Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet49/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

II
Shoir tevaragini Shirim qorovul boshliq maxsus posbonlar qo‘riqlagan hashamatli ipak chodirga kirdi. Zarrin to‘shakda o‘tir- gan Husayn Boyqaroga ko‘zi tushishi bilan uning vaziyatini alla- nechuk boshqacha sezib, hayratlandi-da, rasmiy ta’zimdan so‘ng, podshohning ishorati bilan unga yaqin o‘tirdi. E’timodli1 beklar, va- zirlar yo‘q. Muqovasi ajoyib go‘zal yangi bir kitobni tizzasiga qo‘yib, shoir Hasanali Jaloyir o‘tirardi. Har xil bahona bilan podshoh qoshi­ga kirishga, u bilan suhbatlashishga tirishgan Majididdin Muhammad undan quyiroqda gerdayib, tiz cho‘kkan. Bulardan tashqari, vazifasi har vaqt podshoh huzurida hozir bo‘lish ham uni zeriktirmaslik uchun har nav latifa va hikoyalar to‘qishdan iborat bo‘lgan ikki-uch ham- suhbat endi podshohning g‘azabli ko‘zlarini uchratmaslikka tirishar edi. Navoiy bunda anglashilmas bir sir ko‘rmadi. Chunki vaziyatning og‘irligini bilar edi. Mirzo Yodgor jangda qattiq mag‘lub bo‘lgan esa- da, Husayn Boyqaroning g‘alaba shodliklari uzoq cho‘zilmadi. Keyingi vaqtlarda har kun bir-biridan sovuq xabarlar eshitila boshlandi: “Mirzo Yodgor ko‘p lashkar to‘plagan emish, Amir Hasanbek unga muncha ming navkarni ko‘makka yuborgan emish, Xurosonga hujum uchun Sulton Mahmud qo‘shin bilan Amu yoqasida turgan emish...” Bundan tashqari, podshohga gina saqlaganidanmi yoki Mirzo Yodgor bilan zimdan til biriktirganidanmi, bir ko‘p beklar va yigitlar o‘rdugohdan qo- cha boshlagan edi.
Navoiy g‘amgin va g‘azabli podshohga dadil qarab, hol-ahvol so‘radi. Husayn Boyqaro Hirotdan chopar kelganini aytib, jig‘ali boshi- ni allaqanday ma’nodor silkib, ahvolning og‘irligini ifodaladi. So‘ng zarrin to‘shak ostidan bir maktub chiqarib, shoirga uzatdi. Navoiy diqqat bilan qog‘ozga ko‘z yugurtib, keyin maktubni sekingina tizzasi­ga qo‘ydi. Boshini quyi soldi, ikki qosh o‘rtasi tugunchak bo‘lib, yana qog‘ozga tikildi. Voqeani butun ildizi bilan tasavvur etgach, maktubni bukib, yoniga, atlas ko‘rpachaga qo‘ydi-da, podshohga qaradi. Uning ko‘zlari har vaqtgi ishonch va fikrchanlikni saqlar edi. Podshoh o‘z ha- yajonini yashirolmay, achchiq shikoyat bilan dedi:

  • Dorilsaltanatda2 bir guruh razil avboshlarning fitnasini daf

1 E’timodli - ishonchli; 2Dorilsaltanat - poytaxt, boshkent.
etmoq uchun ne chora buyursak ekan? Bu xususda umaromizning ra’yilarini bildik. Ma’qul va maqbul tadbirni shoyad siz janobdan eshit- gaymiz...
Navoiy o‘ziga xos ulug‘vorlik, nazokat, muloyimlik bilan dedi:

  • Podshoh hazratlari, mulki Xurosonning taqdiri va hayoti sizning qo‘lingizdadir. Sizning muborak xotiringiz bu alamangiz hodi- sa xususida ne fikr bayon qilur?

  • Bu toj-u davlatni qilich bilan olibmiz, — bir nafas sukutdan so‘ng keskin gapirdi Husayn Boyqaro, — uni yana ayni qilich bilan poydor qilmoqqa harakat qilg‘umizdir.

Bu so‘zlar shoirni cho‘chitmadi. Dunyoning yarmi ustida qi­lich o‘ynatgan oqsoq jahongirning bu avlodi qilich tutishni yaxshi bil- sa, qilich bilan faxrlanishni sevsa ham, lekin qilichdan ko‘ra mayga, jang maydonlaridan ko‘ra chaman bog‘larda tuzilgan sho‘x bazmlar- ga ko‘proq moyil edi. Shoir aqlli kengash bilan uni to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish mumkinligiga ishonardi ham. Lekin arzimagan bir bahona goho uning g‘azabiga, olovni birdan gurillatgan shamolday ta’sir qilar edi. Navoiy vazminlik bilan murojaat etdi:

  • Xoqon, yaralik ko‘ngillarning shifosi uchun siz hakimi hoziq1 bo‘lmoqlig‘ingiz kerak. Kaminaning fikricha, bu yerda qilichning aslo hojati yo‘qdir!

Husayn Boyqaro, xayol surganday, chodir shipiga qarab qoldi. Hamsuhbatlar, yelkalaridan bir nima bosganday, past cho‘kib o‘tirdilar.
O‘rtadagi og‘ir jimjitlikni Majididdin Muhammad buzdi:

  • Darhaqiqat, — dedi u, gerdaygan bir turda Navoiyga qarab,

  • podshohi olam hazratlarining fikrlari aqli salim mevasidir. Johil olo- monni tarbiyalamoq uchun tig‘, loaqal tayoq lozimdir. Olomon shafqat va marhamatning qadriga yetmas.

Navoiy titrab, kinoyali kuldi.

  • Masala adolat va haqiqat masalasidir, — javob berdi Navoiy o‘zini tutishga tirishib. — Haqiqat olomon tarafidadir. Haq so‘zni ayt­gan og‘izlarni tosh bilan qonatmoq emas, haqiqat tamalini qulatmoq- qa ko‘tarilgan qo‘llarni kesmoq zarur. Zakot yig‘moq davlat ishidir, le­kin bir necha badnafs, chirkin maxluqlar uchun boylik manbai emas!


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish