Mingbuloq tumani xtbga qarashli



Download 47 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi47 Kb.
#432752
Bog'liq
OCHIQ DARSLAR TAHLILI


Mingbuloq tumani XTBga qarashli
10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi-
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M
Madyarovaning 9-sinfda adabiyot
fanidan o’tkazgan ochiq darsi
TAHLILI


: 2020 yil 6-oktabr kuni maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M. Madyarova 9-sinfda adabiyot fanidan ,,Farhod va Shirin dostoni” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. Ochiq dars jarayonida quyidagi o’qituvchilar ishtirok etdilar:

1.M.Isaqov 6.M. Rahmonova


2.A.Javharova 7.Sh .Umarov
3.M .Jo’rayeva 8. M.Yo’ldasheva
4. A.Omonova 9.M.G’aniyeva
5. F.Mahkamova 10. D Isaqova

O’qituvchi tashkil etgan ochiq darsi nihoyasida o’tkazilgan dars tahlili ham bo’lib o’tdi


Dastlab, M. Madyarovaning o’zi so’z oldi . U ochiq dars o’tkazish jarayonida qanday maqsadlarni qo’ygani, dars jarayonida bularga qanchalik erisha olgani, qanday kamchiliklarga yo’l qo’ygani haqida gapirib o’tdi.
So’ngra, o’tkazilgan ochiq dars yuzasidan maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M. Isaqov so’z olib quyidagilarni aytib o’tdi: Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M. Madyarova 9-sinfda adabiyot fanidan o’tkazgan ,,Farhod va Shirin dostoni” mavzusida ochiq darsi namunali o’tdi. Dars jarayonida o’qituvchining ushbu darsga puxta tayyorlangani ma’lum bo’ldi. Dars reja asosida tashkil etilgani va bu reja dars boshidayoq o’quvchilarga aytib o’tilgani dars samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Tashkiliy qismda suhbat o’tkazilib, mavzuga mos videorolikdan foydalanildi. O’tgan mavzuni takrorlash uchun ,,Nazoratchi o’quvchilar”tayinlanib, ular mustaqil savollar tuzib o’rtoqlari bilimlarini sinadilar. O’tgan mavzuni mustahkamlash uchun krossvordlardan foydalanildi. Yangi mavzuni tushuntirishda video va audio materiallardan o’rinli foydalanildi.Dars jarayonida o’quvchilar og’zaki nutqiga e’tibor berildi.,,Yosh lug’atshunoslar” metodi orqali o’quvchilarda lug’atlar bilan ishlash ko’nikmasi shakllantirildi. Yangi mavzuni mustahkamlashda esa ,,Ortiqchasini top”, ,,Chala xat” metodlaridan foydalanilganligi dars samaradorligini ta’minladi.
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Atikaxon Javharova ham so’z olib o’z mulohazalarini quyidagicha bildirdi: Dars jarayonida o’quvchilar o’zlarini baholab bordilar. Darsda o’quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiya elementlarini shakllantirishga ham e’tibor qaratildi.Madyarova Marhabat tashkil etgan ochiq darsi namunali deb qabul qilinishini va tumanda ommalashtirishga tavsiya etilishini taklif qilaman.
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Mahmuda Jo’rayeva hamda Aziza Omonovalarham o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar va ular ham o’tkazilgan ochiq darsni tuman miqyosida ommalashtirish taklifini qo’llab-quvvatladilar.
:
Mingbuloq tumani XTBga qarashli
10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi-
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
A. Javharovaning 6-sinfda ona tili
fanidan o’tkazgan ochiq darsi
TAHLILI

2020 yil 6-oktabr kuni maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi A. Javharova 6-sinfda ona tili fanidan ,,Harakat va holat fe’llari” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. Ochiq dars jarayonida quyidagi o’qituvchilar ishtirok etdilar:


1. Sh .Umarov 6. F.Mahkamova


2.M.Madyarova 7. M .Jo’rayeva
3 M. Rahmonova 8. M.Otamirzayeva
4. A.Omonova 9.Sh Abdumannopova
5. D Isaqova 10.M.Abdurahmonova

Ochiq dars nihoyasida o’tkazilgan dars tahlili ham bo’lib o’tdi


Dastlab,A.Javharovaning o’zi so’z oldi . U ochiq dars o’tkazish jarayonida qanday maqsadlarni qo’ygani, dars jarayonida bularga qanchalik erisha olgani, qanday kamchiliklarga yo’l qo’ygani haqida gapirib o’tdi.
So’ngra, o’tkazilgan ochiq dars yuzasidan maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Sh .Umarov so’z olib quyidagilarni aytib o’tdi: Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi A. Javharovaning 6-sinfda ona tili fanidan o’tkazgan ,,Harakat va holat fe’llari” mavzusida ochiq darsi namunali o’tdi. Dars jarayonida o’qituvchining ushbu darsga puxta tayyorlangani ma’lum bo’ldi Tashkiliy qismda suhbat o’tkazilib, mavzuga mos videorolikdan foydalanildi. O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar o’rtasida tezkor savol javob o’tkazildi. Uyga vazifalar tekshirildi. O’tgan mavzuni mustahkamlash uchun krossvordlardan foydalanildi. Yangi mavzuni tushuntirishda video va audio materiallardan o’rinli foydalanildi.Dars jarayonida o’quvchilar og’zaki nutqiga va yozuvlariga e’tibor berildi.,,Yosh lug’atshunoslar” metodi orqali o’quvchilarda lug’atlar bilan ishlash ko’nikmasi shakllantirildi. Yangi mavzuni mustahkamlashda esa ,,Bu so’z bizniki”, ,,Kim epchil va chaqqon” metodlaridan foydalanilganligi dars samaradorligini ta’minladi.
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M. Madyarova ham so’z olib o’z mulohazalarini quyidagicha bildirdi: Dars jarayonida o’quvchilar faol ishtirok etdilar. Darsda o’quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiya elementlarini shakllantirishga ham e’tibor qaratildi.Javharova Atika tashkil etgan ochiq darsi namunali deb qabul qilinishini va tumanda ommalashtirishga tavsiya etilishini taklif qilaman.
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Mahliyo Rahmonova hamda Feruza Mahkamovalar ham o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar va ular ham o’tkazilgan ochiq darsni tuman miqyosida ommalashtirish taklifini qo’llab-quvvatladilar.
: Mingbuloq tumani XTBga qarashli
10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi-
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
A. Omonovaning 8-sinfda ona tili
fanidan o’tkazgan ochiq darsi
TAHLILI

2020 yil 27 -oktabr kuni maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi A. Omonova 6-sinfda ona tili fanidan ,,Sodda gap haqida umumiy ma’lumot” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. Ochiq dars jarayonida quyidagi o’qituvchilar ishtirok etdilar:


1. Sh .Umarov 6. F.Mahkamova


2.M.Madyarova 7. M .Jo’rayeva
3 M. Isaqov 8. M.Otamirzayeva
4. A.Javharova 9.M.Nurmatova
5. D Isaqova 10.E.Abdusalomova

Ochiq dars nihoyasida o’tkazilgan dars tahlili ham bo’lib o’tdi


Dastlab,A.Omonovaning o’zi so’z oldi . U ochiq dars o’tkazish jarayonida qanday maqsadlarni qo’ygani, dars jarayonida bularga qanchalik erisha olgani, qanday kamchiliklarga yo’l qo’ygani haqida gapirib o’tdi.
So’ngra, o’tkazilgan ochiq dars yuzasidan maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.Isaqov so’z olib quyidagilarni aytib o’tdi: Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi A. Omonovaning 8-sinfda ona tili fanidan o’tkazgan ,,Sodda gap haqida umumiy ma’lumot” mavzusida ochiq darsi namunali o’tdi. Dars jarayonida o’qituvchining ushbu darsga puxta tayyorlangani ma’lum bo’ldi Tashkiliy qismda suhbat o’tkazilib, mavzuga mos videorolikdan foydalanildi. O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar o’rtasida musobaqa o’tkazildi. Uyga vazifalar tekshirildi. O’tgan mavzuni mustahkamlash uchun krossvordlardan foydalanildi. Yangi mavzuni tushuntirishda ko’rgazmali materiallardan o’rinli foydalanildi.Dars jarayonida o’quvchilar og’zaki nutqiga va yozuvlariga e’tibor berildi.,,Bu so’zning ma’nosini toping” metodi orqali o’quvchilarda lug’atlar bilan ishlash ko’nikmasi shakllantirildi. Yangi mavzuni mustahkamlashda esa ,,Bu so’z bizniki”, ,,Kim epchil va chaqqon” metodlaridan foydalanilganligi dars samaradorligini ta’minladi.
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M. Madyarova ham so’z olib o’z mulohazalarini quyidagicha bildirdi: Dars jarayonida o’quvchilar faol ishtirok etdilar. Darsda o’quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiya elementlarini shakllantirishga ham e’tibor qaratildi.Shu bilan birga darsda ayrim kamchiliklarga ham yo’l qo’yildi. O’quvchilarning ayrimlari xato yozdilar. O’qituvchi bu xatolarni izohlab o’tmadi
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Mahliyo Rahmonova hamda Feruza Mahkamovalar ham o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar va ular ham yuqoridagi fikrlarni qo’llab-quvvatladilar.
Mingbuloq tumani XTBga qarashli
10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi-
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
M. Jo’rayevaning 9-sinfda ona tili
fanidan o’tkazgan ochiq darsi
TAHLILI

2020 yil 19-oktabr kuni maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M. Jo’rayeva 9-sinfda ona tili fanidan ,,Bog’langan qo’shma gap haqida ma’lumot” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. Ochiq dars jarayonida quyidagi o’qituvchilar ishtirok etdilar:


1. M.Madyarova 6. O .Imomov


2. M. Isaqov 7. . F.Mahkamova
3 A.Javharova 8. R. Ahmadjonova
4.A.Omonova 9.Z.Nurmatova
5. D Isaqova 10.M.Mazyayeva

Ochiq dars nihoyasida o’tkazilgan dars tahlili ham bo’lib o’tdi


Dastlab,M.Jo’rayevaning o’zi so’z oldi . U ochiq dars o’tkazish jarayonida qanday maqsadlarni qo’ygani, dars jarayonida bularga qanchalik erisha olgani, qanday kamchiliklarga yo’l qo’ygani haqida gapirib o’tdi.
So’ngra, o’tkazilgan ochiq dars yuzasidan maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Sh Umarov so’z olib quyidagilarni aytib o’tdi: Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M.Jo’rayevaning 9-sinfda ona tili fanidan o’tkazgan ,,Bog’langan qo’shma gap haqida ma’lumot” mavzusida ochiq darsi namunali o’tdi. Dars jarayonida o’qituvchining ushbu darsga puxta tayyorlangani ma’lum bo’ldi Tashkiliy qismda,, Suv tanamizning qoni” mavzusida suhbat o’tkazilib, mavzuga mos videorolikdan foydalanildi. O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar o’rtasida musobaqa o’tkazildi. Uyga vazifalar tekshirildi. . Yangi mavzuni tushuntirishda ko’rgazmali materiallardan o’rinli foydalanildi.Dars jarayonida o’quvchilar og’zaki nutqiga va yozuvlariga e’tibor berildi.,,Bu so’zning ma’nosini toping” metodi orqali o’quvchilarda lug’atlar bilan ishlash ko’nikmasi shakllantirildi. Yangi mavzuni mustahkamlashda esa ,,Aqliy hujum”, ,,Imkon shou” metodlaridan foydalanilganligi dars samaradorligini ta’minladi.
Ona tili va adabiyot fani uslubiy birlashmasi rahbari M. Madyarova ham so’z olib o’z mulohazalarini quyidagicha bildirdi: Dars jarayonida o’quvchilar faol ishtirok etdilar. Darsda o’quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiya elementlarini shakllantirishga ham e’tibor qaratildi.Shu bilan birga darsda ayrim kamchiliklarga ham yo’l qo’yildi. O’quvchilarning ayrimlari daftarga yozmadilar. O’quvchilar gaplarni xato tuzdilar o’qituvchi bu xatolarni izohlab o’tmadi
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi D.Isaqova hamda Feruza A. Omonovalar ham o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar va ular ham yuqoridagi fikrlarni qo’llab-quvvatladilar.
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish