ODIL YOQUBOV (1927—2009)
Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotidagi yetakchi yozuvchilaridan biridir. U tabiatan faol, jamoatchi shaxs bo‘lgan. Odil Yoqubov jamiyat ishiga butun hayotini tikib, shu yo‘lda qurbon bo‘lgan kishining farzan- di hisoblanadi.
Hujjatlarda Odil Yoqubovning 1926- yilning 20-oktyabrida Turkiston viloyatining Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgani qayd etilgan. Aslida esa u 1927- yilda dunyoga kelgan. Otasi - ishchan tashkilot- chi, tadbirkor va o‘qimishli ziyoli Egamberdi Yoqubov o‘z vaqtida mus- tabid tuzumning ishongan kishilaridan bo‘lib, Qozog‘istonda mas’ul lavozimlarda ishlagan. Keyinroq shaxsga sig‘inish avj olgan davrda avval amalidan pastlatilgan, so‘ng 1937- yilda qamoqqa olingani- cha, qaytib kelmagan. Bo‘lajak adib ikkinchi jahon urushi ketayotgan 1944- yilda o‘rta maktabni bitiradi.
Asli 1927- yilda tug‘ilgan Odil Yoqubov 1945- yilda o‘zini 1926- yilda tug‘ilgan va o‘n sakkiz yoshga kirgan qilib ko‘rsatib, o‘z arizasiga ko‘ra ko‘ngilli ravishda Ikkinchi jahon urushiga jo‘naydi. U avval Uzoq Sharqda xizmat qilgan, so‘ng Mo‘g‘ilistonning cheksiz Gobi cho‘lini pi- yoda bosib o‘tib, Yaponiyaga qarshi olib borilgan janglarda qatnash- gan. Insoniyat erki va ozodligi uchun bo‘lgan janglarda shaxsan qat- nashishni or-nomus masalasi hisoblagan romantik yigit urush tuga- gandan so‘ng ham yurtga tezda qayta olmaydi. Uni 1950- yilga kelib- gina uyga jo‘natishadi.
O. Yoqubov 1951—1956- yillarda SAGU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetining rus tili va adabiyoti bo‘limi-
da o‘qiydi. O‘qishni tugatgandan keyin 1959- yilgacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib ishlaydi. Bolalikdan rus adabiyoti bilan tanish bo‘lgan, besh yillik harbiy xizmatda, yana besh yil universitetda rus tili va adabiyotini puxta o‘rgangan O. Yoqubov 1959—1963- va 1967—1970- yillarda butunittifoq miqyosida bosilib chiqadigan “Literaturnaya gazeta”ning O‘zbekistondagi muxbiri sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1970—1982- yillar orasida “O‘zbekfilm” kino- studiyasida, Respublika kinematografiya qo‘mitasida bosh muharrir, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o‘rinbosari la- vozimlarida mehnat qiladi.
1982- yildan 1989- yilgacha “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligining bosh muharriri bo‘ladi. 1989—1996- yillarda esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi sifatida faoliyat ko‘rsa- tadi. Bu davrda adib shaxsiyatiga xos kengfe’llik to‘la namoyon bo‘ldi. U o‘zbek yozuvchilariga tegishli sharoit yaratish, ularga ijod erkinligi berish borasida katta ishlarni amalga oshiradi.
Odil Yoqubov 1996—2004 yillarda Atamashunoslik qo‘mi- tasi raisi, 2005- yilgacha Markaziy Osiyo xalqlari madaniya- ti Assambleyasining vitse prezidenti vazifalarini ado etgan. Ulkan yozuvchi 2009- yilning 21-dekabrida Toshkent shahrida vafot etdi.
Adibning ilk asari “Tengdoshlar” qissasi harbiy xizmatda ekani- da yozilgan va 1951- yilda “Sharq yulduzi” jurnalida bosilib chiqqan. Keyinroq adib “Chin muhabbat”, “Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim”, “Yurak yonmog‘i kerak”, “Olma gullaganda” kabi qator drama- tik asarlar yaratgan. Uning bu asarlari Hamza nomidagi Respublika akademik drama teatri (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teat- ri)da sahnalashtirilgan. 1956- yilda “Ikki muhabbat” nomi bilan nas- riy asarlar kitobi bosildi. Keyin birin-ketin “Muqaddas”, “Bir feleton qissasi”, “Tilla uzuk”, “Larza”, “Qanot juft bo‘ladi”, “Billur qandillar”, “Izlayman”, “Matluba”, “Qaydasan, Moriko” singari ko‘plab qissalari chop etildi.
Adib dramaturgiya, hikoya va qissachilikda qalamini charx- lagach, roman janrida ham bir qator asarlar yaratdi. Uning “Er boshiga ish tushsa”, “Diyonat”, “Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna dunyo”, “Oqqushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili”, “Osiy banda” kabi ro-
manlarida turli davrlarda yashagan turfa odamlarning ruhiy olami, ma’naviy dunyosi, iztirob-u quvonchlari mahorat bilan o‘ta ta’sirli aks ettirilgan.
ULUG‘BEK xAzINASI
Do'stlaringiz bilan baham: |