Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas onikim, qoldi qanda?
Avvalo, lug‘at yordamida notanish so‘zlar ma’nosi aniqlab olina- di: tamanno qilmoq — orzu qilmoq; la’l — lab, la’lning o‘zi qimmatbaho qizil toshdir; qanda — qayerda. Misralardagi gap bo‘laklarini odat- dagi tartibga keltiramiz: Ko‘nglim la’l kabi qizil labingni orzu qilgan edi, (lekin hech bir) kishi labingning qayerda ekanligini bilmaydi.
O‘ylang-chi, shoir ma’shuqaning labi qayerda ekanligini hech kim bilmasligini aytish bilan nima demoqchi bo‘lyapti? Sharq mum- toz she’riyatida noziklik — go‘zallikning belgisi. Bu baytda “Yorning og‘zi juda ham tor”, — degan oddiygina fikr bildirilayapti. Lekin Atoyi uni shoirona tarzda yorning og‘zi shu qadar kichikki, kishi har qancha tikilsa ham labi qayerdaligini topa olmaydi shaklida ifodalamoqda. Yorning og‘zi tor degan ma’no bo‘rttirib, o‘ta kuchaytirib berilmoqda. Adabiyotshunoslikda juda bo‘rttirish yoki o‘ta kuchaytirib tasvirlash mubolag‘a deyiladi.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda.
Baytdagi “baytul hazan”ni arabchadan so‘zma-so‘z tarjima qilsak, “g‘am uyi” degan ma’noni anglatadi. Bu yerda kuchli iztirob, qayg‘u ma’nosi ifodalanmoqda. Baytda “Ey husni Yusuf (kabi yor), bukun sen meni Ya’qubdek qilib qayg‘u uyiga solib qo‘ymagin“ tar- zidagi mazmun berilayotganini sezgan bo‘lsangiz kerak. Misralardagi Yusuf, Ya’qub obrazlari ishora qilayotgan ma’noni tushungan kishi baytni to‘la idrok eta oladi.
Rivoyatga ko‘ra, payg‘ambar Ya’qub alayhissalomning o‘n bir o‘g‘li bo‘lib, kichik o‘g‘li husnda tengsiz Yusufni jonidan ortiq suyar, bir dam bo‘lsa ham oldidan jildirgisi kelmas ekan. Otasining Yusufni o‘zlaridan ortiq ko‘rayotganiga hasad qilgan o‘gay akalari uni o‘yna- tib kelamiz deb dashtga olib chiqishadi va uni o‘ldirish maqsadida quduqqa tashlab yuboradilar. Ukalarining yechib olingan ko‘ylagini qonga botirib, otalariga: “Yusufni bo‘ri yeb ketdi”, — deb ko‘rsatadi- lar. Ya’qub alayhissalom o‘g‘li qaytib kelguncha necha yillar davomi- da ayriliq tufayli kecha-kunduz qon yig‘laydi. Demak, shoir: “Ey yor, o‘zingni yiroq qilib, meni ayriliqda qiynamagin”, — degan fikrni ifoda- lash uchun Ya’qub va Yusuf alayhissalom haqidagi rivoyatga isho- ra qilmoqda. She’riyatda tarixiy voqea va shaxslar, adabiy qahra- monlarga ishora qilish talmeh (arabcha “nazar solmoq”) san’ati deb yuritiladi.
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni,
Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda.
Bu baytda barcha gap bo‘laklari o‘z joyida. Faqat “uzmasmen” bilan “ko‘ngulni” so‘zlarining o‘rni almashgan xolos. Gap nima uchun baytning birinchi misrasida yorga: “Uzun sochingdan ko‘ngulni uz- mayman”, — degan oshiq ikkinchi misrada: “Ayog‘ing qayerda bo‘lsa, boshim o‘sha yerda”, — deyotgani sababini aniqlashda. Bu gaplar- ning bir-biriga qanday bog‘liqligi bor? Ma’lumki, mumtoz she’riyatda ma’shuqa sochlari uzunligidan uning oyog‘igacha tushib turishi tas- virlanadi. Xalq orasida uzun sochli ayollarga nisbatan “sochi tovoni- ga tushadi” degan ibora qo‘llanishini ham eshitgandirsiz, hoynahoy. Buning ustiga, qadimda qushlar qildan yasalgan tuzoq bilan ovlan- gan. Oshiqning ko‘ngil qushi ham ma’shuqaning sochidan qilingan to‘rga ilingan, albatta.
Demak, ko‘ngilni bog‘lab olgan soch oyoqqacha tushar ekan, shu sochga shaydo bo‘lib, uning domiga tushgan oshiqning boshi yana qayerda bo‘lsin!? Shuningdek, ikkinchi misraning “Sen qayerda bo‘lsang, men ham o‘sha yerdaman” degan ma’nosi ham bor. Oshiq ko‘ngli yorning uzun sochlariga bog‘langan va bu bog‘liqlik uzilmas ekan, u ma’shuqaning izidan qolmaydi.
“Uzun” va “uzmasman” so‘zlari o‘zakdoshlarga o‘xshab keta- digan “uz” so‘zi bilan boshlanib, baytga ajib ohangdorlik bag‘ishlay- di. Ayni paytda, bu ohangdorlik shu so‘zlar ifodalayotgan ma’noni kuchaytiradi ham. She’rda o‘zakdosh so‘zlarning qo‘llanishi ishtiqoq (arabcha “so‘zdan so‘zni ajratish” ma’nosida) tasvir vositasi hisobla- nadi. Shu g‘azalning uchinchi baytidagi “Chu jonimdan aziz jonona sensen” misrasida qo‘llangan “jon” va “jonona” so‘zlari o‘zakdosh bo‘lib, ishtiqoqni hosil qilgan. Tahlil etilayotgan g‘azalning “Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda» misrasidagi “ayoq” va “bosh” o‘zaro qa- rama-qarshi ma’noli (antonim) so‘zlardir. She’rda bu xildagi qarshi- lantirish asosiga qurilgan badiiy tasvir vositasi tazod (arabcha “zid qo‘yish” ma’nosida) deyiladi. “Ko‘ngul olding, begim, yoshurmog‘ing ne?” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalda boshqa bir she’riy san’atni uchratish mumkin:
Raqiblarg‘a qilur la’ling tabassum,
Qonimni g‘ussadin toshurmog‘ing ne?
Ko‘ngul shishasida mehring mayidir,
Jafo birla anga tosh urmog‘ing ne?
Xalq orasida “qoni qaynadi” degan ibora bor. U iztirob tufay- li tuyg‘ulari junbishga kelgan kishi holatiga mos keladi. Avvalgi bayt- da oshiq yorga qarata “La’ling (labing) raqiblarga tabassum qilyapti, g‘ussadan (mening) qonimni toshirmog‘ing (qaynatganing) nimasi?” demoqda. Keyingi baytda oshiqning ko‘ngli shishaga, yorga muhab- bati esa mayga mengzatilgan. Ma’shuqaning jafo qilishini ana shu ishq mayi quyilgan ko‘ngil shishasiga tosh urishga o‘xshatilmoqda. “Toshurmoq“ hamda “tosh urmoq” so‘zlari omonim (shakldosh) so‘z ekanligini payqagan bo‘lsangiz kerak. She’rda shakldosh so‘zlarni qo‘llash orqali san’at yaratish tajnis (“jinsdosh” ma’nosida) deyiladi.
Eslab qoling: mumtoz she’riyatda ko‘p qo‘llanadigan “shisha”, “ko‘za”, “ayog‘” (idish), kosa kabi timsollar zamirida, aksariyat hollar- da, ko‘ngul (qalb, yurak) tushunchasi, “may”, “sharob”, “boda” so‘zlari ostida ishq, muhabbat, mehr ma’nolari yashiringan bo‘ladi. Demak, ular ramziy ma’noga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |