1 Hakimi hoziq - mohir, usta tabib.
Bundan so‘ng butun Xurosonda jamiki fuqaro tirikchiligini nazarda tutib, zakotni isloh etmoq kerak. Bu idorani shiraga o‘ch chirkin pashshalardan tozalamoq zarur! Takror aytamanki, elning qahri, g‘a- zabi asoslidir. Uning ovoziga quloq solmoq, shikoyatlarini sabr-toqat bilan tinglamoq vazifamizdir.
Majididdinning rangi quv o‘chib, tili kesildi. Hamsuhbatlar yer ostidan bir-birlariga ma’nodor qarab olishdi.
Ish siz degan haddan o‘tibdir! — keskin e’tiroz qildi Husayn Boyqaro, — Bizning xizmatimizda bo‘lgan zotlarni sangbo‘ronga tut- moqni saltanat tojiga otilgan haqorat, deb bilgumizdir. Ariza bilan shi- koyat qilsinlar, nainki, poytaxtda g‘alva ko‘tarmoq!..
Bizga qolsa, aslo! — yashirin bir kinoya bilan kulimsirab gapirdi Navoiy. — Saltanat tojini, quyosh yanglig‘, samovot doirasi- da biling. Nainki Xo‘ja Abdullo Xatibdek bir xomtama, ajdarnafsning boshiga tushgan toshni saltanatga nisbat berursiz. Bir zolimning boshi shikast topgani uchun el ustida tig‘ o‘ynatmoq faqirning xotiri- ga andog‘ keladirkim, davlatingizda har nav darranda va gazandalar- ning quyrug‘ini ko‘tarur... Modomiki, xaloyiq qo‘lga tosh olibdir, uning ko‘nglida dardi bordir. Bu dardni tahqiqlamoq, adl suvi bilan yuvmoq, davolamoq lozimdir.
Husayn Boyqaro sukut qildi. U taraddudda edi. So‘ng qiyiq, tez o‘ynaydigan ko‘zlarini shoirga tikib, g‘amgin holda dedi:
Xo‘ja Abdullodek ko‘rnamakni jazoga tortg‘umizdir, bunga zarra shubha qilmangiz. Ammo poytaxt osoyishtaligini buzgan ahli fitna va fasod ham jazodan xoli qolmasligi lozim... Loaqal siyosat yu- zasidan bir nima jarimaga tortilsalar, istiqbolda bu kabi g‘alayonlar takror bosh ko‘tarmagay...
Navoiy yashirin, ichdan xo‘rsindi. Podshohning bema’ni o‘jarligi- ni sindirish uchun jasur bir ohang bilan dedi:
Shoho, xalqning molini, jonini bo‘rilar ixtiyoriga topshirilsa, ular bu qonxo‘r maxluqlar dastidan fig‘on ko‘tarsa, ularga quloq sol- maslik adl-insofdan emas. Tahdid va siyosat emas, mehribonlik dar- kor. Xalq bilan bo‘lg‘usi muomalada qilichga emas, adl kuchiga su- yanmoq, xalqni jabr-zulmdan qutqarmoq lozim. Zero, xalq shundog‘ bir daryoyi azimki, u toshsa, aning mavjidan na shohning qasri, na darveshning kulbasi qolur, u shundog‘ bir o‘tki, uning bir uchquni tu-
tashsa, na xashakni qo‘yar, na falakni... Bas, yaxshilik qilmoq kerak: elning, yurtning baxti barqaror bo‘lsa, saltanat ham bexatar bo‘lur.
Shoirning mantiqi qarshisida podshoh har qanday e’tirozdan ozod qolgan edi. Lekin ba’zi beklar va kengashchilarning ra’yiga ters bo‘lgan bir qarorni chiqarishga botinqiramas edi. Ikkinchi tomondan, Mirzo Yodgor kabi dushman bartaraf qilinmagan va uning tarafdor- lari ko‘payib turgan bir sharoitda davlatning yuragi bo‘lgan Hirotdagi g‘alayonni ildamlik bilan tugatish zarur edi. Husayn Boyqaro yana bir qancha vaqt masalani muzokara qildi. Shoir o‘z fikrida mustahkam ekaniga qanoat hosil qilgach, nihoyat, qat’iyat bilan dedi:
Mulohazalaringizni batamom qabul qildik. Bu nozik vazifa- ning uhdasini sizga havola etmoqchimiz. Inshoollo, siz kabi kordon1 va sohibi tadbir2 bir zot poytaxtimizda sukut va osoyishtalikni tez kunda barpo qilur. Hozirdan safarga otlanmoqqa sizga ijozat berdik.
Navoiy el foydasi va davlat manfaati uchun bo‘lgan bu vazifaga, o‘z odati bo‘yicha, e’tiroz qilmadi. Yengil ta’zim bilan o‘z roziligini bildi- rib, tabassum qildi-da, sekingina dedi:
Poytaxtdagi alamdiyda xaloyiq uchun bu faqir na sovg‘a bilan borur? Elning jarohatlarini ne malham bilan davolar?
Jumla olamga ma’lumki, men podshohmen, tabib emasmen!
hazil yo‘sin javob berdi Husayn Boyqaro.
Navoiy hazil-mutoyibani sevguvchi, zavq bilan tinglab, chechan- lik bilan chuqur javob berishga mohir bo‘lsa ham, hozir kulibgina qo‘ydi ham so‘zini jiddiy davom ettirdi:
Ko‘ngilga shunday muqarrar bo‘ldikim, dorilxalofat3 fuqa- rosi qoshiga yetgach, faqir ularni hech narsa bilan quvontirmoqdan ojiz qolgaymen. Maqsadimizni ravshan qilib aytsak, bizni farmoni hu- moyun bilan sarafroz qilsangiz ekan.
Mazmuni qanday bo‘lmog‘i kerak? — qiziqdi podshoh.
Shul mazmundakim, — dedi Navoiy, — farmoni oliyning har bir so‘zi ko‘ngillarga quyoshdek hayot bag‘ishlagay. Har bir nuqtasida, qatorida, daryo pinhon bo‘lgani kabi, sizning daryoyi adolatingiz jil- valangay. Yana ul farmonda shunday so‘zlar bo‘lmog‘i kerakkim, ular
zolim, munofiq amaldorlar, ulus molini g‘asb etuvchilar boshiga sang- bo‘ron bo‘lib yog‘ilgay.
Husayn Boyqaro indamasdan, ayyorcha kulib qo‘ydi. Keyin yengillanib, Hirotda bajarilishi kerak bo‘lgan boshqa ishlar to‘g‘risida so‘zladi. Nihoyat, shoir ruxsat tilab, o‘rnidan qo‘zg‘alar ekan, u dedi:
Yo‘l tadorikiga kirishing. Farmonni tezda muhayyo qilib, sizga topshirurmiz.
Navoiy asta-asta yurib, o‘z chodiriga keldi. To‘nini yechib, bir nafas istirohat qilmoqchi bo‘ldi. Lekin u butun borlig‘i bilan hozir Hirotda edi. Uning boshini turli fikrlar, rejalar qopladi.
Xizmatchi hammaga qaynatilgan yalpi qozondan taom keltir- di. Shoir ozgina et yeb, kosani chetga surdi. Sharbat o‘rniga bir kosa sovuq ayron talab qildi. Kitoblar taxlangan pastak kursida yotgan va kitoblar ichiga suqib qo‘yilgan shaldiroq, oqsimon va rangli qog‘ozlar- ni to‘plab, tartibga solib, kichkina, har yoni o‘ymakor tasvirlar bilan muzayyan fil tishi qutiga soldi. Bular safarda bitilgan, hali oqqa ko‘chirilmagan g‘azallar, muammolar, tuyuqlar edi.
Yo‘l jabdug‘i tayyor bo‘ldi. Farmonni shoir ko‘zdan kechirib, uning mazmunidan rozi bo‘ldi. So‘ng, uni naychaday buklab, ustini muhrlatib, sallasining bir chekkasiga qistirdi. Mulozimlar uning yu- vosh, lekin jussasi juda kelishgan yo‘rg‘a qorabayir otini ko‘ndalang qilishdi. Shoir bilan birga borishi tegish bo‘lgan hamrohlar ham tayyor bo‘ldi. Bularning orasida shoirning sadoqatli navkari Boboali — bar- vasta qomat, aqlli, boadab yigit ham bor edi. Navoiy duxoba ko‘rpa- cha tashlangan egarga o‘tirishi bilan ot boshini chiroyli silkib yurib ketdi. Uning orqasidan Boboali va bir necha saroy mulozimlari, man- sabdorlar yo‘lga tushdilar.
Shoir otda yurishni, sokin dala manzaralarini tomosha qilish- ni sevar, hatto ba’zan ot ustida ilhomga berilib, g‘azallar to‘qir edi. Uzoqdan, mayin, ko‘kimtir tuman pardasida sokin jilvalangan tog‘lar, havoda bir to‘p ko‘lanka kabi g‘ira-shira ko‘ringan daraxtzorlar, qum- liklarning qizg‘inidan oyog‘i kuygan kabi zir yugurgan shamollar, may- da toshliqlar orasidan mildir-mildir qaynab chiqqan tiniq suvlar ham- ma narsa shoirning ko‘nglini to‘lqinlantirar, u hamma narsada ulug‘, lekin yashirin bir kuchning go‘zal va azamat ohangini tuyganday bo‘lar edi.
Navoiy obod joylardagi ekinlarga, mevazor bog‘chalarga diqqat qildi. Adirlardagi podalarga, dahshatli qoyalar va cho‘qqilar ustida sakrab, toshlar orasida o‘t chimdib yurgan echkilarga suqlanib qaradi. Ko‘chmanchi afg‘on va boshqa qabilalarning chodirlariga, sahroyi, sodda hayotning xususiyatlariga razm soldi. Bu qabilalarning tillari, maishatlari, odatlari haqida hamrohlari bilan so‘zlashdi.
Navoiy Hirotga kirishi bilan uning maxsus farmon olib kelganligi butun shaharga yashindek tarqaldi. Hamma uni tezroq eshitish orzusi bilan yondi. Hirot, tashdan qaraganda, avvalgiday tinch, hamma o‘z tirikchiligi bilan mashg‘ul bo‘lganday ko‘rinsa ham, lekin kosib-hunar- mandlar, dehqonlar hali g‘azabdan tushmagan edilar. G‘alayon av- valgidanda dahshatliroq va keskinroq bir miqyos va shiddat bilan har lahza mavjlanishga tayyor edi.
Shoir devonga kelib tushdi. Voqeaning qanday ro‘y berganligini mufassal o‘rgandi. Xo‘ja Abdullo ham boshqa ma’murlar tomonidan xalqqa solingan zakotni bekor qildi. Bu ishda aybdor mansabdorlar- ni mansabdan bo‘shatdi. Keyin arz-dod qilg‘ali eshikda to‘plangan kambag‘al aholini qabul qilishga kirishdi. Yoshmi, keksami, ayolmi, tojik, o‘zbek — har kimning shikoyatini sabot-matonat bilan tingladi. Shikoyatchilarning hol-ahvollariga doir savollar berdi, ularni yupantir- di, da’volarini hal qildi. Shoirning qoshiga yig‘lab kirganlar tabassum bilan, bukchayganlar adolat kuchi bilan ruhlanib, qadlarini rostlab chiqdilar.
Hirotning ulug‘ masjidi jome’ning xonaqosi, qulochga sig‘mas yo‘g‘on ustunli naqshkor ayvonlari, katta, tekis hovli sahni, jome’ning uch tomonini o‘ragan qator hujralarning tomlari, minoralar xalq bilan liq to‘la edi. Juma namozidan so‘ng shoir asta, ulug‘vor yurib, min- barga chiqdi. Hamma birdan “guv” etib o‘rnidan turdi. Tiq etgan to- vush yo‘q. Hamma ko‘zlar chuqur hayajon bilan bir nuqtaga tikil- gan. Navoiy minbarda turib, bir tuyg‘u, bir hayajon bilan jim qotgan xalqqa darddosh ko‘zlarini yugurtirib chiqdi. Shoir farmonni ochdi, sezilar-sezilmas titragan qo‘lida tutib, kuchanmasdan, ovozini odat- dagidan balandroq qo‘yib, asta-vazmin o‘qidi. Birdan yalpi g‘ovur- g‘uvur ko‘tarildi. Xalq o‘z taassurotini, ko‘ksida siqilgan his va fikrlar- ini ifoda etishga kirishdi: “Yo, adolat!’ “Inshoollo”, “Zolimlarga la’nat!”, “Ofarin!” sadolari hamma yoqni tutdi.
Farmonning mazmuni bir zumda og‘izdan-og‘izga o‘tib, orqa- dagilarga, hatto jome’ tomidagilarga ham yetgan edi. Shoir to‘lqin- lanib, qisqa, ma’nodor, samimiy nutqini bitirgan hamon minglarcha qo‘llar — dehqonlarning g‘adir-budur baquvvat qo‘llari, bo‘yoqchilar- ning ko‘m-ko‘k panjalari, bo‘zchilar va boshqa hunarmandlarning in- gichka suyakli barmoqlari havoga ko‘tarildi. Navoiy haqiga aytilgan duo va tilaklar gumburlab, jome’ning azamat peshtoqlarini yangratdi...
Odamlar quvonch bilan ko‘chaga oqdi. Elning umumiy xur- sandchiligi bilan adolat so‘zining kuchiga chuqurroq ishongan shoir hammadan keyin qolib, madrasalar va mullabachchalarning ahvo- li to‘g‘risida shaharning ulug‘ olimlari, mudarrislari bilan suhbatlash- di-da, yolg‘iz o‘zi devonga qaytdi. Xalqqa jabr-sitam yetkazgan man- sabdorlarni ro‘yxatga olib, har birini o‘z gunohi va jinoyatiga yarasha jazo va jarimaga tortmoqqa tayyorlandi.
Butun Hirot shoirning haqiqati bilan yashar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |