-
plastlar, xo‘jalik va uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlanadi (12-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: