Savol va topshiriqlar:
1. Xalq dostonlarining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsating.
2. Xalq dostonlarining turlarini ayting.
3. Dostondagi shе’rlarda bo‘g‘inlar sonining oz-ko‘pligi sababini tushuntiring.
II bob. O‘zbek adabiyoti tarixi
http://eduportalAlisherNavOIY (1441—1501)
Sharqda xamsachilikning o‘ziga x s ta ixi va an’anasi mavjud. “Xamsa” yozishni ozarbayjonlik ulug‘ sh ir Niz miy Ganjaviy bosh-lab bergan. Lekin u bu asarini avvaldan niyat qilib, ma’lum bir reja asosida yaratmagan. Nizomiy 1173—1179- yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazi-nasi”) nomli pandnoma yozadi. 1180—1181- yillarda Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ning iltimosiga ko‘ra “X srav va Shirin” dostonini yarata-di. 1188- yilda Shirvonshohlar an Axsatan I Nizomiyga “Layli va Majnun” dostonini yozishni buyura i. 1196- yilda hukmdor Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan Bahrom haqida “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”) yoziladi. 1196—1201- yillarda “Iskandarnoma” yaratila-di. Shu tariqa 1173—1201- yillar oralig‘ida – 28 yil davomida muallif-ning besh dostoni dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan so‘ng adibda turli yil-larda bitilgan bu dostonlarni jamlab, yagona bir nom bilan atash fikri
g‘ilgan va “Panj ganj” (“Besh xazina”) nomi bilan mashhur bo‘lgan birinchi “Xamsa” vujudga kelgan.
Nizomiydan yuz yildan so‘ng asli shahrisabzlik turkiy qavmlar avlodidan bo‘lgan Xusrav Dehlaviy (1253—1325) o‘zining “Xamsa”sini 1299—1301- yillarda yozib tugalladi. U “Matla ul-anvor” (“Nurlarning bos lanmasi”), “Shirin va Xusrav”, “Majnun va Layli”, “Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”), “Oyinayi Iskandariy” (“Iskandar oynasi”) dostonlari ni yozib, Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada adabiyotda xam-sachilik an’anasi paydo bo‘ldi.
Shunga ko‘ra har bir asar “Xamsa” deb atalmog‘i uchun:
besh dostondan tashkil topmog‘i; b) birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo‘lmog‘i; d) ikkinchi-si, Xusrav va Shirin mojarolariga bag‘ishlanmog‘i; e) uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog‘i; f) to‘rtinchi doston shoh Bahrom va beshinchisi Iskandar haqida yozilmog‘i shart edi.
Dehlaviydan qariyb 200 yil keyin ikki buyuk xamsanavis — Jomiy http://eduportalvaNavoiymaydongachiqdi.Jomiyavvalquyidagibeshasarni yozdi:
“Tuhfat ul-ahror” (“Erkinlar tuhfasi”), “Sabhat ul- bror” (“Y xshi ar tasbi hi”), “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “Xir dnom yi Iskandariy”. Bu besh asarni 1485- yili yozib tugalladi. Keyin “Silsil t uz-zahab”, “Salomon va Absol” asarlarini qo‘shib, “Xams ”sini ye ti dostonga yet-kazdi va “Haft avrang” (“Yetti taxt”) deb atadi.
Alisher Navoiyning “Xamsa”si b shqala dan farqli ravishda ona tilida – turkiy tilda yozildi. Bunday ulkan, katta jasorat talab qiladigan mas’uliyatli ishga daho ijodkor Nav iygina jur’at qila olardi. Adibning fikricha, xalqqa uning o‘z tilida, unga manzur bo‘lgan asar yaratishi lozim. Shuning uchun “Layli va Majnun” dostoni xotimasida Nizomiy va Dehlaviyni ta’riflar ekan, t rkiy tilda “Xamsa” yozishning sababini shunday izohlay i:
...Gar nuktalari1 jahonni tutti,
G‘avg‘olari ins- jonni tutti.
Chun forsiy rdi nukta shavqi,
Ozroq di anda turk zavqi.
Ul til bila nazm bo‘ldi malfuz2,
Kim forsiy anglar o‘ldi mahzuz3.
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasona4ni hikoyat.
Kim shuhrati jahonga to‘lg‘ay,
Turk eliga dog‘i5 bahra bo‘lg‘ay
1Nuktа – so‘z, bu yеrdа ijоd, аsаrlаri mа’nоsidа qo‘llаngаn; 2Мisrаning mа’nоsi:
Do'stlaringiz bilan baham: |