01
Savol va topshiriqlar:
1.
Hirotga yaqinlashgan Boyqaroning orzusi bilan haqiqiy holat o‘rtasidagi ziddiyat unga qanday ta’sir qildi?
2.
Romandagi “Ijod dardi — qalbning qa’rida uyg‘onib, butun vu- judni larzaga solgan og‘riq Navoiy uchun eng shirin lazzat, ona allasi kabi yupantiruvchi, quyosh kabi hayot va quvonch bag‘ishlovchi bir kuch edi” tasviri ulug‘ shoir tabiatidagi qaysi jihatlarni ko‘rsatadi?
Har qanday mushkul holatda ham Navoiyning umidsizlanmasligi sababini o‘ylab ko‘ring.
4.
5.
6.
7.
9.
10.
Shoirning: “Ne qarorga keldingiz?” — degan savoliga shohning: “Asli mushkulot shu qarorda” tarzida javob berishi sababini tushuntiring.
Navoiyning sir saqlash borasidagi hazili ma’nosini anglating. Boyqaroning tarki dunyo qilgan darveshga munosabati, uning qo‘lini o‘pib, duosini olishga urinishi sababi haqida fikrlang.
Matnni qayta o‘qib, shoirning harbiy ishdan xabardorlik darajasiga baho bering.
Shuncha ish ko‘rgan jangchilar botinmagan ishga Navoiy dadillik bilan kirishgani sababini izohlashga urining.
Yodgor Mirzo soqchilarining shoirga munosabati tasviriga e’tibor qiling.
Asardagi “Hammaning ko‘zi qilichini hassa kabi yerga qadab, tepaga ko‘tarilayotgan shoirda edi” tasvirini izohlang.
Munajjim cholga doir tasvirdagi hajviy ohang sababini izohlang.
Saroydan maxsus mulozimlar yetib kelishdi. Saroydan kelgan- lardan biri qog‘ozni dastlab boshidan yuqori ko‘tarib, keyin ta’zim bilan Navoiyga topshirdi; bu — “Abulg‘ozi Sulton Husayn Boyqaro so‘zimiz”, deb boshlangan va viloyat hokimlariga yuborilishi kerak bo‘lgan rasmiy bir yorlig‘ edi. Yangi amir tantanali majlisda birinchi martaba o‘z muhrini bosishi kerak edi. Hamma jim, lekin hayajonli. Barcha ko‘zlar — turli ma’no va hislarni ifodalagan ko‘zlar — boshi- ni bir oz quyi solib, qandaydir parishondek, qisilgandek o‘tirgan Navoiyda edi. Beklarning, mansabdorlarning ko‘zlari, go‘yo kimdir ishora qilgandek, bir onda uchrashib qoldi. U ko‘zlar, bir-birining va- himasidan cho‘chigandek, darrov ajralishdi. Bir vaqtlar ko‘rsatgan xiz- matlari uchun podshoh qoshida o‘zini o‘ta erka, juda kuchli sezgan, hatto ko‘p ishlarda unga bo‘ysunishga tixirlik etadigan mag‘rur Muzaffar barlosning ham rangi o‘chdi. “Ajabo, bu shoir muhrni barcha amirlardan yuqori bosadimi?” degan andisha uning borlig‘ini kemir- moqda ekani butun vaziyatidan barq urib turar edi.
Har bir amir, bek o‘z muhrini davlatda o‘z darajasiga yarasha ma’lum o‘ringa bosishi kerak edi. Navoiy yorliqqa o‘z muhrini bosishi bilan hamma tikilib turgan ko‘zlar bir zumda allaqanday katta ochilib ketdi. Hamma favqulodda hayrat va hayajon ichida qoldi. Tillar go‘yo so‘zlashdan ojiz edi. Hamma bir-biriga qaraydi, xolos. Navoiy o‘z muhrini yorliqning shunday bir joyiga bosgan ediki, hech bir amir Navoiy muhridan pastga muhr bosishga imkon topolmas edi!
O‘NINCHI BOB
Shoirning odatda suhbat quradigan xonasiga kirganda, gap chortang edi. Sultonmurod kechikkani uchun uzr so‘rab, hamma bilan ko‘rishdi. Navoiy unga o‘z yonidan joy berdi. Har xil taomlar, shirin- liklar, yaxshi asralgan anor, olma, noklar bilan to‘la dasturxonga tak- lif etdi. Majlisda butun Xuroson va o‘zga mamlakatlarga dong‘i ket- gan bir necha ulug‘ olimlar ham ko‘p vaqt shoir bilan birga bo‘ladigan shoir Shayxim Suhayliy, shoir Hofiz Yoriy, Hiloliy, darvesh tabiatli qari Hasan Ardasher va Navoiy xizmatida bo‘lgan fazilatli ba’zi mulozimlar bor edi.
Majlis ahlining aksari uch tilda: o‘zbekcha, forscha, arabcha — qay biri qulay kelsa, bab-baravar, bemalol so‘zlashardilar. Olimlarning deyarli hammasi, o‘z ilmlaridan tashqari, yana bir ko‘p ilmlarni chuqur bilar edi. Ularning orasida ilm bilan san’atni birlashtirganlar, masalan, go‘zal raqs etuvchilar, musiqiyda kuylar yaratganlar, mohir naqqosh- lar ham bor edi.
Navoiy, o‘z odatiga muvofiq, mehmonlardan quyiroqda o‘tirdi. U sokin, kamtarin, muomalada nozik, lekin ulug‘sifat; butun olimlar uning jamiki ilmlarda juda chuqur ekaniga qoyil bo‘lsalar, har yerda tasdiqlasalar ham, Navoiy ilm sohasida ko‘proq o‘z nuqsonlaridan ga- piradi. U har kimning fikrini sabr va diqqat bilan tinglaydi.
Majlisga yangi mehmonlar keldi. Bular mavlono Shahobiddin bilan shoir mavlono Binoiy edi. Mavlono Shahobiddin — Xuroson olim- lari orasida ilmdan eng benasibi, lekin eng mutakabbiri. U ilm dun- yosiga yolg‘iz shallaqilik bilan kirgan. Binoiy iste’dodli shoir, lekin tili achchiq, o‘jar.
Mavlono Shahobiddin yarqiroq to‘nini halpillatib, yuqoriga o‘tdi. Go‘yo shogirdlarning o‘ltirishiga kirib qolgan domladay, kekkayib o‘tir- di. Past bo‘yli, kichik, lekin miqti gavdali, botiq ko‘zlari besaranjom o‘ynagan, pahmoqsoqol, pala-partish kiyingan mavlono Binoiy lab- laridagi istehzoli kulgi bilan hammaga bir qarab qo‘ydi-da, soxta bir kamtarlik bilan kichik qaddini bir oz bukib ko‘rishdi va quyiga, to‘g‘ri kelgan joyga o‘tira qoldi. Navoiy hammaga ko‘rsatgan xush muoma- lasi bilan uni mehmon qilishga tirishdi. Binoiy ham xiyla vaqtgacha umumiy gapga quloq solmasdan, saralab-saralab taom yemoq bilan ovora bo‘ldi. Mavlono Shahobiddin, aksincha, dasturxonga qiyo boqmadi. Go‘yo masalani oxirda yolg‘iz o‘zi yechib berishga ishon- gan odamday, “churq” etmasdan, donishmand bir tur bilan munozara- ga quloq soldi. Lekin majlis yangi-yangi masalalarga o‘tdi. Mavlono Shahobiddin labini ham qimirlata olmadi.
Kimdir mavlono Lutfiyning sho‘x-o‘ynoq bir g‘azalidan ba’zi baytlarini o‘qib, maqtay boshladi. Boshqa biri Navoiyning butun Hirot kuylaydigan bir g‘azalini va uning kuyini maqtadi. Mavlono Shahobiddin bu so‘zlardan zerikkandek, og‘zini katta ochib, homuza tortdi.
Bilmadik, turkiy she’rning istiqboli ne bo‘lur ekan? — dedi u endi oq tusha boshlagan ko‘rkam soqolini selkillatib, kulib. — Har holda ba’zi shuaroning bu boradagi harakatlarida oz ma’no ko‘rurmen... Sopalak tosh bilan Badaxshon la’li va aqiqi boshqa-boshqa narsadir.
Xayr, taqsir! — murojaat etdi unga darvesh tabiatli Hasan Ardasher. — Turkiyning balog‘at va kamoloti mavlono Lutfiyning, xususan, Alisher janoblarining g‘azaliyotida oftob kabi namoyon bo‘ldi. Bu yangi so‘zning sehrli sadolari forsiygo‘ylarni, filhaqiqat, hayrat- ga solmoqdadir. Zavq va idrok sohibi bu haqiqatni aslo inkor qila ol- mag‘ay.
Firdavsiy ham Nizomiylarning zaboni asli zotida ilhom va she’r uchun yaratilmishki, bu haqiqatga butun tarix guvohdir, butun jahon unga qoyildir. Bu da’vo hech vaqt isbot talab qilmas, — dedi kek- kayib mavlono Shahobiddin.
Mavlono Binoiyning botiq ko‘zlarida kinoya, nash’a yonib ketdi. U beo‘xshov o‘ralgan, katta sallali boshini ko‘tardi.
Ulug‘ zotlar, — dedi u so‘zini chertib. — hammalaringiz Chorsu orqasidagi bizning chapdast temirchilar ko‘chasidan o‘tgan- sizlar, ularning “taraq-turug‘i” quloqlarga mix qoqqandan battar azob berur. O‘zbek g‘azallarini tinglaganda ham ayni azobni his eturmen!
Binoiy o‘zbek tili va she’ri haqida so‘z borganda, hamisha shu ravishda gapiradigan bo‘lgani uchun ham odamlar undan yana dag‘alroq, behayoroq gap kutganlaridan, ahamiyatsiz kulibgina qo‘yishdi. Umuman, butun Xuroson, Movarounnahr olimlari va shoir- lari kabi, majlisdagilarning ham o‘ndan to‘qqizi forsiyparastlar edi. Ular uchun o‘zbek tili go‘yo qalamga yot edi. Fors tilining go‘zal- ligi, boyligi, shirinligi haqida e’tiqod ularning qonlariga singib ket- ganda. Hatto Navoiy g‘azallarini har qanday ulug‘ fors shoirinikidan yuqori qo‘yadigan va Navoiyning sozida o‘z ona tilining jonli, qudratli musiqiysini tuygan Sultonmurod ham qo‘liga har vaqt qalam olarkan, beixtiyor ravishda fors yoki arab tiliga murojaat etardi.
Yaqindagina Hirotga kelib, hali Navoiy asarlari bilan yaxshi ta- nish bo‘lmagan olim mullo Usmon, hamma ko‘zlardan o‘ziga “ofarin!” qidirib jovdiragan mavlono Binoiyga jirkanib qaradi-da, Navoiyga murojaat qildi:
Alisher janoblari, siz zullisonaynsiz, siz uchun “Foniy’mi, “Navoiy”mi dilbardir?
Haq so‘zni aytsak, — dedi Navoiy jiddiy, lekin ingichka ta- bassum bilan, — biz uchun o‘z tilimiz dilbardir, demak, “Navoiy” dilbardir.
Ne uchun? — shoshilib so‘radi mullo Usmon.
“Foniy” go‘zal, “Foniy!” — qichqirib qo‘ydi mavlono Binoiy og‘zidan ovqatini sachratib.
Navoiy o‘tkir istehzo bilan mavlono Binoiyga bir qarab qo‘ydi- da, so‘zida davom etdi:
Biz fors tilining qudrat va ahamiyatini, u tildagi asarlarning husni va salobatini hech vaqt inkor etmadik. To go‘daklikdan bosh- lab fors tilida ham qalam surmoqdamiz. Ammo tilimizning afzal- ligi biz uchun ulug‘ haqiqatdir. Biz go‘daklikda bu haqiqatning ishqi- ni ko‘nglimizga jo qilganmiz, o‘lganimizgacha bu ishqni saqlaymiz! Shaharlarni, qishloqlarni, sahro va tog‘larni to‘ldirgan el-ulusimiz, urug‘-aymog‘imiz bor, uning o‘z zavqi, fahmi-idroki bor. Biz elimizning zavqini, tabiatini nazarda tutib, uning o‘z tilida qalam suraylikki, uning ko‘ngli fikr gullari bilan to‘lsin. Turkona so‘z bilan tarannum etaylik- ki, elning yuragi mavjga kelsin. So‘z gulshanida o‘zga ellar qatorida bizning elimiz ham bahramand bo‘lsin. Fors ash’ori elimizning zavqi uchun begonaroqdir. Endi otalarimiz, bobolarimiz, enalarimiz tili- ga nazar solsak, uning forsdan bag‘oyat baland darajada ekani bir haqiqatdir. Tilimizda daqoyiq1 ko‘p. Ammo bu kungacha hech kishi uning haqiqatiga nazar tashlamabdir. Afsuski, yulduzlardan yorug‘roq gavharlari yashirin qolib, balki unutilish darajasiga yetibdur. Elimizning shoir yigitlari oson yo‘lni ko‘zlab, yolg‘iz fors tili bilan tarannum etdilar. Tilimizda nozik ma’nolarni, ruhning butun jilvalarini ifoda qilg‘uvchi so‘zlar va shakllar shunday ko‘pdirki, forsiyda ularning biri ham topilmas.
Navoiy katta faxr bilan, ruhlanish va dard bilan so‘zladi. Gapini bitirgandan so‘ng ham ko‘p kishilar, so‘zning davomini kutgan kabi, undan ko‘z uzmay, mahliyo bo‘lib turdilar. Forsiyparastlarning na- faslari ichlariga tushib ketdi. Hatto tili hamisha qayrog‘lik bo‘ladigan
Do'stlaringiz bilan baham: |