Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet48/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

1 Rusumoti jang - jang rusumlari, jang usullari.
Zeroki, insonlar haq yo‘lini hamisha aqlning nuri bilan topmishlar. Har turli mushkilotlarni ham aql bilan hal etmishlar. Zafaringiz uchun bar- cha holat muhayyo ekan, yulduzlar bilan mashvaratni zarur, deb bil- masmen. Ma’lumingizki, men harb kishisi emasmen, ammo har ikki tarafning kuchini, har ikki yoqdagi sharoitni uzoq mulohaza etdim. Taraddudga aslo hojat yo‘q. Tong chog‘i quyosh bayrog‘i bilan bir vaqtda zafar bayroqlaringizni ko‘tarishingiz kerak.

  • Janoblariga maxfiy emaski, — ishonch bilan gapirdi Husayn Boyqaro, — jangning vaqti-soati tayin etilmagan taqdirda, zafar o‘z yuzini teskari o‘girur, har qadamda mushkulotlar kelib chiqur. Shu ji- hatdan jang arafasida munajjimlarning maslahati bilan ish ko‘rmoqni arbobi jang farz, deb bilurlar.

  • Tarix ko‘rsaturkim, — dedi Navoiy hammani bir-bir ko‘zdan kechirib, — munajjimlar bilan bahamjihat bo‘lgan ko‘p safarlar beni- hoyat foje oqibatlar tug‘dirmushdir. Munajjimlarning mulohazasida haqiqatdan ko‘ra xurofot ziyodaroqdir. Yana takror aytamenki, tong bi­lan dushmanga shikast bermoq kerak.

Oz so‘zlovchi, sodda bahodir Zunnun Arg‘unbek yo‘g‘on barmoqlari bilan keng, qahrli yuzidagi dag‘al soqolini qashib, muzo- karadan zerikkanday, azamat gavdasini tikladi, keng ko‘kragi bilan og‘ir so‘lish oldi-da, odati bo‘yicha, zarda qilgan kabi, keskin gapirdi:

  • Hazrat shoirning so‘zida ma’ni ko‘p... Ko‘p topqir sinaganmiz, yulduzlarning tilida qaror yo‘q. Ko‘p vaqt kulgisi yig‘iga aylanadi!

Husayn Boyqaro ikkilanib, o‘ylanib turarkan, Navoiyning mulo- hazalarini muvofiq topgan boshqa beklar ham podshohga dalda bera boshladilar. Alloh taoloning madadiga sig‘inib, shu bugun dushmanga bosqin yasash kerakligini uqtirdilar. Majlis tarqaldi.
Mulozimlarning yordami bilan Husayn Boyqaro egniga sovut, boshiga dubulg‘a kiydi. Qini oltin va rango-rang qimmatbaho tosh- lar bilan ishlangan, ajoyib nafis san’at namunasi bo‘lgan qilichni taq- di. Yana shunday chiroyli sadog‘ini, o‘q-yoyini osdi. Qadamlarini tetik bosib, dabdaba bilan chodirdan chiqdi. Maxsus mulozimlar egar-jab- duqlari oltin, la’l, yoqutdan ishlangan o‘ynoqi otni ehtiyot bilan yetak- lab keltirdilar-da, podshohni qo‘ltiqlab mindirdilar.
Quyosh chiqarkan, urush tartibotini olgan katta qo‘shinning turli
qismlari keng dalani qoplab, dushman bilan uchrashgali asta siljimoq- da edi. Dubulg‘alar, sovutlar, nayza-qalqonlar, oyboltalar quyosh bilan oltinlangan havoda porlaydi. Jangga o‘rgangan otlar, sabrsizlangan- day boshlarini silkib, kishnashib, yugurishga intilar edilar. Navkar va beklarning ko‘zlari qahrli, yuzlari sovuq, jiddiy edi.
...Qorovullar o‘qday uchib kelib, Mirzo Yodgor oshig‘ich ravish- da o‘z sipohlarini tartibga solib, qarshilik ko‘rsatishga hozirlik ko‘rayot- ganini bildirishdi. Husayn Boyqaro fursatni qo‘ldan bermaslik uchun hujum boshlashga buyurdi. Karnay, surnay, nog‘oralar havoni yang- ratdi. Uzoqda dushman qo‘shini ko‘zga chalinganda, burong‘ordan1 Islim barlos, Valibek Mirzo Yodgorning jurong‘origa2 zo‘r so‘ron bi­lan ot solishdi. Shayx Temur va Zunnun Arg‘unbek qo‘l ostidagi qism dushmanning orqasiga o‘tishni mo‘ljallab, yo‘lni chap berib, yugurdi. Amir Badriddin o‘z burong‘ori bilan dushmanning burong‘ori ustiga dadil yopirildi. Mirzo Yodgorning amir Ahmadali barlos sardorligi os- tida bo‘lgan qismlari Valibek va Islim barlos yigitlarini kuchli, muttasil o‘q uzish bilan daf etishga urindi. Lekin qilichbozlikda mohir Valibek, hamisha jangda o‘zini arslonsifat tutadigan Islim barlos urib-surib, dushmanni bosib kelaverdi. Suron avjga chiqdi. Amir Ahmadali bar­los yigitlariga dalda bersa ham, lekin yigitlari g‘uj-g‘uj siqilib, oldin- ga otilishga imirsilanib qoldilar. Oldingi qatordagilardan o‘nlab suvori o‘lib, ko‘p otlar yiqilgandan so‘ng buzilish, parishonlik kuchaya bosh- ladi. Yigitlar qilichlashishdan bosh tortib, zarbalardan o‘zlarini olib qochishga urinib qoldilar... Buning ustiga, Mirzo Yodgorning qo‘shi- nida bo‘lgan mo‘g‘ullar fursatdan foydalanib, har vaqtdagi kabi, o‘lja olishga, talonchilikka kirishdilar. Ular, dushmandan ko‘ra, ko‘proq o‘z odamlarini urib, otdan yiqib, kiyim-boshini, qurollarini shilib ola bosh- ladilar.
Mirzo Yodgorning burong‘ori chang, to‘zon, kuchli chuvvos ichi- da qattiq jang olib borar edi. Lekin qatorasiga yetti ot ustidan sak- rab o‘tganligi bilan dong chiqargan, chittakday yengil, chaqqon, qar- shig‘ayday olg‘ir Amir Badriddin kuchli hamlalar bilan dushmanni as- ta-asta harakatdan mahrum qilishga tirishardi.
1Burong‘or - qo‘shinning o‘ng tomoni; 2Jurong‘or - qo‘shinning so‘l qanoti.
Nogahon, Mirzo Yodgorning g‘o‘lidan1 turkman otliqlari bo‘ron dahshati va sur’ati bilan to‘ppa-to‘g‘ri Husayn Boyqaro ustiga otilish- di. Bu tomondan qalin o‘q yog‘dirildi. Biroq g‘izillab uchgan minglar- cha o‘q galalari turkman botirlarini to‘xtatishdan ojiz qoldi. Turkmanlar qilich o‘ynatib, o‘q uzib, ustma-ust hamlalar bilan oldingi qismlarni bosa-bosa siljib kelar edilar. Bir to‘da turkmanlar kutilmagan yoqdan Husayn Boyqaroga yaqinlashib qolgan edi. Podshoh atrofini qursha- gan bahodir yigitlar goh qilich, goh nayza ishlatib, dushmanni uloq- tirishga astoydil g‘ayrat ko‘rsatdilar. Odamlar yiqildi, qilichlar sindi, egasiz otlar, egarlari qiyshaygan, jilovlari oyoqlariga o‘ralishgan hol­da, ko‘zlarini chaqchaytirib, parokanda kezardilar.
Husayn Boyqaro urushning oqibatidan tashvishlanar, g‘azab bilan har yoqqa qarar, chang, to‘zon ichida jangning ketishini kuza- tishdan ham ojiz edi. Nihoyat, g‘azabiga chidolmadi. Qilichini sug‘ur- di. Boshdan-oyoq sovut kiygan shoh o‘zining xos botirlari bilan dush- manga hujumga otildi. Uning zo‘r, haybatli oti qirg‘in ichiga yorib kir­di. Husayn Boyqaro jang qilishni bilar edi. Jangda zarbaning shiddati bilan tadbirni juda mos ishlatar edi. Toj-taxt dag‘dag‘asida yillarcha olib borgan to‘xtovsiz, davomli, katta-kichik urushlarda, to‘qinishlar- da, qilichbozlikdagi mahoratini ko‘p daf’a ochiq namoyon qilgan edi. Hozir ham xavf-xatarni unutib, yaxshi, zabardast qilichlasha bosh- ladi. Botirlar ham o‘lgan-yitganiga qaramay, podshoh atrofida qattiq jonbozlik ko‘rsatdilar. Bular dushmanni orqaga tebratishga muvaf- faq bo‘lsalar ham, lekin butun holda, jangning oqibati bu yerda hal bo‘lmadi. Mirzo Yodgorning o‘ng va so‘l qanotlari qattiq shikast yeb, butunlay bebosh-betartib qochishga yuz tutgan edi. Bu hodisa turk- manlarning ruhini tushirdi. Ular endi dushmanga yopishish emas, o‘zlarini qirg‘in ichidan mumkin qadar tez olib qochishga tirisha bosh- ladilar. Boyqaroning zafar g‘ururi bilan ruhlangan yigitlari dushmanni yanchib, dahshatli suron bilan uni ta’qib etdilar. Nafasni bo‘g‘adigan, ko‘zlarni ko‘r qiladigan chang-to‘zon buluti havoni tutdi.
Husayn Boyqaro lashkari Mirzo Yodgorning parokanda yigit- larini bir necha farsang masofagacha shiddatli quvib, kechga tomon har xil o‘ljalar, asirlar bilan qaytdi.
1G‘o‘l - qo‘shinning o‘rta qismi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish