Adabiy merosi. Nisoriy uning turkcha va forscha devon tar- tib qilganini xabar beradi. Biroq bu devonlar bizgacha yetib kelgan emas. Taqdiri noma’lum. Nisoriy keltirgan turkiy va forsiy baytlar haqiqatan ham, Xojaning iste’dodli shoirlardan bo‘lganini ko‘rsatadi. Xususan, bir g‘azalini Zahiriddin Boburga yuborganini va she’r unga ma’qul bo‘lib, maqtaganini qayd etib o‘tadi. Mana o‘sha she’r:
Kunduz avqotim1 sening hajringda nolon kechadur, Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur. Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari,
Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.
Ulki, jondin kechadur, sham’i visolingni ko‘rub.
Vah na xush vaqt-u na xush soat na oson kechadur. Ravshan o‘lg‘ay davlati vaslida hijron oqshomi,
Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur.
Xoja yanglig‘ nola qil, zulfi g‘amidin kechalar Kim, mahali nola-vu faryod-u afg‘on kechadur.
Darhaqiqat, she’r yuksak san’atkorlik bilan yozilgan. Shoir so‘zlarning ma’no va ohang tovlanishlaridan juda ustalik bilan foyda- langan. Masalan, g‘azalda radif bo‘lib kelayotgan “kechadur” ko‘p o‘rinlarda ikki ma’noda kelyapti. Uchinchi-to‘rtinchi baytlarda bular yo- niga “voz kechmoq”, “gunohini kechmoq” ma’nolari ham qo‘shilyapti. Bir so‘z bilan aytganda, butun she’rni birgina so‘z — “kechadur“ har maqomga solib o‘ynatmoqda. Bu juda nozik, yuksak mahorat talab qiladigan ishdir. Dastlabki baytlariga ko‘z tashlaylik.
She’rning har bir misrasi bir necha xil ma’no ifodalaydi. Jum- ladan, matladagi ilk misraning birinchi ma’nosi: kunduzi vaqtim sening hajringda nola bilan o‘ta (kecha)di. Ikkinchi ma’nosi: kunduz kunim sening hajring tufayli nolalarga to‘la qora tun (kecha)dir. Birinchi mis- rada oshiqning kunduzgi holati ifodalangan bo‘lsa, keyingi misrada tun (kecha)dagi to‘lg‘onishlari aks etgan. Misraning birinchi ma’nosi: Bu kecha zulfing kabi holimni parishon qilgan kecha (tun)dir. Ot so‘z turkumiga mansub “kecha” so‘zi misraning boshi va oxirida ega
1Avqot - vaqtlar.
va ot kesim munosabatida takror qo‘llanyapti. Shu misraning ikkin- chi ma’nosi: kechasi mening holim zulfing kabi parishonlikda o‘ta (kecha)di. Misra boshidagi “kecha” - ot so‘z turkumi, misra oxiridagi so‘z esa - fe’l, ega va fe’l kesim munosabatida. Misrani boshqacha- roq, ya’ni kechasi holim zulfing kabi parishonlikda o‘tadi ma’nosida talqin qilsak, bu so‘zlar orqali hol va fe’l kesim munosabati yuzaga keladi. Bu yerda zulf so‘zi o‘ziga salmoqli badiiy yukni olmoqda: qora zulf kabi kecha qorong‘u, yoyilgan zulf kabi oshiq holi parishon. Radif bo‘lib kelayotgan “kechadur” so‘zlari orqali yuzaga keltirilyotgan badiiy san’atlarga e’tibor bering: bu so‘z ifodalayotgan ikkala misradagi birinchi ma’nolar ham, ikkinchi ma’nolar ham o‘zaro shakldosh bo‘lib, tajnis san’atini yuzaga keltirmoqda. Aynan bir so‘zni ifodalagan birinchi va ikkinchi ma’nolarda esa takrir san’ati hosil qilingan.
Ikkinchi baytning birinchi ma’nosi: ey pari, anbar hidli qop-qo- ra sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning bari ko‘zim oldida bir xil (yakson), ya’ni qop-qora kecha (tun)dir. Ikkinchi ma’nosi: ey pari, anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning hammasi ko‘zimga bir xil (yakson), ya’ni vayrona kabi kechadir (o‘tadi). Shu baytning uchinchi ma’nosi: “yakson” (bir xil) so‘ziga “yil, oy, kun, soat birdek o‘tadi”, degan ma’no ham berish mumkin. Shunda birinchi aniqlovchi so‘z “yil” bo‘lganligi uchun hammasi birdek, ya’ni yildek o‘tadi degan mazmun kelib chiqadi. Shu tariqa g‘azalning har bir bay- tidan qavat-qavat ma’nolarni uqish mumkin.
Xojaning “Maqsad ul-atvor” nomli bir dostoni ham yetib kelgan. Doston 1514-1520- yillarda Jonibek Sulton nomiga bitilgan bo‘lib, Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Maxzan ul-as- ror”ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan. Xoja adabiyot tarixida ko‘proq hikoyalar muallifi sifatida qoldi. Uning bizgacha ikki hikoyalar to‘plami - Temur Sultonga bag‘ishlangan “Miftoh ul-adl” („Adolat ka- liti“), Kistan Qaro Odilga bag‘ishlangan “Gulzor” asarlari yetib kelgan. “Miftoh ul-adl” 1508-1510- yillarda, “Gulzor” 1538- yilda yozilgan. Har ikkisining birgalikda muqovalangan bir necha nusxasi saqlanib qolgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Fanlar aka- demiyasi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. 1962- yilda ulardan ayrim namunalar chop etilgan.
г
1.
Yuqorida berilgan ma’lumotlardan Xojaning oilaviy muhiti haqida sizda qanday tasavvur uyg‘ondi?
2.
"Kechadur” g‘azalining yuqorida sharhlanmagan keyingi uch baytini tahlil qiling, shoirning mahoratini izohlang.
3.
Xojaning adabiyotimizda tutgan o‘rni, ijodining ahamiyati haqida fikr yuriting.
HIKOYAT
Kunlardan bir kun bir podshoh bor edi. Bisyor odil erdi.
Bir kun vazirina aydi:
Haj tavof qilmoqg‘a borurman, san borurmusan?
Vazir aydi:
Ey podshohim, taxtni bo‘sh qo‘yub, Ka’bag‘a borsangiz, el-xaloyiq boshtoq bo‘lmasmu?! - tedi.
Podshoh aydi:
Boshtoq bo‘lmas, yo‘q ersa, manga haj qilg‘on hojining savo- bin sotg‘un olib bering, qiyomatda hojilar birla turgayman.
Vazir „Podshoh uchun haj sotg‘un olmoq kerak" deb istab yurur erdi, bir kimarsag‘a yo‘luqti. Ul kishi aydi:
Falon yerda bir zohid borturur. Yigirma qatla Ka’bag‘a yayog‘ boribturur va taqi haj qilibturur va hech kishining oshin yemas, anga boring. Ul bir haj sotsa, podshoh uchun oling.
Borib ul zohidni podshohg‘a olib keldilar. Podshoh aydi:
Ey zohid, bir yo‘li qilg‘on hajingning savobin bizga soturmi-
san?
Zohid aydi: - Nega olursiz?
Sulton aydi: - Ming qizil tanga berayin.
Zohid aydi: - Ming qizil tanga oz turur.
Sulton aydi: - Ey zohid, oz bo‘lsa, o‘n ming qizil tanga berayin.
Zohid aydi: - Oz turur.
Sulton aydi: - O‘zing na tilasang tilagil.
Zohid aydi: - Ey podshohim, bir haj na bo‘lg‘ay, yigirma hajim- ning savobini sizga berayin, siz bir soat adl qilg‘oningning savobini manga bering.
Sulton aydi: - Ey zohid, bir soat adl qilg‘onning savobi na bo‘lur?
Zohid aydi: - Bir soat adl qilg‘onning savobi odamlarning va farishtalarning va hurlarning ibodatidin ortuq turur.
Do'stlaringiz bilan baham: |