HIKOYAT
Ayturlarkim, bir jamoat xaloyiq bir kishtiga5 minib daryoga kirib erdilar. Nogoh bir muxolif yel turub, ul kishtini daryoga g‘arq qildi. Ul jamoatdin bir kishi taxtaga yobushub qirg‘oqqa chiqti va g‘arq bo‘lmoq- din xalos bo‘ldi. Ondin so‘ng o‘zini bir obodonlikka yetkuroy deb borur erdi. Nogoh ko‘rdikim, yiroqdin bir shaharning qarosi ko‘rundi. Ul taraf- ga jahd qilib borg‘ondin so‘ng ko‘rdikim, ul shaharning jami’ odamlari chiqibdurlar va uni ko‘rgandin so‘ng uning tarafiga kela boshladilar. Alqissa, bu kishini eltib hammomga kiyurib, podshohona liboslar kiy- durub, otga mindurub, o‘ng-so‘lindin beklar va arkoni davlat ko‘runush qilib, eltib, ta’zim va takrim6 birla taxt ustida o‘lturgizdilar. Taqi podshohona osh kelturub, shulonlar tortdilar. Ondin so‘ng arkoni davlat va beklar haram sari ishorat qildilar. Ul kishi taxtdin tushub, haramga mutavajjih bo‘ldi7... (Shu tariqa to‘rt kun o‘tdi) Hosilkim, to‘rtinchi haramga ishorat qilg‘onda borib ko‘rdi, bir huriliqoyi yori sohib jamol, far- xundafol8, noz masnadida sarafroz va husn taxtida sarvnozdek bo‘lub o‘lturubdur. Aning birla suhbati bisyor xush keldi. Andin so‘rdikim: ey
1Tavfiq - ko‘mak, yordam, bahramandlik; 2Bog‘i jinon - jannat bog‘i; 3Avsof - vasflar, ta’riflar; 4Suluk - yo‘l; 5Kishti - kema; 6Takrim - ikrom; 7Mutavajjih bo‘lmoq - yuzlan- moq; 8Farxundafol - baxtiyor.
yori aziz, dilpazir1 va ey dilraboyi noguzirI, man faqir kishi erdim, o‘z hojatim uchun bir jamoa xaloyiq birlan bir kishtiga minib, safar ixtiyor qilib erdim. Nogoh muxolif yel kishtini g‘arq qilib erdi.
Ul jamoa barcha halok bo‘ldilar va man salomat qutulib, bu diyorga tushtum ersa, bu turluk davlat manga muyassar bo‘ldi. Hech bilmasmankim, bu ne holdur. Bu mushkulni mang‘a hal qilg‘il. Ul pari chehra aydi: bu xaloyiqning dasturiII budurkim, har yilda saningdek bir g‘arib kishini podsho qilurlar va tarixini yozib saqlarlar. Yilkim tamom bo‘ldi ersa, ul kishini kishtiga solib, bir jazirayeIII bordur, eltib, ul jazi- rada qo‘yarlar. Taqi kelib, borcha xalq chiqarlar shahardin, dag‘i is- tarlar: har qayda bir saningdek g‘aribni toptilar ersa keltirurlar. Dag‘i oni yana bir yilg‘acha podshoh qilurlar. Har yilda bularning dasturi bu- turur.
...Filhol hukm qildikim, me’morlar va ustolar borib ul jazirada bir shahri-maqbul bino qildilar. Andog‘ ehtimom qildilarkimIV, olti oyda ul shahrning qal’a va bozor va evlari tamom mukammal bo‘ldi. Andin so‘ng muxtari’otV birla xazoyin va dafoyin7 va haramlarni daf’a-daf’a8 ul shaharga yibordi. Uch oyda har matoki bor erdi, bu shahardin ul shaharga yibordi... Barcha xaloyiq o‘tru kelib, yuz shavq-zavq birlan ani eltib, masnadi aysh farog‘ ustida o‘lturg‘uzdilar va to tirik erdi, ul gulruh parichehralar birlan umr o‘tkardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |