Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet54/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

1 Tarabxona - bazm qilinadigan joy.
Pahlavon qalin lablari bilan so‘zni asta o‘lchab kesib, gushtgirlik1 ilmi haqida qiziq ma’lumotlar berdi. Hozir o‘zining o‘n sakkiz yashar jiyanini vaqtincha madrasadan olib, ilk bahorda chetdan ke I ishi kutil- gan mashhur pahlavonlar bilan kurashga solmoq uchun uni tayyor- layotgani, qanday usullar qo‘llayotgani to‘g‘risida gapirdi. Keyin so‘z she’r, musiqiy, darveshlik falsafasi va hokazoga o‘tdi.
Xoja Afzal kirib, Navoiyni podshohning yangi qarori bilan tab- rikladi. Pahlavon va boshqalar Navoiyning amir bo‘lgani haqidagi xabarni katta quvonch bilan qarshiladilar. Bu gapning darrov tarqal- ganiga Navoiy taajjublanib qoldi. Pahlavon dag‘al, baquvvat soqolli keng yuzidagi samimiy tabassum va hayajon bilan dedi:

  • Bu — ko‘hna Xuroson tarixining oltin sahifasidir!

  • El baxtining tug‘ilgan kuni, — dedi Xoja Afzal.

Har kim o‘z quvonch ham orzularini bildirib turarkan, Majididdin, Nizomulmulk, Amir Mo‘g‘ul va bir ko‘p beklar va a’yonlar kirish- di. Ular shoir bilan, go‘yo hech nimadan xabarsiz kabi ko‘rishdilar. Lekin ko‘zlarining ma’nosi, tashvishli yuzlari bo‘shashgan harakat- lari voqeadan ularning ogoh ekaniga guvohlik berardi. Parvonachi Majididdin hozir, hamma vaqtdagidan ko‘ra, ortiqroq kekkayishga ti- rishardi. Qimorboz Amir Mo‘g‘ul parvonachiga qarab, mast ko‘zlari- ni ma’nodor qisib qo‘ydi. Majididdin ham unga imo bilan javob ber­di. Har vaqt yasanib-tusanib, tovusday tovlanib yuradigan, sersavlat, ayyor Nizomulmulkkina o‘zini Navoiyga sirdosh ko‘rsatishga tirishdi, unga yaqin kelib, shivirlab tabrikladi.
Shoir kinoya bilan kuldi-da, hammaga eshittirib, dedi: “Fikrimcha, rutbalarning, mansablarning past-ba I andi yo‘q. El xizma- tida hamma rutbalar sharaflidir. Yurt uchun hatto navkarlikni ham if- tixor bilan bo‘ynimga olar edim!” Nizomulmulkning ko‘zlari atrofga ayyorcha jovdiradi. Yirik yoqut ko‘zli uzuklar taqqan barmoqlari bilan ko‘rkam soqolini silab, boshini vazmin chayqadi:

  • Albatta, shunday bo‘lmog‘i kerak!

Ko‘p o‘tmasdan, mulozimlar kelib, chog‘ir bazmiga taklif etdilar. Hamma “gurr” etib qo‘zg‘aldi.
1 Gushtgirlik - kurash.
Uchinchi kun Navoiyning uyida katta tantana bo‘ldi. To‘rdagi katta oq uyda odam ko‘p, xizmatkorlar o‘z yumushlarini iftixor bilan bajaradilar. Uy sohibi — shoir, o‘z odaticha, bir nafas qo‘nmaydi. Keluvchilarni ochiq yuz bilan kutib oladi. Dam sekingina oshxonaga kirib, oshpazlar ishini ko‘zdan kechirib chiqadi, uni-buni o‘rgatadi, es- latadi. Dam hujralarga bosh suqib, tayyorlanayotgan halvo va har nav shirinliklarni surishtiradi; yaxshiroq va mo‘lroq tayyorlashni uqtiradi. O‘z uyida xalq to‘plangan vaqtlarda u aksari shunday kuyunchaklik ko‘rsatar, qo‘ldan kelgancha mehmondo‘stlik qilishga, iltifoti, muoma- lasi bilan har kimning ko‘nglini ko‘tarishga tirishar edi.
Yasog‘liq katta oq uyda beklar, yuqori mansabdorlar, dongdor shoirlar, Hirot, Iroq, Ozarbayjon olimlari o‘tirishar edi. Odam ko‘p bo‘lganidan suhbat umumiy mavzuga ko‘chmagan; har kim o‘z atro- fidagi odamlar bilan dilkashlik qilar edi. To‘rda bosh bek Muzaffar barlos bilan Muhammad Burunduq barlos va Jahongir barlos jang ham ov haqida so‘zlashardi. Navoiyning yordami bilan moddiy ah- voli yaxshilanib, endi ilm dunyosiga ancha tanilgan Sultonmurod bir Iroq olimi bilan arab tilida sekin suhbatlashardi. Dovdirab qolgan, kichkina keksa munajjim bilan dov gavdali Muhammad Sayid pahla- von juda inoq gaplashardi. Podshohning bu qari munajjimi baxt va falokat, yaxshilik va yomonlik, omad va omadsizlik — hammasining vaqt-soatini yulduzlarnnig sirli va tekin maslahati bilan, mashaqqat chekmasdan, tez tayinlab, belgilab berardi. Ulug‘bek o‘z tekshirishlari bilan, Navoiyning ta’biricha, osmonni pastga tushirgan, ya’ni sayyora- larning harakat qonunlarini insonlarga tanitgan bo‘lsa, bu chol os- monning cheksiz uzoqligiga yana benihoyat uzoqlik qo‘shib, uni qalin sir pardasiga chulg‘agan edi. Kambag‘al bo‘z ishtonini qay soatda bi- chishi, qay soatda kiyishi kerak? Podshoh oltin taxtga qay kun, qay soatda o‘tirishi kerak, sevikli qizga qay soatda muhabbatnoma yoz- moq kerak? Dushmanni o‘ldirmoq uchun qay soatda zahar tayyor- lamoq kerak? Chol bularning hammasiga yulduzlarning javobini olib beradi. Saroyda katta tantanali ishlar eskidan buyon munajjimlar- ning ko‘rsatgan vaqtida bajarilishi bir an’ana bo‘lib qolganidan, bu kun
Navoiyning amir sifatida muhr bosish kun va soatini ham u tayinlagan edi.

  • Bizning ilmimizda tangrining har kuni uchun bir yulduz pod­shoh, bir yuluz vazir bo‘lur, — dedi ko‘rsatkich barmog‘i bilan ta’kid- lab munajjim. — Bukun koinotda Shams — podshoh, Qamar vazirdir. Asli mohiyatiga diqqat etingiz, barcha shuhratli ishlarning kuni ush- budir. Alisher Navoiy janoblarining muhr bosmoqlik soatiga Zuhroni tayin qildim.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish