R. I. Ismailov, M. A. Eshmuhamedov polimerlarni qayta ishlash jarayoni


Rezina aralashmasini tayyorlash texnologiyasi



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/71
Sana12.08.2021
Hajmi6,54 Mb.
#145762
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71
Bog'liq
polimerlarni qayta ishlash jarayoni (2)

Rezina aralashmasini tayyorlash texnologiyasi. Rezina 
har xil ingridiyentlarning murakkab aralashmasidir. Bularning 
har biri rezina xossalarini yaratishda o‘zining ma’lum vazi-
fasini bajaradi. Rezinaning asosi – kauchuk. Bunga har xil 
qo‘shimchalar: vulkanizatsiya qiluvchi moddalar, tezlatkich-
lar – katalizatorlar, to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, eskirishni 
kamaytiruvchilar, bo‘yoqlar va boshqalar qo‘shiladi.
Oltingugurt, magniy oksidi, peroksidlar, nitrobirikmalar 
vulkanizatsiya qiluvchilar hisoblanib, makromolekulalar ora-
sida ko‘ndalang bog‘lanish hosil qilishda to‘g‘ridan to‘g‘ri 
qatnashadilar. Bularning hajmi 5–7% ni tashkil qiladi. Qattiq 
rezinada, masalan, ebonitda 30% gacha tezlatgichlar (tiuram, 
kantaks, qo‘rg‘oshin oksidi) vulkanizatsiya jarayonini tezlatadi.
To‘ldirgichlar kauchukka ta’siriga qarab: faol va inert 
(loqayd) bo‘ladi. Faol to‘ldirgichlar (qurum – saja, kremniy 


29
oksidi) rezinaning qattiqligi, mustahkamligi va yeyilishga 
qarshiligini oshiradi. Inert to‘ldirgichlar (talk, bo‘r va boshq.) 
rezinani arzonlashtirish uchun qo‘shiladi.
Plastifikatorlar – texnik vazelin, parafin, stearin kislota, 
mineral o‘simlik moylari va boshq. 8–30% hajmni egallaydi, 
ishlashni yengillashtiradi, elastiklikni va sovuqqa chidamlilik-
ni oshiradi.
Eskirishni kamaytiruvchilar (aldol, meozon, parafin, mum 
va boshq.) eskirishni kamaytiradi, kislorodning birikishiga 
qarshilik ko‘rsatadi. Kislorod kauchukdagi ikki bog‘lanishli 
joy larga birikadi. Natijada kauchuk makromolekulalari o‘zi-
ladi, qisqaradi, egiluvchanligi, elastikligi kamayadi. Mo‘rtla-
shadi va rezina yuzasida darzlar to‘ri paydo bo‘ladi. Eskirishni 
ka 
maytiruvchilar kimyoviy va jismoniy ta’sir qiluvchilarga 
bo‘li nadi. Kimyoviy ta’sir qiluvchilar (aldol, meozon) rezinaga 
va kauchuk perekisiga kirib olgan (diffuziyalangan) kislorod 
bilan birlashib, uning oksidlanishini to‘xtatadi. Jismoniy ta’sir 
qiluvchilar (parafin, mum) yuzada plyonka hosil qilib, kislorod 
diffuziyasini qiyinlashtiradi.
Bo‘yoqlar (ultramarin) faqat dekorativ vazifani bajarmay, 
yorug‘lik tufayli eskirishni to‘xtatadi, chunki yorug‘likning 
qisqa to‘lqinli qismini yutadi.
Kauchuk hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Tabiiy kauchuk, kau-
chuk daraxtining sharbatidan (lateks) olinadi. Lateks tarkibi da 
30–37% kauchuk bo‘ladi.
Kimyoviy jihatdan toza va tabiiy kauchuk – chegaralanma-
gan uglevodorod:
— CH
2
–CH=CH–CH
2

 CH
3

n
 , bu yerda: = 1000 – 4000.


30
Tabiiy kauchuk yumshoq elastik material, zichligi 
0,91 – 0,94  g/sm
3
, organik erituvchilarda (benzin, benzol, xlo-
ro form va boshq.) yaxshi eriydi. Amorf holda bo‘ladi. Uzoq 
saqlansa kristallanadi. Cho‘zib deformatsiyalash kau 
chuk-
ni kristallantiradi. Kristallik fazaning hosil bo‘lishi uchun 
puxtalantiriladi. –70
o
C da kauchuk elastiklikni yo‘qotib mo‘rt-
lashadi, +70
o
C gacha qizdirish plastikligini oshiradi. U 200
o

da parchalanadi. Tabiiy kauchuk asosidagi rezina yuqori pux-
talikka va elastiklikka ega.
Rezina ishlab chiqarishda ko‘proq sun’iy kauchuk ishlatiladi. 
Uning xossalari ko‘proq. Sun’iy-sintetik kauchuk spirtdan, 
neftdan, neft olishdagi yo‘lakay gazdan, tabiiy gazdan olinadi.
Butadiyenli kauchuk (SKB) gaz holatidagi butadiyen ugle-
vodorodini metalli natriy ishtirokida CH
2
 = CH–CH = CH
2
 
polimerizatsiya qilib olinadi.
Butadiyenli kauchukning sovuqqa chidamliligi: –40–50°C. 
Maxsus rezinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Butadiyenstirolli kauchuk (SKS) butadiyen (C
4
H
6
) va stirolni 
(CH
2
 = CH–C
6
H
5
) birgalikda polimerlab olinadi. Sovuqqa 
chidamliligi –77°C. Turg‘unligi kam: yog‘da, yoqilg‘ilarda.
Izoprenli kauchuk (SKI) izoprenni ishqoriy metallar (litiy) 
ishtirokida polimerlab olinadi. Bulardan tashqari, xloroprenli, 
butadiyennitrilli, ftorli, polisulfidli kauchuklar bor.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish