Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet57/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

1 Chize - jinday ozgina.
Odamlar o‘zaro shivirlashib, Navoiyning ishlari, hayoti, sifatlari haqida so‘zlasharkan, amirlarga xos jubbaviy tillodo‘zini kiygan shoir hovlida paydo bo‘ldi. Hamma qo‘l qovushtirib ta’zim qildi. Navoiy xalqning salomiga javob qaytarib, tezgina yurib, katta xonaga kirdi. Odamlar eshik oldini o‘rab, kissalaridan, sallalari orasidan qog‘ozlari- ni qidira boshladilar. Yondosh xonalarning biridan yosh, mag‘rur kotib chiqdi-da “Sabr! Sabr!” dedi xalqqa qarab, keyin Navoiy kirgan xona­ga qarab yurdi.

  • Bu kun xalq juda ko‘p, — dedi yosh kotib salom bergandan keyin, — barchasini qabul qila bilurmusiz?

  • Anglamadim, ne demak istaysiz?

  • Agar vaqtlari musoida qilmasa, bir qism xaloyiqqa boshqa kun kelmoqni taklif etsam, degan fikr xotirimga keldi.

  • Barakallo g‘ayratingizga! — istehzo bilan xitob qildi Navoiy.

  • Bizda shunday odatni biron vaqt ko‘rganmidingiz?

Yoch kotib ko‘zlarini yerga qadadi, bir nafasda ham oqardi, ham qizardi.

  • Siz hali yosh yigitsiz, — dedi Navoiy endi muloyim, lekin jid- diy, — mansab poyasida balki yuqorilashursiz. Shu so‘z xotiringiz- ga naqshlanib qolsinki, elga bu yo‘sinda muomala va xizmat qilmoq oqillarning ishi emas.

Kotib boshini bazo‘r ko‘tardi. Uzr tilab, chiqmoqchi bo‘ldi. Navoiy uni to‘xtatdi. Yordamchilari yetib kelguncha, bu yerda o‘tirib, unga qa- rashmog‘ini so‘radi. Kotib bir oz tetiklandi. Quyida, yozuv ashyolari turgan pastgina kursi oldida tiz cho‘kdi.
Dastlab juldur kiyimli, kir qalpog‘ini ko‘ziga qadar tushirgan, o‘rta yashar dala kishisi qo‘l qovushtirib kirdi-da, salobot bosib, dovdirab qoldi.

  • O‘tiring, muddaongizni so‘ylang, — dedi Navoiy xushmuo- malalik bilan.

Dehqon eshik oldida cho‘qqaydi, qalpog‘ini sal ko‘tardi.

  • Boshimga bir falokat tushib, Isfizordan keldim... — dedi-da, birdan so‘radi: — Hammasini aytaymi, uzun gap?

  • So‘ylang, — kulib javob berdi Navoiy.

  • Bisotimda birgina otim bo‘lardi. Yomon emas, korimizga ya- rab turardi. Bir kun, ne bo‘ldi-yu qishlog‘imizga bir otliq sipohi kirib

keldi. Orqasida xushsurat bir bola... Men otimni sug‘orib, yuvib turgan edim. Qarshimda to‘xtadi. “Otingni egarlab ber, manov inimni mindi- rib olayin, tez orada Hirotdan qaytamen, shunda tashlab ketamen”, dedi. Men yalindim: “Bek yigit, ayni ish chog‘i, iloji yo‘q. Boshqalardan so‘rab ko‘ring, topilmasa, shunday ketavering, bu arg‘umog‘ingiz bi­lan Daryoyi Sho‘rgacha yetasiz”. “Yo‘q, — dedi. — Ovda yurib, otim ko‘p urindi. Barcha Hirot meni taniydi. Qozizodalardanmen”, — dedi. Hukumatga ot-ulov bermoq eskidan bir taomil. Otni egarlab, jilo- vini unga tutqizdim... xullas, ikki oydan buyon u qozizoda qurg‘ur- dan domdarak yo‘q. O‘n kun burun eshakka minib, Hirotga keldim. Kirmagan ko‘cham, so‘ramagan odamim qolmadi. Topish qayda! Bu yetmaganday, yana bir falokat oyog‘imdan chaldi: uch kun burun eshagimni o‘g‘irlatib qo‘ydim. Mahkamalarga kirsam, arzimni tingla- madilar. Sizga sig‘inib keldim, taqsir.
Dehqon og‘ir xo‘rsindi. Navoiy asta tebrandi.

  • Birodar, sizga bir balo yo‘liqibdi, mayli, kim bo‘lmasin, qozizo- dami, sipohimi — u bir ofat... Bu yanglig‘ ovchilar ko‘p, ularning o‘zlari ovchining itiga arzimaydilar. Ismini bilmaysizmi?

  • Aytdi, Tojiddin...

Navoiy kotibga qarab, Qilichbekni chaqirishni buyurdi. Keyin kulib, dehqonga murojaat etdi:

  • Otingiz topilur. Chin ismini yashirgan bo‘lsa, qiyofatini aytur- siz. Ammo eshakni oqtarmoqdan foyda chiqmasa kerak. Qaysi sho‘razorda, qaysi og‘ilda! Faqat eshakni yo‘qotganingizni bizga isbot qila olasizmi?

  • O, nahotki bu qulingiz yolg‘on so‘zlasa! Karvon saroyda yuz kishi desangiz ham guvohlikka o‘tur.

  • U holda eshakning bahosini biz to‘laymiz, — dedi Navoiy. — Lekin bundan keyin ehtiyot bo‘lmoq kerak. Elning bir so‘zi bor: o‘zing- ga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma!

Dehqon, Navoiy so‘zlarini aqlga sig‘dirmaganday, dovdirab qoldi.

  • Qanday gap? Kim to‘laydi? Siz? Yo‘q, jabrini o‘zim ko‘taray,

  • qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi u.

Baland bo‘yli, keng yag‘rinli, qirg‘iy burun yigit — Qilichbek kir- di. Navoiy bir necha so‘zda dehqonning muddaosini tushuntirdi. Keyin
buyruq yo‘sinda dedi: “Bu dardkashni qoniqtirmaguncha, hargiz orom olma, jahannam ostida bo‘lsa ham, u zolimni top va jazosini ber!”
Qilichbek dehqonni yupantirdi:

  • U odam bizga otning qashqasiday ma’lum. Yuring biz bilan.

Navoiy ularni to‘xtatdi. Eshakning bahosini so‘radi. Keyin o‘zi- ning xususiy mulozimlariga uchrashib, dehqonga pul olib berishni Qilichbekka yukladi. Dehqon shodlik va hayajon bilan to‘la, qulluq qi- la-qila chiqdi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish