1Bula - top.
ming hissa foyda topasan) deb yozgan edi. Alisher Navoiy ular haqida “Birisin oy angla, birisin quyosh” deb uqtiradi.
Hadislarni o‘qib, ularning yuzada qalqib turgan ifodasidan te- ran ma’nolarni anglaymiz, o‘zimizga ibrat, pand-nasihatlar olamiz. Shuningdek, tarixiy sharoit, dunyoqarash, ijtimoiy qatlamlarga mu- nosabatdan kelib chiqib ularning zamirida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy- ma’rifiy mazmun ham jo bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Misol tariqasida quyidagi hadisga diqqat qaratamiz.
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimning uchta qizi bo‘lsa, ularga odob bersa, mehrli bo‘lsa va kafolatini olgan bo‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi”, dedilar. “Yo Allohning Rasuli? Agar ikkita bo‘lsa ham- mi?” deyishdi. “Ikkita bo‘lsa ham”, dedilar. Qavmdan ba’zisi “Bitta bo‘lsa-chi?” deyilganda, “Bitta bo‘lsa ham”, derdilar. Bir qarashda qiz farzand(lar) ko‘rib, u(lar)ni o‘stirgan ota-ona jannati bo‘ladi degan fikr ko‘zga tashlanib turibdi. Lekin uni tahlil qilganimizda tarixan ijtimoiy-siyosiy, ayni paytda hamma davrlar va barcha xalqlar uchun birdek ahamiyatli ma’naviy-ma’rifiy mohiyati oydinlashadi. Islomiyatga qadar arablarda qiz farzandga past nazar bilan qarash, qiz tug‘ilishi- dan or qilish odatiy hol edi, hatto otalar o‘z qizlarini tiriklayin ko‘mib yuborardilar. Ana shunday bir sharoitda qiz bolani jannat vositachisi deb e’lon qilinishi uning jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirdi, unga qa- rashni tubdan o‘zgartirdi.
Hadisning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati alohida e’tiborga molik. Qizi bor odamning jannatga tushishi uchun uchta shart qo‘yilyapti. Birinchisi, “odob bersa”. Qiz bolani tarbiyalash g‘oyat nozik, murak- kab va mas’uliyatli ish. Uni iboli, hayoli, har qanday vaziyatda ham or-nomusini saqlaydigan qilib o‘stirish ota-onaning birlamchi vazifasi. Bu sifatlarga ega bo‘lgan qiz oilaning, qolaversa, millatning sha’ni, if- tixoridir, aks holda, u o‘z xonadonini ham, xalqini ham isnodga qoldi- radi. Isnodga sabab bo‘ladigan qiz ota-onasi uchun dunyo va oxiratda azobdan boshqa narsa emas. Ikkinchisi, “mehrli bo‘lsa". Ota-ona o‘g‘il farzandiga bo‘lgani kabi qiziga ham birdek mehrli bo‘lsa, unda hech qanday o‘ksiklik bo‘lmaydi, ko‘ngli butun, ruhi baland, o‘zini to‘laqonli his etadi. Shunda odobi ham, ma’naviyati ham ibratli bo‘la-
di. Uchinchisi, “kafolatini olgan bo‘lsa”. Kafolatini olish - bu yetarlicha uni moddiy ta’minlash: yedirib-ichirish, o‘rtacha kiyintirish, dunyo va oxiratiga kerakli ilmlar berish hamda muvofiq keladigan hunarli qilish. Mumtoz adiblarimiz, ma’rifatparvarlik hamda jadid adabiyoti na- moyandalari ijodida farzandga ilm berish, xususan, qiz bola tarbiya- si borasida teran fikrlar bor. Bu fikrlarni o‘qib, ular asosan yuqoridagi kabi hadislardan mazmunan oziqlanganligiga iqror bo‘lamiz.
Payg‘ambarimiz (a.s.)ning mukarram axloqi, har ishdagi komil ibrati soyasida tarbiya topgan va o‘zlarining buyukligi bilan e’tirof qo- zongan sahobalar tomonidan aytilgan hikmatlar asarlar (osor) deyiladi. Asar (osor)larda hadislar bilan mazmuniy uyg‘unlik kuzatiladi.
Hadislar adabiyotimiz, dunyoqarashimiz, turmush tarzimiz- da chuqur iz qoldirgan ibrat, hikmat va donishmandlik asosidir. Hadislarni o‘qish, uqish, yodlash, eng asosiysi, ularda jo bo‘lgan yuksak axloq me’yorlari bilan zohir-u botinimizni, umuman, hayotimizni ma’nan bezamog‘imiz darkor.
an
Savol va topshiriqlar:
i.
Ota-ona mavzusidagi hadislardan o‘zingizga qanday xulosalar chiqardingiz?
2.
Insonning boshiga tushgan musibat, tashvishlar nima uchun uning gunohiga kaforat bo‘lishini mulohaza qiling. Ular har qanday holatda ham kaforat bo‘ladimi yoki buning shartlari bormikan?
Mast qiluvchi ichimlik (xamr)ning harom qilinishi sababini qanday izohlaysiz? Uning jamiyat, xususan, oilaning ma’naviy asoslarini yemirishini hayotiy misollar bilan asoslang.
4.
Oxirgi hadisga diqqat qiling. Sanalgan olti narsaning nechtasi so‘z va nechtasi amal bilan bog‘liq? Har biriga to‘xtaling. Omonat nima? Kishi bo‘ynidagi boshqa kishilar, oila, millat va davlatning omonatlari haqida o‘ylab ko‘ring.
Keltirilgan boshqa hadislarni sinfdoshlaringiz bilan tahlil qiling. Ularni hayotda ko‘rgan, kuzatgan, kitoblarda o‘qigan voqeliklar bilan solishtirgan, asoslagan holda tushuntirishga harakat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |