Ochiq dars bayonnomasi.
2018 yil 8 mayda “1” d – sinfida ingliz tili fanidan Maxmudova Zubaydaning “ochiq darsi” bo’lib o’tdi. Ochiq darsga Ilmiy zavuch Sharofat Doniyorova, ingliz tili fani o’qituvchilari Daminov Farhod, Bo’tayeva Gulnoza, boshlang’ich sinf o’qituvchilari Norboyev Soli, Abdullayeva Turdixollar qatnashishdi.
O’qituvchi o’quvchilarni 3 guruhga ajratib “Domestic animals” mavzusida dars o’tdi. O’qituvchi mavzuga mos metod va ko’rgazmalardan unumli foydalandi. O’quvchilarni musoboqalashtirdi. “ Bilimdonlar” komandasi g’olib chiqdi.
Yangi mavzu uy hayvonlari ishtirokida “ Susambil” ertagini namoish qilishdi.
O’qituvchi ertak qahramonlarini belgilab chiqdi va “Susambil” ertagini namoyish qilishdi. Hayvonlarning harakati va ovozlarini ham juda qiziqarli namoish qilishdi. Projektor orqali mavzuga oid “Go go” multfilmidan ham bir qism namoish qilindi va qanday hayvonlarni ko’rgani va ular nimalar qilganligi bo’yicha savol javob qilishdi.
Dars so’ngida o’qituvchining o’tgan darsi muhokoma qilindi. Darsning yutuq va kamchilik tomonlari aytib o’yildi.
Dars hammaga manzur bo’ldi va bir ovozdan “Namunali” deb topildi.
Majlis qarori:
1 “D” - sinfdagi ochiq dars “namunali’ deb topilsin va yosh kadrlar o’qituvchining samarali metodlaridan o’z darslarida foydalanilsin.
Qiziqarli multimediyaga , turli xil ko’rgazma va metodlarga boy darslar o’tilishi barcha sinf o’qituvchilariga yuklatilsin.
Ingliz tili kechasining bayonnomasi.
19 – may 2018 yil 22 – maktabda ingliz tilidan “Fan kechasi” bo’lib o’tdi. Kechaga maktabimiz rahbarlari, fan o’qitivchilari, ota - onalar va o’quvchilar ishtirok etishdi. Kechani maktabimiz direktori Sh. Rahnonov ochib berdi. “ Fan kechani” maktabimizning 10 “b” - sinf o’quvchilari Akbarova O’g’iloy va Ne’matov Rustamlar olib borishdi.
“My sunny country – Uzbekistan” . Mamlakatimiz haqida qisqacha ma’lumot, vatanimiz madh etilgan she’rlar va qo’shiqlarni ingliz tilida ijro etish. ( IX sinf o’quvchilari).
“ Books are our best friends” mavzusida sahnali ko’rinish, kitob haqida she’rlar, maqollar va hikmatli so’zlar. ( VIII sin f fo’quvchilari)
“Lemon tree” qo’shig’iga raqs. ( V “a” – sinf qizlari).
Boshlang’ich sinflar ishtirokida ingliz tilida she’rlar va qo’shiqlar.
Alisher Navoiy va Z .M. Boburning ruboiylarini ingliz va o’zbek tilida aytish. ( X sinf o’quvchilari)
“ Roll” ertagining sahnali ko’rinishi. ( VI sinf o’quvchilari)
“ Be with you” qo’shig'iga raqs ( X sinf o’quvchilari).
Kechani maktabimiz IBM M. Mamatqulov xulosalab yakunladi. Kechada aktiv ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantirildi va Ingliz tilini o’rganishda o’quvchilarga omadlar tilab qolindi.
Maktab UKR : Maxmudova Z.
Kotibasi: Mardayeva N.
Do'stlaringiz bilan baham: |