Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov


INFOQ QILISHNING FAZILATI HAQIDA



Download 0,77 Mb.
bet45/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

INFOQ QILISHNING FAZILATI HAQIDA
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: “Rasululloh (s.a.v.) dedi­lar: “Bandalar tong ottirgan kun borki, unda ikki farishta tushib, ulardan biri: “Allohim! Infoq qiluvchigaI o‘rnini qoplaydigan narsa ato et”, deydi. Ikkinchisi: “Allohim! Xasis, ziqnalarga talofot ber- gin”, deydi.
EZGULIK VA OLIYJANOBLIK QILUVCHILARNING AZIZ QILINISHI HAQIDA
Umar ibn Xattob (r.a) aytadilar: “Biz Alloh Islom dini bilan aziz qilgan qavmmiz. Agar azizlikni Islomdan boshqa narsadan qidirsak, Alloh bizni xor qiladi”.

Rib’iy ibn Hiroshdan rivoyat qilinishicha, u Ali (r.a) xutba qilayotib: “Rasululloh (s.a.v.): Sizlar menga yolg‘on to‘qimanglar. Zero, kim menga yolg‘on to‘qisa, albatta, jahannamga kiradi”, deb aytganlar, deganini eshitgan.
INSON O‘Z AYBIGA QARASHI LOZIMLIGI HAQIDA
Ali raziyallohu anhu shunday degan ekanlar: “Ey, odam­lar! Kim o‘zining aybiga qarasa, boshqalarning aybi bilan ishi bo‘lmay qoladi. Kim Alloh bergan rizqqa rozi bo‘lsa, boshqalar­ning qo‘lidagi narsaga afsus chekmaydi. Kim xiyonat qilichini yalang‘ochlasa, o‘zi o‘sha qilich bilan o‘ldiriladi. Kim birodariga chuqur qazisa, unga o‘zi qulaydi. Kim birovning aybini ochsa, o‘z xonadonidagi ayblari ochilib qoladi. Kim o‘zining toyilganini unutsa, boshqalarning toyilishini ulkan sanaydi. Kim o‘z fikriga lol qolsa, adashadi. Kim aqliga ishonsa, toyiladi. Kim odamlar- ga kekkaysa, xor bo‘ladi. Kim odamlarni beaqllikda ayblasa, so‘kiladi. Kim ulamolarga aralashib yursa, viqorli bo‘ladi. Kim pastkashlarga aralashib yursa, uni mensishmaydi. Kim toqati yetmaydigan narsani bo‘yniga olsa, ojiz qoladi”.
HADISLAR HAQIDA
Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldir- gan bo‘lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan “Al-jome’ as-sahih”, “Al-adab al-mufrad”, “At-ta’rix as-sag‘ir”, “At-ta’rix al-avsot”, “At-ta’rix al-kabir”, “Kitob al-ilal”, “Barr ul-volidayn”, “Asomi us-sahoba”, “Kitob al-kuna” va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, “Al-jome’ as-sahih”dir. Bu asar “Sahiyh al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur. Uning g‘oyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o‘tgan muhad- dislar o‘z to‘plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o‘tirmay qa-
torasiga kiritaverganlar. Imom al-Buxoriy esa turli roviylardan eshit­gan hadislarni tabaqalarga bo‘lib, ularning ishonchlilarini ajratib, alo- hida kitob yaratdi.
Alloma ibn Salohning ta’kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat.
Sahih hadislar to‘plamiga tartib berishdek sharafli ishni birin­chi al-Buxoriy boshlab bergan bo‘lib, keyin qator olimlar unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar to‘plamini yaratganlar. Imom al-Buxoriyning ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil bo‘ldi. O‘sha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha insoniyatni ezgulikka, ikki dunyo saodati- ga yetaklovchi bosh manbalardan biri sifatida iymonli qalblar ehtiromi va e’zozidadir.
Shu o‘rinda hadisga berilgan ta’rifga e’tibor qaratamiz. Payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.)ning aytganlari, ko‘rsatmalari, bi- ror masala (narsa, voqea-hodisa, xatti-harakat) yuzasidan bergan qarorlari hadis sanaladi. Hadislarning ahamiyatini ham chuqur idrok etishimiz lozim. Ma’lumki, tarixan g‘oyatda qisqa muddatda nozil bo‘lgan Qur’oni karim oyatlari ba’zi hollarda umumlashtirilgan, murak- kab holda keltirilgan. Payg‘ambarimiz hadislari ushbu oyati sharif- larni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qiladi. Ayni paytda keltirilgan voqea va hodisalarni ko‘pchilikka tushunarli qilib mufassal holatda sharhlaydi. Hadis sanad va matndan iborat bo‘la- di. Sanad hadisning kimning huzurida, qachon va qay sharoitda aytil- ganligi haqidagi ma’lumot bo‘lsa, matn uning mazmunidir. Hadislarni ishonchli kishilardan olib, o‘zidan keyingilarga yetkazuvchi zotlarni roviylar deymiz. Roviyning ismi hadisning sanadida keladi.
Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir ko‘zgu vazifasini ham o‘taydi. Chunki ular sar- vari olamning hayotlari, husni axloqlari, adolatli jamiyat qurish yo‘li- da ko‘rsatgan beqiyos sa’y-harakatlari, yaxshilig-u xayr-barakotga asoslangan faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Mana shularga binoan oldin o‘tgan hech bir payg‘ambarlar va ulug‘larga ko‘rsatilmagan alohida bir e’tibor bilan ilm ahllari hadislarni to‘plashga kirishdilar. Hadis ilmi bilan shug‘ullanish eng aziz va sevimli mashg‘ulot hisoblandi. Ularni
to‘plash uchun olim-u ulamolyar butun aql-zakovati-yu qalb qo‘ri bilan kirishganlarini alohida ta’kidlash zarur.
Shunday bir davrlar bo‘ldiki, milliy-siyosiy ixtiloflar, o‘z qarash- lariga foyda keltirish maqsadida payg‘ambarimiz nomidan yolg‘on hadislar to‘qish hollari uchragan, amir va hokimlarga xushomadgo‘ylik oqibatida ko‘plab ishonarsiz hadislar yuzaga kelgan. Ana shunday bir sharoitda o‘zining butun hayotini, bilim hamda iqtidorini to‘g‘ri ha- dislarni aniqlab, yig‘ish va umumlashtirishga bag‘ishlagan payg‘am- bar Muhammad (a.s.)ning xos ummati maydonga chiqdi. Sahoba va ularning izdoshlari bo‘lmish tobeinlar ichidan yetishgan zukko, yuksak iqtidor egalari bo‘lmish bu zotlar sa’y-harakatlari, izlanishlari natijasi- da hadisshunoslik ilmi vujudga keldi. Hadis ilmi bilan shug‘ullangan kishilarni muhaddislar deb ataganlar. Muhaddislar sahih (ishonch- li) hadislarni nosahih (ishonchsiz)laridan ajratganlar. Har bir asrda zamonasining yetuk muhaddislari yetishib chiqdi, lekin ularning bar- chasi Imom al-Buxoriyni ustoz, ilmda o‘z imomi deb bilganlar.
Hadislarning mavzu qamrovi hayot muammolari, turmush ma- salalari qadar keng va turfadir. “Al-jome’ as-sahih” asarining birinchi kitobida dastlabki bob iymon haqida bo‘lsa, uning ikkinchi bobi ilm haqida. Bu dinimizda iymondan keyingi mavqe ilmga tegishli ekanligi- ga ishora qiladi. Kitobga kiritilgan ilk hadisga e’tibor qarataylik: Alloh taolo oyati karimasida: “Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon kel- tirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martaba- sini ulug‘ qilg‘aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir”, - deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa: “Yo robbiy ilmimni ziyoda qilg‘aysen,deb ayt!” - deyilgan. Bundan dunyo va oxirat omonligi, farovonligi ilm bi­lan bo‘lishi, Yaratgandan eng avval ilm so‘rash lozimligi anglashiladi. Ilm olish osonlik bilan kechmaydi: o‘ziga xos mashaqqati, turli murak- kabliklari bo‘lishi tabiiy. Ilm tolibi buni oldindan bilgan, ularni bo‘yniga olgan holda bilim olishga kirishmog‘i lozim. Ana shuni nazarda tutib boshqa bir hadisda: “Ilmni Chinga borib bo‘lsa ham olinglar”, deyil­gan. Hadisdagi “Chin” faqat Xitoy yurtinigina bildirmaydi, ayni payt­da u ramziy ma’noda ham masofa jihatdan uzoqlik, ham vaqt jihatdan uzoqlik - davomiylik va bu jarayonlardagi qiyinchilik, mashaqqatlar-
ni ifodalaydi. Demak, qayerda, qachon va qay muddatda bo‘lishidan qat’iy nazar zahmatlar chekib bo‘lsa ham ilm egallashga astoydil bel bog‘lash lozim. Hadis mazmuniga e’tibor etgan holda mumtoz adib- larimiz o‘z asarlarida ilm ahamiyatiga alohida to‘xtalganlar.
Ahmad Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” asarida yozadi: “Bilik birla bilinur saodat yo‘li, Bilik birla saodat yo‘lini bula1”. Ogahiy ilmdan ke- ladigan naf haqida yozadi: “Ilm andoq ganji nofe’dur, bani odamg‘a kim, Kimda ul bo‘lsa, ikki olam bo‘lur obod ango”. Zokirjon Furqat esa: “Ko‘ngullarning sururi ilmdandur, Ko‘rar ko‘zlarni nuri ilmdandur” baytini bitadi. Shuningdek, xalqimiz orasidagi mashhur “Baxt belgisi - bilim”, “Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r - mingni”, “Bilim - aql chirog‘i” kabi maqollar shu mavzudagi hadislarga mazmunan ohangdosh ekanligini payqash qiyin emas.
Hadislarda ota-onani e’zozlash, qarindoshlarga, qo‘ni-qo‘sh- nilarga yaxshilik qilish, umuman, jamiyatga manfaat yetkazish, ta’lim-tarbiya, odob-axloq kabi mavzular keng yoritilgan. Masalan, Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda shunday deyila- di: “Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-ona- sini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Alloh taolo undan rozi bo‘lmaydi”, dedilar.
Shunda bir kishi: “Agarda ota-onalar bolaga zulm qilsa, bola nima qilishi kerak?” — deb so‘radi. Abdulloh: “Agar ular bolaga zulm qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak”, - dedilar. Bu hadis orqa­li islom dinida farzandlarning ota-onasiga munosabati qat’iy belgilab qo‘yilganligini ko‘ramiz: har qanday holda ota-onani rozi qilishga inti- lish, ularga itoat qilish lozim. Faqat boshqa bir hadisda aytilganidek, gunohga, zulmga (ya’ni jinoyatga) buyursalargina itoat qilinmaydi. Bu mavzuda yana ko‘plab hadislar mavjud.
Yusuf Xos Hojib bu kabi hadislardan ta’sirlanib “Qutadg‘u bilig”- da: “Atangni, anangni sevundir tushi, Yanut berg‘a tapg‘ing tuman ming asig‘” (Otangni, onagni doim xursand qil, Xizmatlaring evaziga

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish