Glossariysi ona tili nazariyasi va amaliyoti fanidan 2022-yil glossariy morfema



Download 39,88 Kb.
bet1/8
Sana29.05.2022
Hajmi39,88 Kb.
#616342
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BOBOYEVA



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VAO’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PROFI UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI
I BOSQICH 102-GURUH TALABASI BOBOYEVA MADINA YORQULOVNANING

GLOSSARIYSI
ONA TILI NAZARIYASI VA AMALIYOTI FANIDAN


2022-yil


GLOSSARIY
Morfema (yunoncha: morphe — shakl) — oʻziga xos shakl va maʼnoga ega boʻlgan, boshqa maʼnoli qismlarga boʻlinmaydigan, soʻz (leksema) yasash yoki soʻzning shaklini hosil qilish uchun xizmat qiladigan lisoniy birlik. Morfemalar oʻzbek tilida, asosan, affiks (qarang) holatida boʻladi. Masalan, chi (kurashchi), -shunos (siyosatshunos), -q (taroq), ki (tepki), li (aqlli), chan (ishchan), la (tuzla), -illa (taqilla), lar (bolalar), rok, (kattaroq), -mtir (qoramtir) va hokazo.
Morfemalar asosiy vazifasiga koʻra, 2 turga boʻlinadi; soʻz yasovchilar; soʻzning shaklini yasovchilar. Suz yasovchi Morfemalar yangi-yangi leksemalar hosil qilish uchun qoʻllanadi va oʻzbek tili lugʻat (leksik) qatlamining boyishida muhim rol oʻynaydi. Soʻz shakli hosil qiluvchi Morfemalar soʻzning qoʻshimcha maʼno ifodalovchi shaklini yasaydi. Mas, daraxtlar (daraxt soʻzining koʻplik shakli), balandroq (baland soʻzining daraja shakli), sargʻish (sariq soʻzining ozaytirma shakli) keldim (kel feʼlining oʻtgan zamon birinchi shaxs birlik shakli) va boshqa Morfemalar mustaqil qoʻllanmaydi, lugʻaviy maʼno ifodalay olmaydi, faqat soʻzning lugʻaviy va grammatik maʼnolari shakllanishiga xizmat qiladi. Soʻz tarkibida Morfema ishtirok etmasligi ham mumkin. "Morfema" termini va tushunchasini tilshu-noslikka polyakrus tilshunosi I.A.Boduen de Kurtene kiritgan. Lekin Morfemaning I.A.Boduen de Kurtene talqini bilan ushbu, hozirgi talqini oʻrtasida bir qadar farq bor
SOTSIOLINGVISTIKA – tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan sohasi. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar majmuyi: mazkur tildan foydalanayotgan kishilar jamiyati, bu jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqeyi, madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlari, shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bog‘liq nutqiy muomalasidagi farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika tilning jamiyat hayotidagi roli, uning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy funksiyalari, ijtimoiy omillarning tilga bo‘lgan ta’sir mexanizmi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadigan tilshunoslik sohasidir.
FRAZEOLOGIZM – turg‘un birikmalarning obrazli, ko‘chma ma’noga ega turi bo‘lib, til egasining dunyoni, hodisalarni o‘ziga xos ko‘rishini namoyon etadi. Frazeologizmlar har doim xalq dunyoqarashi, jamiyat tuzilishi va o‘z davrining mafkurasini bilvosita aks ettiradi. Har bir tilning frazeologizmlarida xalq hayotiga mansub ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy va ma’naviy-madaniy me’yorlar, diniy tasavvurlar, milliy an’ana va urf-odatlar, madaniy stereotiplar va arxiteplar o‘z aksini topgan bo‘lib, ular avloddan-avlodga uzatiladi.
ETNOLINGVISTIKA – tilning jamiyat ijtimoiy strukturasi yoki xalqning madaniyati, an’analari, urf-odatlari bilan aloqasini o‘rganadigan yo‘nalishi. Zamonaviy etnolingvistikaning markazida tilning leksik tizimidagi faqat muayyan moddiy va madaniy-tarixiy majmualar: madaniyat shakllari, urf-odatlar, udumlar bilan o‘zaro munosabatdagi elementlari bo‘ladi. Mazkur yo‘nalishni ikki alohida tarmoqqa ajratish mumkin: 1) etnik hududlarni tilga ko‘ra rekonstruksiya qilish; 2) xalqning moddiy va ma’naviy madaniyatini til ma’lumotlariga ko‘ra rekonstruksiya qilish. Etnik o‘ziga xosliklar, jumladan, turli vaziyatlarda kishilar qanday ishlashadi, qanday dam olishadi, qanday ovqatlanishadi, qanday gaplashishadi va h.k. har joyda namoyon bo‘ladi.

Download 39,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish