Nazariya ma’lumot G‘AzALDA BADIIY TASVIR VOSITALARINING O‘RNI
Adabiyot san’at turlaridan biri ekanligidan xabardorsiz. Bu san’at turi haqidagi ilm adabiyotshunoslikdir. Quyi sinflardan o‘tmish adiblarning eng sara, tanlangan vakillari ijodini aks ettiruvchi mum- toz adabiyot namunalari bilan tanishib kelmoqdasiz. Asosiy ijod shakli she’riyat bo‘lgan mumtoz adabiyotni ilmiy o‘rganadigan soha mum- toz adabiyotshunoslik deyiladi. Mumtoz adabiyotshunoslik uch qism
aruz ilmi, qofiya ilmi, badiiyat ilmi. Aruz she’rning vazni (o‘lchovi) haqida, ikkinchisi qofiya tuzilishi, ahamiyati, unsurlariga ko‘ra turlari to‘g‘risidagi bo‘lsa, oxirgisi ilmi badi’ deb ham ataladi. Ilmi badi’ arab- cha birikma bo‘lib, chiroyli so‘zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi degani. Badiiy tasvir vositalarining she’r badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini tu- shunish uchun Atoyi gazallariga murojaat qilamiz:
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Baytni tushunishni osonlashtirish uchun undagi gap bo‘laklarini odatdagi tartibga keltirib olamiz hamda misralarda ochiq ishtirok et- may, yashirin kelayotgan bo‘laklarni qavs ichida beramiz: (Men) chamanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi.
Endi o‘ylab ko‘ring, oddiy til bilan aytganda, shoir nima demoq- chi o‘zi? Bilib turganingizdek, u: “Mening yorim juda ham chiroyli”,
deyapti, xolos. Ana shu oddiy fikrni shoirona badiiy ifodalamoqda. Tahlilda Siz xayolga, fikrlaringizga erk bering, tasvirlangan lavhani, matnni kengaytirib oling. Yuqoridagi baytni quyidagicha sharhlash mumkin: gullar yig‘ini — anjumanida bir gul: “Dunyoda eng go‘zal menman”, — deya maqtanardi. Buning ustiga kelib qolgan oshiq o‘z ma’shuqasini ta’rif qilgan edi, o‘zidan bir necha marta go‘zalroq jamol egasi borligini eshitgan gul maqtanchoqligidan sharmanda bo‘lib, qizarib ketdi va shundan keyin dunyoda qizil gul paydo bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek, shoir gulni insonlardek jonli qilib tasvirlayapti. Demak, baytda jonlantirish san’ati qo‘llangan. Bu tasvir vositasi mumtoz
adabiyot ilmida tashxis (shaxslantirish) san’ati deb ataladi. Yana bir holat. Dunyoda qizil gul paydo bo‘lishiga mazkur baytda aytilganidek, oshiqning chamanda ma’shuqa ta’rifini qilishiga aloqasi bormi? Yo‘q, albatta. Aslida, bu go‘zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi. Shoir esa men sevgilimning ta’rifini ovoza qilganimdan keyin gulning uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo‘ldi deydi. Yo‘q joydan shoirona lutf bilan aloqadorlik tiklangan. Bu kabi bir narsa (tasvir, holat)ni unga aloqasi bo‘lmagan boshqa narsa bilan izohlash husni ta’lil (chiroyli dalillash) deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |