Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet23/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

xoja
(1480-1547)
Xojaning to‘liq ismi Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja bo‘lib, millatimiz tarixida davlat va din arbobi, lirik va epik janrlarda bir- dek barakali ijod qilgan betakror adib sifatida alohida o‘rin tuta- di. Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan. 1480- yil- da Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdul­vahhobxoja oilasida tug‘ilgan.
Dastlab otasidan, so‘ng e’tiborli murabbiylardan tahsil ol- gan Poshshoxoja yigitlik bo‘sag‘asidayoq davlat xizmatiga kirishadi, ya’ni 16 yoshida temuriylar saroyida ishlay boshlaydi. Keyinchalik shayboniylar hukmronligi davrida Nisoga tegishli Darun viloyatiga hokim, Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida saroy mulozimi vazifalarida ishlaydi. 1529- yilning kuzidan Navoiyning kindik qoni to‘kilgan Hirotning, 1534- yildan esa Balx shahrining shayxulislomi vazifasiga tayin etiladi. Umrining so‘nggi yillarida davlat ishlaridan iste’fo bergan adib Buxoroga qaytadi va butun borlig‘ini badiiy ijodga, xalqning ma’naviy tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Xoja 1547- yilda Buxoroda vafot etadi va Bahovuddin Naqshband qabri yonida dafn qilinadi. Xoja XII asrda Buxoroda Abduxoliq G‘ijduvoniy asos solgan mashhur "xojagon” silsilasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan edi. Bu silsila dun- yoga Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror, Abdurahmon Jomiy kabi ko‘plab dovruqli murshidlarni yetkazib bergan.
Xojaning o‘g‘li Hasanxoja Nisoriy "Muzakkiri ahbob” asarida otasining qilgan ishlari, hayot tarzi, axloq-sajiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Darhaqiqat, Xojaning mavqei zamonasida ba- land bo‘lgan. Bu birgina uning nasl-nasabi sababidan emas, ilmi, fe’li, adolati tufayli ham edi. XVI asrning mashhur shaxslaridan "maxdumi a’zam” nomi bilan shuhrat qozongan Xojagi Kosoniy Xoja haqida fikr yuritib, "shahbozi balandparvoz” (baland uchuvchi lochin) deb baho- lagan ediki, bu bejiz emas. “Muzakkiri ahbob” muallifi Xojaning fazi- latlari haqida so‘z yuritib, she’r ilmini, insho (yozishma san’ati)ni mu- kammal bilganini xabar qiladi. Jumladan, podsholikning chet ellarga jo‘natiladigan xatlarini ham ko‘pincha shu kishi yozgan ekan.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish